Ta’lim muassalarining boshqaruvi



Yüklə 35,5 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#114595
Alimbayeva Sayyora Kurs ishi taqriz

Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti


«Pedagogika va menejment»kafedrasi, “Ta’lim muassalarining boshqaruvi” yo’nalishi 21/1 guruh magistranti
Alimbayeva Sayyora Abduraximovnaning
Konfilktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” usuli”
mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ

So’nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi.


Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. Konfliktli vaziyatlarda konfliktlarni boshqarish, konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” (Men-murojaat) usulini qo’llash imkoniyatlaridan unumli foydalanish alohida ahamiyatga ega.
Toshkent viloyati Chirchiq davlat Pedogogika instituti «Pedagogika va menejment» kafedrasi, “Ta’lim muassalarining boshqaruvi” yo’nalishi 21/1 guruh magistranti Alimbayeva Sayyora Abduraximovnaning “Konfliktlarni bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” usuli” mavzusidagi kurs ishida tadqiqot ishining mazmuni va tashkiliy jihatlari, tadqiqot natijalari tahlili bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining o’ziga xos ilmiy jihatlarini e’tirof etgan holda, quyidagi
mulohazalarni keltirib o’tmoqchiman:
1.Kurs ishining yoritilishida ayrim iboralarda orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan, ammo
ushbu xatolar kurs ishining mazmun va mohiyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmagan.
2. “Pedogogik nizolar va ularning jamiyatda paydo bo’lishi” mavzusi turli metodlar
yordamida kengroq ochib berilganda maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda Alimbayeva Sayyora Abduraximovnaning “Konfliktlarni
bartaraf etishda “Men-tasdiqlar” usuli” mavzusidagi kurs ishi mustaqil bajarilgan
tadqiqot bo’lib, kurs ishini rasmiylashtirish talablariga to’liq javob beradi. Shu sababli
ishni himoyaga tavsiya etaman.

Islom Karimov nomidagi


Toshkent Davlat texnika universiteti dotsenti p.f.f.d (PhD): O.O.Daminov
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə