Ta‘lim qonuniyatlari va qoidalari


O’qitishning yetakchi qoidalari



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/7
tarix04.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#88812
1   2   3   4   5   6   7
Sunnatov Otabek

2. O’qitishning yetakchi qoidalari.
Ta‘lim qoidalari - o’qitishning faoliyatini va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l - yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda o’qitish qoidalari har ikkala faoliyatni, ya‘ni o’qituvchi va o’quvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.Ta‘lim qoidalari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.So’ngi yillarda olimlar tomonidan yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlashtirilmoqda. Ana shularga asoslangan holda quyidagicha ta‘lim qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin.
1. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi.
2. Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
3. Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
4. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishi qoidasi.
5. Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
6. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
7. Ta‘lim jarayonida har qaysi o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish va ta‘limning o’quvchiga mos bo’lishi qoidasi.
8. Puxtalik.
9. Ta‘limning tarbiyalovchilik xarakteri.
Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi. Ilmiy bilimlar – voqelikning haqqoniy in‘ikosidir.Ta‘limning ilmiyligi qoidasi o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunish- materialni ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Ta‘limning ilmiy bo’lish qoidasi ta‘lim jarayonida o’quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni ta‘minlashga qaratilgan.
Ta‘limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi.
O’qituvchining bilimlarni tizimli bayon qilishi o’quvchilarga o’quv predmetining strukturasi va mantiqini chuqurroq tushunish, fanning bosh g’oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jamiyat hodisalari o’rtasidagi ichki bog’lanishni aniqlash imkonini beradi. Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o’qitishdagi didaktikaning tizimlilik qoidasini hisobga olishni talab qiladi. O’qitishning tizimliligi o’qitishda muvaffaqiyat garovi bo’lib, fikrlarni tartibga soladi, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni osonlashtiradi hamda yaxshilaydi.Ta‘limda izchillikka rioya qilib o’qitish lozim, toki bugun o’rganilgan bilimlar kecha o’rganilganlarni mustahkamlasin, ertaga o’rganiladiganlarga zamin hozirlasin. Ta‘limning tizimli bo’lishi uning izchil bo’lishi bilan bog’liqdir. Izchillikka asoslangan ta‘limning xarakterli belgisi shundaki, u o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularning o’zaro bog’lanishlarini takomillashtirish va aksincha, u yangi bilimlarini bayon qilish jarayonida oldindan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta‘minlashga qaratilgandir.Tizimlilik va izchillik o’quvchilarda har qaysi o’quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ko’rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Ta‘limning tizimli va izchillik qoidasi bayon qilinayotgan o’quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o’tilganlarni to’ldirishga xizmat qilishini; o’quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini; o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va hosil bo’lgan ko’nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o’z ichiga oladi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə