Ta‘lim qonuniyatlari va qoidalari


Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə3/7
tarix04.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#88812
1   2   3   4   5   6   7
Sunnatov Otabek

Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
Yoshlarga ta‘lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta‘lim tizimida ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Demak bir butun ta‘lim jarayoni ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o’rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta‘min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir.Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ayniqsa, ta‘lim bilan tarbiyaning birligini ta‘minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi;
b) o’qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta‘lim jarayonida hadis, hikmtlardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta‘limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o’quvsilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta‘minlashga e‘tiborni kuchaytirish;
d) ta‘lim jarayonida o’quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta‘minlamoq zarur.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Ushbu qoida o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qullash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi.O’qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta‘lim jarayonida o’quvchilar faolligi, avvalo ularning aqliy faoliyati – tafakkur qilish faoliyatidir. Shunga ko’ra, ta‘limni ongli o’zlashtirish qoidasi, bir tomondan, o’quvchilarning mustaqil, faol fikrlashlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o’quvchilarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, rivojlantirib borishni nazarda tutadi.Onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarni mehnat va o’qitishda ijodiy faoliyat usullariga o’rgatishni talab etadi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə