Ta‘lim qonuniyatlari va qoidalari


Ta‘limda o’quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə6/7
tarix04.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#88812
1   2   3   4   5   6   7
Sunnatov Otabek

5. Ta‘limda o’quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.
Ta‘lim – tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o’quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo’lga qo’yiladi. Ammo, har bir o’quvchi (talaba) o’ziga xos jismoniy, axloqiy, aqliy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o’quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida (sinf) guruhdagi o’quvchi-talabalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko’rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Ta‘limning muvaffaqiyatli bo’lishida o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o’rganish hamda shu xususiyatga mos muomala qilish hal qiluvchi o’rin tutadi.
Dars davomida har bir o’quvchining o’ziga xos xususiyatlarini to’la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo’lavermaydi.
O’qituvchi o’quvchi-talabalarni darsdagi va amaliy mashg’ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari, bajargan topshiriqlarini, chizmalarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o’rtoqlari va boshqalarga bo’lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o’rganadi, ular bilan suhbatlashadi. Kuzatish jarayonida pedagog o’quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo’lgan xususiyatlarni bilib oladi, o’quvchilarning hayotiy va mehnat qobiliyatini o’rganadi. Mohir pedagog o’quvchilar psixologiyasini ham yaxshi o’rganib, ularda fanni o’zlashtirish darajalarini qay darajada oshirish yullarini topadi. Shuningdek, tarbiyasi og’irroq yoki sho’xroq o’quvchi-talabalar bilan qanday muomala qila olish yo’llarini mukammal o’rganib chiqadi va ular bilan yaxshi munosabatni yo’lga quyadi.Darsda va uy vazifalarida differentsiallashgan ta‘lim elementlarini qo’llanishi o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishning muhim vositasidir.Ta‘limning o’quvchilarga mos bo’lishi qoidasi bu- o’quv materiallarining mazmuni, uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o’quvchilarining jismoniy rivoji, aqliy qobiliyati, umumiy tayyorgarligi-saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo’lishi tushuniladi.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə