Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  „Ijtimoiy  ta ’minot  huquqi“  fanining  metodi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

1.2.  „Ijtimoiy  ta ’minot  huquqi“  fanining  metodi.
Fanning  tizimi
„Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fani  — davlatga  oid  huquq  sohasi 
sifatida  o ‘z  predmeti  sanaluvchi  ijtimoiy  munosabatlami  o‘ziga  xos 
usullari  (metod)  bilan  tartibga  soladi.
Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  imperativlikka  tayangani  holda  ish 
ko ‘radi  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  m ajburiyatlarining 
qat'iyligi,  munosabatning  ishtirokchilar  kelishuviga  ko‘ra  o ‘zgar- 
tirilm asligi,  kelishuv  asosida  ish  ko‘rib  b o ‘lmasligi  diqqatga 
sazovordir.
„Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fani  va  ijtimoiy  ta'm inot  qonun- 
chiligi  tarm og‘i  o ‘zaro  o'xshash,  ayni  paytda  bir-biridan  farq 
qiluvchi  tizimga  ega.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy  ta 'minot  huquqi  tizimi
  deganda,  ushbu  fanga  xos 
bo'lgan  asosiy  huquqiy  institutlaming  o‘ziga  xos  mazmunga  ega 
bo‘lgani  holda  yagona  fan  predmeti  sifatida  o'zaro  bogMiqligi  va 
yaxlit  holdaligi  nazarda  tutiladi.  Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  umumiy 
va  maxsus  qismlardan  iborat.
„Ijtim oiy  ta 'm in o t  huquqi“  fanining  um um iy  qismi  fan 
tushunchasi,  predmeti,  metodi,  manbalari  va  tamoyillari,  ijtimoiy 
ta'minotga  oid  huquqiy  munosabat  va  uning  subyektlari,  mehnat  staji 
va  uning  ahamiyati  kabi  institut  va  tushunchalami  qamrab  oladi.
„Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fanining  maxsus  qismi  ijtimoiy 
ta'm inot  va  ijtimoiy  muhofazalash  bilan  bogMiq  bo'lgan  aniq  va 
ayrim  m unosabat  tu rlari,  ularning  yuzaga  kelishi,  ijtim oiy 
ta'm inot  va  ijtimoiy  himoya  yordamlarini  ta'm inlab  berilishi 
masalalarini  o ‘zida  aks  ettiradi.  Bular  jumlasiga:  davlat  pensiya- 
larini  tayinlash  va  toMash,  fuqarolaming  nafaqalar  bilan  ta’min- 
lanishi,  ijtimoiy  yordam  va  xizmatlar  ko‘rsatish,  davlat  ta'm inotiga 
olish  va  ijtimoiy  imtiyoz  va  yordamlar  berish  kabilar  kiradi. 
Shuningdek,  ijtimoiy  ta'm inot  va  ijtimoiy  himoya  sohasidagi  xal- 
qaro  hamkorlik,  jahon  mamlakatlarining  ilg‘or  tajribasini  o ‘rga- 
nish,  ijtimoiy  ta'm inot  sohasida  qonuniylikni  ta'm inlash  va  javob- 
garlik  masalalari  ham  fanning  maxsus  qismida  o ‘rganiladigan 
predmetlardan  sanaladi.
Ijtimoiy  ta 'minot  qonunchiligi  sohasining  tizimi
  uning  oldiga 
}o‘yilgan  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  belgilanadi. 
ijtimoiy  ta'm inot  qonunchiligi  tizimi  o ‘z  ichiga  fuqarolami  davlat 
pensiyalari  bilan,  jam g‘arib  boriladigan  pensiya  bilan  ta'm inlash, 
davlat  ijtimoiy  sug‘urta  nafaqalari,  ijtimoiy  nafaqalar  tayinlash  va 
toMash,  ularga  tibbiy  va  boshqa  yordamlami  ko‘rsatish,  natural 
holdagi  ijtimoiy  xizmatlar,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 
oiganlari  orqali  ko‘rsatiladigan  ijtimoiy  ta'm inot  va  ijtimoiy  toMov- 
lar,  davlat  ta'minotiga  olish  va  ijtimoiy  muassasalar  faoliyatini 
tartibga  solish,  fuqarolarga  ijtimoiy  imtiyoz  va  yengilliklar  berish 
kabi  masalalardagi  qonunchilik  va  qonunosti  hujjatlari  majmuyini 
qamrab  oladi.
„Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fani  sohaning  va  fuqarolaming 
ijtimoiy  ta'm inoti  hamda  ijtimoiy  himoyasini  rivojlantirishining 
ilmiy-nazariy  masalalari,  qonunchilikni  takomillashtirish  muam- 
molari,  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  va  boshqa  nazariy  hamda 
amaliy  masalalar  bilan  shug‘ullanadi.
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy  ta’minot  huquqining  qonunchilik  tarmog‘i  esa  fuqa- 
rolami  ijtimoiy  ta ’minlash  va  himoya  qilish  bilan  bog‘liq  muno- 
sabatlarini  tartibga  solish,  bunday  ta'm inotlarni  berish  shartlari  va 
tartiblarini  belgilash,  ijtimoiy  ta'm inot  va  ijtimoiy  himoyalash 
munosabatlarida  fuqarolarning  huquq  va  manfaatlarini,  davlat  va 
jam iyat  m anfaatlarini  samarali  him oyalash,  qonunbuzarliklar 
uchun  javobgarlikni  belgilash  vazifalarini  bajaradi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə