Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  „Ijtimoiy  ta ’minot  huquqi"  fanining  boshqa



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

1.3.  „Ijtimoiy  ta ’minot  huquqi"  fanining  boshqa
 
fan  sohalari  bilan  o ‘zaro  aloqadorligi
„ljtim oiy  ta'm in o t  huquqi“  fan  sohasi  sifatida  bir  qator 
iqtisodiy  va  huquqiy  fanlar  bilan  o ‘zaro  aloqador  hamda  ulaming 
tushunchalari,  uslublaridan  foydalanadi,  ushbu  fanlar  erishgan 
yutuqlarga  tayanib  ish  ko‘radi.
Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  eng  aw alo, 
Jqtisodiyot  nazariyasi“
 
fani  bilan  bog‘liq  bo'lib,  pensiya  va  nafaqalar  tayinlanishida, 
to'lanishida  uning  „korxona  foydasi“ ,  „sof  foyda“ ,  „ish  haqi 
fondi“ ,  „ish  haqi“  kabi  tushunchalaridan  foydalanadi.  Pensiya  va 
nafaqalar  mohiyat  jihatidan  mamlakatimizda  yaratilgan  yalpi  ichki 
m ah su lo t,  milliy  d aro m ad n in g   m uayyan  qism ini  fuq aro lar 
ijtimoiy  ta'm inoti  va  ijtimoiy  muhofazasi  uchun  ajratilishi  va 
sarflanishidan  iboratdir.
Jjtimoiy  ta 'm in o t  huquqi  „M ehnat  h u q u q i“
  fani  bilan 
chambarchas  bog‘liq  va  fuqaroning  mehnat  shartnoma  munosa- 
batlarida  ishtirok  etishi  va  ish  haqi  tarzida  olgan  daromadlari 
ijtimoiy  ta'm inot  berishning  muhim  mezoni  sanaladi.  „M ehnat 
staji“ ,  „zararli  va  noqulay“ ,  „o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  mehnat 
sh a ro itla ri“ ,  „ish  h a q i“ ,  „ m eh n a td a   m ayiblanish  va  kasb 
kasalliklari“  kabi  ko‘plab  tushunchalar  m ehnat  huquqi  uchun 
ham,  ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  uchun  ham  umumiy  mazmunga 
va  ahamiyatga  egadir.
Jjtimoiy  ta'minot  huquqi  ,Moliya  huquqi“
  fani  bilan  bevosita 
bog‘liq  va  keyingi  vaqtlarda  bu  bog‘liqlik  tobora  ortib  bormoqda. 
Moliyaviy  resurslar,  ularning  taqsim lanishi,  tasarruf  etilishi, 
boshqarilishi  moliya  huquqiga  xosdir.  Davlat  moliyaviy  munosa- 
batlarining  bir  turi  sifatida  ijtimoiy  ta'm inot  munosabatlari  ham 
aynan  davlat  tomonidan  ajratilgan  moliyaviy  resurslami  to'plash, 
taqsim lash,  ularni  fuqarolarga  yetkazilishi  ijtim oiy  ta'm in o t
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


organlari,  xususan,  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Budjetdan  tashqari 
Pensiya  jam g‘armasi  va  uning  joylardagi  organlari  tom onidan 
amalga  oshiriladi.  Shu  sababli,  moliya  huquqi  va  ijtimoiy  ta ’minot 
huquqi  umumiy  metodlar  hamda  vositalardan  foydalangan  holda 
ish  ko'radilar.
Ijtimoiy  ta 'minot  huquqi
  — 
fuqarolik  huquqi,  oila  huquqi
  kabi 
fan  sohalari  bilan  ham  bogMiq  boMib,  ulaming  tushunchalari, 
huquqiy  vositalaridan  keng  foydalanadi.  „Jism oniy  shaxs“ , 
„yuridik  shaxs“ ,  „huquq  va  muomala  layoqati” ,  „oila“ ,  „yaqin 
qarindoshlik",  „zarar  yetkazish“  kabi  ko‘pgina  tushunchalar 
ijtimoiy  ta'm inot  munosabatlarida  ham  qoMlanilib  kelinadi.
„Ijtimoiy  ta'm in o t  huquqi“  fani 
davlat  huquqi,  ma'muriy
 
huquq,  jinoyat  huquqi,  fuqarolik  protsessi
  kabi  boshqa  bir  qator 
huquqiy  fanlar  bilan  ham  o'zaro  aloqadordir.
Fanlar  integratsiyalashuvi,  fan  va  texnologiya  yutuqlarining 
amaliyotda  keng  joriy  qilinishi,  axborot  texnologiyalarining  ijti- 
moiy  hayotimizga  tobora  ko‘proq  kirib  kelayotgani  fanlar  o ‘rta- 
sidagi  yaqinlik  va  o‘zaro  yaqinlashuvni  yana  ham  kuchaytirishi 
shubhasizdir.
KALIT SO'ZLAR.
  Ijtimoiy  ta'minot  olish  huquqi,  ijtimoiy  ta'minot, 
„ijtimoiy  muhofaza“,  davlat  ijtimoiy  himoya  siyosati,  ehtiyojmand 
fuqarolar,  ijtimoiy  ta'minotga  oid  qonunchilik  tizimi,  yalpisiga  ijtimoiy 
himoyalash,  manzilli  (aniq  yo‘naltirilgan)  ijtimoiy  himoya.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə