Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Ijtimoiy  ta 'minotning  amalga  oshirilishida  fuqarolarning
 
o ‘zini  o ‘zi  boshqarish  organlari,  lcorxona  va  tashkilotlar,  jamoat
 
birlashmalarining  bevosita  ishtirok  etishlari  tamoyili.
  Mamlakati- 
mizda  fuqarolik  jamiyati  barpo  etilayotganligi,  kuchli  davlatchilik- 
dan  kuchli  jamiyatga  tom on  rivojlanib  borilayotganligi  namoyon 
boMishi  ko‘rinishlaridan  biri  —  davlatga  xos  funksiyalar  jamiyatga 
o ‘tkaza  borilayotganligida,  avval  davlat  organlari  bajarib  kelgan 
vazifalar  bosqichma-bosqich  fuqarolar  yig‘inlari,  boshqa  jamoat 
organlari  zimmasiga  yuklanayotganligida  ko'zga  tashlanadi. 1

Islom Karimov.
 Yangicha fiktiash va ishlash — davr talabi. 5-kitob. T. „ 0 ‘zbekiston“. 
1997  yil. 288-bet.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1999-yil  13-yan- 
vardagi  „A holini  aniq  y o 'n altirilg an   ijtim oiy  m adad  bilan 
ta'm inlashda  fuqarolaming  o ‘zini  o ‘zi  boshqarish  organlari  rolini 
oshirish  to ‘g‘risida“gi  Farmoni  qabul  qilindi.
Bugungi  kunda  ijtimoiy  ta ’m inotning  amalga  oshirilishida 
korxona  va  tashkilotlar,  ulaming  mehnat  jamoalari,  turli  nodavlat 
nohukumat  jam g‘armalari,  xayriya  tashkilotlari,  tadbirkor  fuqa- 
rolar  va  boshqa  shaxslar  ham  ishtirok  etib  kelmoqdalar.  Bu 
tendensiyaning  tobora  kuchayib  borishi  bashorat  qilinmoqda. 
Binobarin,  ojizlarga  rahm-shafqat  qilish,  yordam  qo'lini  cho'zish, 
saxovatpeshalik,  bag'rikenglik  o ‘zbek  xalqining  milliy  xususiyati 
bo‘lib,  avloddan  avlodga  o ‘tib  kelayotgan  bebaho  a n ’analari- 
mizdan,  qadimiy  qadriyatlarimizdan  sanaladi.
5. 
Mamlakatimizda  xilma-xil  shakilarda  ijtimoiy  ta 'minotning
 
amalga  oshirilish  tamoyili.
  Ijtimoiy  ta'm inotga  oid  qonunchilik 
hujjatlarida  ta'm inot  har  xil  shakllarda,  xususan,  pensiyalar,  bir 
m artalik  m oddiy  y ordam lar,  ijtim oiy  xizm atlar  ko ‘rsatish, 
muayyan  imtiyozlar  va  turlicha  yengilliklar  ko‘rinishida  amalga 
oshirilishi  nazarda  tutilgan.  Kelgusida  ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish 
shakllari  yanada  xilma-xillashuvi,  shaklan  mukammallashib  borishi 
kutilmoqda.
Ijtimoiy  ta'm inotning  qaysi  shaklda  amalga  oshirilish  masalasi 
aniq  shart-sharoitlami  hisobga  olgan  holda  qonun  hujjatlari  bilan 
belgilab  qo‘yiladi.
Ijtimoiy  ta'm inotning  asosiy  shakli  pensiyalar  va  nafaqalar 
berishdan  iborat  ekanligi  shubhasiz  hamda  ijtimoiy  ta'm inotning 
ushbu  ikki  shakli  yetakchi  mavqeyini  saqlab  qolishi  aniq,  ammo 
pensiya  va  nafaqalar  ham  shaklan  takomillashib  borishi  tabiiy 
holdir.
6. 
Ijtimoiy  ta'minotni  nodavlat,  homiylar  mablagjari  hisobidan
 
amalga  oshirilishining  davlat  tomonidan  har  tomonlama  rag‘batlan-
 
tirilishi  va  qo ‘llab-quvvatianishi  tamoyili.
Odatda,  fuqarolar  ijtimoiy  ta'm inot  uchun  oldindan  badallar 
toMamaydilar  (qonunda  inobatga  olingan  hollardan,  yakka  tad- 
birkor  va  dehqon  xo‘jaligi  a ’zosi  bo‘lgan  fuqarolardan  tashqari)  va 
ijtimoiy  ta'm inot  budjet  mablag‘lari,  budjetdan  tashqari  pensiya 
jam g ‘armasi  m ablag‘lari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Ammo 
kelgusida  pensiya  ta'm inoti  tizimlarida  islohotlar  qilinishi  natijasida 
fuqarolaming  shaxsiy  mablag‘lari  hisobiga  parallel  pensiya  ta'm inoti
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


tizimlari  ham  vujudga  keltirilishi  mumkin.  Jahonning  ayrim 
rivojlangan  mamlakatlarida  ana  shunday  nodavlat  ijtimoiy  ta'm inot 
tizimlarining  mayjudligi  va  amal  qilib  turganligi,  hozirda  mustaqil 
bo'lgan  h am do'stlik  davlatlarining  b a ’zilarida  ham  shunday 
nodavlat  pensiya  ta'm inoti  tizimlarini  barpo  etilayotganligi  bizning 
mamlakatimizda  ham  kelgusida  ana  shunday  o'zgarishlar  bo‘lishi 
mumkinligini  istisno  etm aydi1.
7. 
Ijtimoiy  ta 'minotni  amalga  oshirilishi  ustidan  davlat  va
 
jamoat  nazoratining  o ‘matilganligi  tamoyili.
Ijtimoiy  ta'minotga  oid  mablag'lami  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  hajmda 
to'lanishi,  maqsadga  muvofiq  va  to ‘g‘ri  sarflanishi,  ijtimoiy 
ta'm inotni  amalga  oshiruvchi  davlat  hamda  jam oat  organlari, 
ulaming  mansabdor  shaxslari  faoliyatining  qonuniyligi  ustidan 
umumiy  nazoratni  0 ‘zbekiston  Respublikasi  prokuratura  organlari 
amalga  oshiradi.
—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  „Prokuratura  to ‘g‘risida“gi 
qonunining  4-moddasiga  muvofiq:  „Vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari, 
idoralar,  fuqarolarning  o‘zini  o ‘zi  boshqarish  organlari,  jamoat 
birlashmalari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  hokimlar  va 
boshqa  mansabdor  shaxslar  tomonidan  qonunlarning  ijro  etilishi 
ustidan  nazorat  qilish;
—  fuqaroning  huquq  hamda  erkinliklarini  ta'minlashga  qara- 
tilgan  qonunlar  ijrosi  ustidan  nazorat  qilish“2  prokuratura  organ- 
lari  faoliyati  yo‘nalishlaridan  sanaladi.
Prokuratura  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  nazorat 
shakllari,  usullari  va  vositalari  yuqorida  eslatilgan  „Prokuratura 
to‘g‘risida“gi  qonunda  nazarda  tutilgan.
Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  nazorat 
qilish  funksiyasini  amalga  oshirish  mexanizmlari  idoraviy  me'yoriy 
hujjatlar  bilan  belgilab  qo‘yiladi.
1  Jumladan,  keyingi  yitlarda  nodavlat  manbalaridan  ijtimoiy  ta'minlashga 
qaratilgan  bir  qator  qonunlar  qabul  qilinganligi  ko'rsatib  o'tilmog'i  lozim. 
Masalan,  „Fuqarolaming  jamg'arib  boriladigan  pensiya  ta'minoti  to‘g‘risida‘'gi 
O'zbekiston  Respublikasi  02.12.2004-yil  2-dekabrdagi  qonuni  / /   0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Axborotnomasi  2005-y.  1-son,  6-modda;  „Homiylik 
to'g'risida"  0 ‘zbekiston  Respublikasining  02.05.2007-yil  2-maydagi  Qonuni  / /  
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  Axborotnomasi,  2007-y. 
5-son,  218-modda
2  Q a ra n g :  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari  to‘plami.  2001-yil, 
20-son,  139-modda.
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtim oiy  ta 'm in o tn in g   to ‘g‘ri  am alga  oshirilishi  ustidan 
ta'sirchan  va  samarali  nazorat  o'm atilishi  bu  sohada  qonuniylikni 
ta'm inlash,  mablag'larni  o ‘z  egalariga  yetib  borishini  ta'm in- 
lashning  asosiy  kafolatlaridan  sanaladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  insonparvar  dem okratik  huquqiy 
davlat,  fuqarolik  jamiyati  barpo  etar  ekan,  xalqaro  huquqning 
um um e'tirof  etgan  qoidalari  ustunligini  tan  oladi  va  fuqarolarga 
jah o n   standartlari  darajasida  m oddiy-ijtim oiy  turm ush  sharoiti 
va  darajasini  ta'm inlab  berishga,  har  bir  shaxsning  huquqlari, 
erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlari  kafolatlanishi  uchun  kerakli 
chora-tadbirlar  ko'radi.
Keksayib,  mehnatga  bo'lgan  layoqatini  yo‘qotganda,  boquv- 
chisidan  judo  bo‘lganda  va  qonunda  nazarda  tutilgan  tegishli 
hollarda  moddiy  jihatdan  ta'm inlanish,  ijtimoiy  qo‘llab-quvvat- 
lanish  huquqiga  bo‘!gan  egalik  inson  huquqlari  orasida  muhim 
o'rin  tutadi.  Bu  huquqlar  hamda  ularning  ta'm inlab  berilishi 
haqida  universal  va  mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlaming  xalqaro 
hujjatlarida  belgilab  qo ‘yilgan,  bu  huquqlami  ta'm inlab  berish 
majburiyati  xalqaro  hamjamiyat  a ’zosi  bo‘lgan  har  bir  davlat 
zimmasiga  muhim  majburiyat  sifatida  yuklatib  qo'yilgandir.
Fuqarolarning  ijtimoiy  ta'm in o t  huquqini  olish,  ijtimoiy 
himoyadan  foydalanishning  asosiy  tamoyillari  eng  aw alo,  Birlash- 
gan  M illatlar  Tashkilotining  inson  huquqlariga  oid  universal 
hujjatlarida,  Xalqaro  m ehnat  tashkiloti  Konvensiya  va  Tavsiya- 
larida,  boshqa  mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlar,  shu  jum iadan, 
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo'stligi  doirasida  qabul  qilingan  Bitimlar 
va  Ahdlashuvlarda  o ‘z  ifodasini  topgan.
Bunda  BMTning  umumbashariy  tusdagi  universal  hujjatlari 
yetakchi  o'rinda  turishi  e'tiborimiz  markazida  bo‘lmog‘i  lozim.
KALIT SO'ZLAR.
 
Ijtimoiy  ta'minot  tamoyillari.  Ijtimoiy  muhofazaning 
manzilliligi.  Ijtimoiy  ta'minotning  umuminsoniy  tamoyillari.  Ijtimoiy 
ta'minot  va  ijtimoiy  himoya  sohasidagi  xalqaro  standartlar.  Inson  huquqlari 
umumjahon  deklaratsiyasi.  Ijtimoiy  ta'minotning  umumiyligi  Ijtimoiy 
ta'minlashda  kamsitilishga  yo‘l  qo'yilmasligi.  Ijtimoiy  himoyaning  aniq 
yo'naltirilganligi.  Ijtimoiy  himoyaning  yetarli  darajada  bo'lishi  va  xilma-xil 
shakllarda  amalga  oshirilishi.  Ijtimoiy  himoyalashda  nodavlat  tuzilmalarining 
faol  ishtirok  etishi.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə