Ta'limda yangi islohotlar va ularning yoshlar hayotidagi o'rni iskandarova Shahnoza Rozimbayevna



Yüklə 11,74 Kb.
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü11,74 Kb.
#111833
  1   2
TA LIMDA YANGI-WPS Office


TA'LIMDA YANGI ISLOHOTLAR VA ULARNING YOSHLAR HAYOTIDAGI O'RNI
Iskandarova Shahnoza Rozimbayevna
Qoraqalpoģiston Respublikasi To'rtko'l tumani 29-maktab MMIBDO'
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mamlakatimizning kelajagi bo’lmish yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish. Mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy vazifalarni hal etishda ta’lim, ma’naviyatni tarbiyalash va rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor berilayotganiga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar: Ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, urf-odat, Keng ko’lamli o’zgarishlar, Yoshlarga oid davlat siyosati
Mustaqil va yangilanib borayotgan O‘zbekistonda har bir soha ahamiyatga molik vaziyat sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib borilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida har qaysi jabhani tubdan takomillashtirish, yangiliklar olib kirish, chet el tajribalarini amaliyotga tatbiq etish hamda yangilanyotgan O‘zbekistonni rivojlanangan davlatlar qatoriga qo‘shilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda respublikamizning yoshlarga oid davlat siyosatini olib borishda amalga oshiryotgan ishlari xususida to‘xtalsak.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarorida shunday deyiladi:“Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilsin.”
Hozirgi vaqtda butun dunyoda o’rgimchak to’ri deb atalmish ijtimoiy tarmoq vujudga kelganki, bu tarmoq yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. U endi yoshlar hayotining mazmuni bo’lib, o’z hayotini aynan shu kabi omilsiz tasavvur eta olmaydi. Bu narsa esa yoshlar ma’naviy qiyofasini o’sishida o’zining ijobiy ta’siridan ko’ra salbiy ta’sirini ko’proq o’tkazmoqda. Shu sabab bo’lsa kerak yoshlarning turli yot g’oyalar ta’siriga tushushiga, shu bilan birga axloqiy tarbiyasining buzulishiga hamda ruhiy psixologik salbiy ta’sir ko’rsatilishiga olib kelmoqda. Yoshlarimiz orasida yuzaga kelayotgan bunday ayanchli holatning yana bir sababi bu yoshlarimizning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligidir. Chunki ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa o’smir yoshlarga ma’naviy va psixolagik jihatdan kuchli ta’sir etadi. O’smirlarda ijtimoiy taroqlarga mukkasidan ketish va virtual olamga moyilligi oqibatida odamovilik jizzakilik va asabiylik vujudga keladi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, yoshlarimizning huquqbuzarlik va jinoyat ko’chalariga kirib qolishiga sabab inson ongi, qalbi va ruhiyatiga ta’sir o’tkazayotgan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan axborot xurujlari sanaladi. Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to’qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari yoshlar uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o’zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o’zini o’ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, ayniqsa yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti. Hozirda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy qiyofasini millat tarixini bilmaydigan yoshlar qatlamini tarbiya qilinganligi bilan bog’lasak bo’ladi. Yoshlar ayni vaqtda globallashuv jarayonini targ’ib eta boshlagan kiyinish, so’zlashish madaniyatini o’zlashtira boshlaganini globallashuvjarayoni ko’rsatgan salbiy ta’sir sifatida baholasak bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash joizki yoshlar ayrim so’zlarni o’zi tushunib tushunmay avtomobillariga yoki futbolkalariga yopishtirib olmoqdalarki bu holat globallashuvning muhim bir maqsadlaridan bir ommaviy madaniyatni shakillantiruvchi omillardan biridir. Shu bois bo’lsa kerak ko’plab yoshlarning fikrlamasdan yoki chuqur o’ylamasdan birorbir voqea yuzasidan xulosa chiqara boshlaganligini ko’rmoqdamiz. . Zero Abdulla Avloniy aytganidek “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yosaodat-yo falokat masalasidir” [4.39]
Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko‘rish mumkin. Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e’tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib borilayotganining guvohi bo‘lamiz. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida ham, yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlariyoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan choratadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllabquvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan. Shuningdek, ushbu qonunda yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllabquvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar oʻz aksini topgan.
Yoshlar uchun bugungi kunda olib borilayotgan barcha ishlar, moddiy va ma’naviy yordamlar, ularga qaratilayotgan bunday e’tiborlar albatta natijasini ko’rsatadi. Biz bunga ishonamiz. Prezidentimizning biz yoshlarga ko’rsatayotgan bunday yoshlarga doir siyosatini qo’llab quvvatlaymiz va har bir chaqirig’iga “ labbay” deb javob bermog’imiz darkor. Zero, Yangi O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, bizning bosh maqsadimizYangi O’zbekiston kelajagi bo’lmish yoshlarimizga vatanparvarlik, insoniylik va haqiqatparvarlik g’oyalarini singdirish. Zero, bu g’oyalar axloqiy marifatni negizini tashkil etadi.Shunday ekan ta’lim maskanlarining har bir bosqichida yoshlarimizni axloqiy bilimlarini shakllantirishimiz va uni yanada kengaytirishimiz har qachongidan dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.Qolaversa, yoshlarimizda media madaniyatni shakllantirish orqali ularni ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanishlari uchun ularni axloqiy ma’rifatini boyitmog’imiz kerak. Zero, ma’naviy barkamol intelektual salohiyati yuqori avlod tarbiyasi nafaqat
O’zbekistonda balki butun jahonda eng muhim vazifalardan biri sifatida nomoyon bo’lmoqda. Aynan ma’naviy barkamol avlod mamlakat kelajagini belgilab beradi. Ma’naviy barkamollik esa jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir.

Yüklə 11,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə