Ta’limning milliy yo’naltirilganligi



Yüklə 6,97 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü6,97 Mb.
#146730
Ta’limning milliy yo’naltirilganligi

Ta’limning milliy yo’naltirilganligi

Mirodilova dilshoda 302pp


Reja:
1.”Milliy tarbiya asoslari” fanining predmeti, fan sifatidagi taraqqiyoti, bosqichlari
2.Ta’limning milliy yo’naltirilganligi.
3.O’quvchilarning o’z milliy tarixiga, madaniyatiga munomabatlari
“Milliy tarbiya asoslari” fani – “Pedagogika va psixologiya” (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) ta’lim yo’nalishida talabalarda ijtimoiy pedagogika asoslariga oid bilimlar, metodik jihatdan pedagogik jarayonni ijtimoiy samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni, ijtimoiy pedagogika fanini o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda zamonaviy yangi texnologiyalarni keng doirada qo‘llay olishga, pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikni oshirish o‘rganiladi. “Milliy tarbiya asoslari” fanining maqsadi milliy tarbiya – ijtimoiy-tarixiy, qonuniy va ob’ektiv jarayon sifatida, mustaqil O’zbekistonda milliy tarbiya g’oyasining tiklanishi va rivojlanishi, milliy tarbiya tizimini joriy qilinishining nazariy asoslarini o’rganish
Ta’limning milliy yo’naltirilganligi:
Bugungi kunda ta’lim tizimi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni jamiyatga kerakli va yetuk kadrlar tayyorlashdagi asosiy sohaga aylantirish zarurligi barchamizga ma’lum. Ta’lim tizimi O’zbekistonda boshqa davlatlar ta’lim tizimidan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, yurtimizda yo’lga qo’yilgan uzluksiz ta’lim barcha rivojlangan mamlakatlarni o’ziga jalb qilmoqda. Pedagogik ta’lim klasteri: - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi yangi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida tamoyil sifatida qayd etilgan.
Ta'limning milliy yo'naltirilganligi ta 'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalglarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta 'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e’tirot etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilish; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yugori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.

  • Ta'limning ustuvorligi uning rivojlanishining

  • birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi;
  • Ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'guv yurtlari

  • mustagilligining kengayishi, ta'limni boshgarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;
  • Ta'limning insonparvarlashuvi inson gobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bolgan turli-tuman ehtiyojlarining
  • Qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar

  • ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabatlarining
    uyg'unlashuvi;
  • Ta'limning ijtimoiylashuvi ta 'lim oluvchilarda

  • estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda
    yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni
    shakllantirish;

O’quvchilarning o’z milliy tarixiga, madaniyatiga munomabatlari
Unutmaslik kerak odatda har qanday maktabda bolalarning darsdan tashqari mashg'ulotlarini, shu jumladan bo'sh vaqtlarini tashkil etish o'qituvchilar uchun juda muhim faoliyat sohasi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bolalarga darslardan tashqari qo'shimcha darslar tashkil qilish, ular bilan ko'proq erkin muhitda muloqot qilish ularning rivojlanishi va o'qishi uchun juda zarur hisoblanadi. Bu esa o'qituvchining o'zi uchun juda muhim, chunki bolalar bilan yaqinroq tanishishga, yaxshi munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi, o'qituvchilarning o'quvchilar uchun kutilmagan jozibador muloqatiga aylanadi.
Oila va oilaviy qadriyatlar doimo chambarchas bog‘liq va bir-birisiz mavjud emas. Agar oila bo‘lmasa, oilaviy qadriyatlar tabiy ravishda o‘z ma’nosini yo‘qotadi. An’anaviy oilaviy qadriyatlar g‘amxo‘rlik va sevgiga asoslanadi. Oilaning bosh sarboni ota bo‘lsa, ona oilaning tinchligini mustahkamlovchi, unda voyaga yetayotgan farzandlarlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi, mehr-muhabbat ulashuvchi muqaddas zot sanaladi. Azaldan oila-muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sanaladi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha, oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tichlik, hotirjamlik yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi.
Prezidentimiz yigʻilishda maktab taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan fikrini alohida taʼkidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha toʻxtaldi.
Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo taʼlim tizimidan, bogʻcha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini koʻramiz. Chunki maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 6,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə