Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/338
tarix07.06.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#115899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338
Маликов, Олимжонов Молия

 
 
UO‘K: 336(075.8) 
KBK: 65.261.ya73 
 
 
 

 
ISBN 978-9943-13-856-8 
 
© T.S.Malikov, 
O.O.Olimjonov, 2019 
 
 
 
 
 
 
 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2019 
 
15 
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga 
oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni 
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga 
oshirilishini anglatadi. 
Moliyaviy 
munosabatlarning 
asosiy 
tavsifi 
ularning 
taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda 
moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funksiyasidir. 
Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taqsimlash 
jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni 
taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi 
taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. 
Moliyaviy 
metod 
orqali 
taqsimlash 
iqtisodiyotni 
boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan 
mintaqalari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari miqyosida) 
qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko‘rinishlarini (xo‘jalik 
ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) 
tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni 
taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar”
deb nom olgan 
daromad va jamg‘armalarni (fondlarni) tashkil etish sodir 
bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. 
Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari 
o‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga 
bo‘linadi: 

moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari; 

moddiy 
ishlab 
chiqarish 
sohasidagi 
korxonalarning 
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, 
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy 
pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun 
quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada taqsimlash va 
qayta taqsimlash zarur: 

xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
daromadlari 
va 
jamg‘armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida 
mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; 


14 
hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar uchun muhim 
ssuda manbaidir. 
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytari-
luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq 
qiladi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul 
mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya 
pul 
munosabatlarining 
chegarasidan 
(doirasidan) 
chetga 
chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. 
Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul mablag‘larini yig‘adilar 
va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik
va muddatlilik 
asosida mablag‘ga
ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta 
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa, 
kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o‘rnatilgan 
foizlarni qo‘shgan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, 
pul 
tabiatiga 
ega 
bo‘lib, 
ularga 
ikki 
va 
undan 
ortiq 
kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yyetarli 
darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi 
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga 
muvofiq olingan pul hisoblanadi. 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq 
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan 
tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir 
qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya 
qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai 
hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni 
ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o‘zlarining 
funksiyalari va muayyan maqsadga mo‘ljallanganligi bilan ajralib 
turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning 
majmui birgalikda ko‘rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini 
yanada yaqqolroq ko‘rish
mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan 
tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga 
yordam beradi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə