Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/13
tarix22.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

Uch xil ko‘krak qafasi tafovut qilinadi.
Giperstenik (past bo‘yli) turdagi odamlarning ko‘krak qafasi konussimon (yuqori tomoni tor, pastki tomoni keng) shaklda bo‘lsa, astenik (novcha bo‘yli) odamlarda ko‘krak qafasi yassi (oldindan orqaga tomon yassilangan) shaklli, qovurg‘alar pastga qarab ko‘proq yo‘nalib joylashgan bo‘ladi. Normostenik (o‘rta bo‘yli) odamlar ko‘krak qafasi giperstenik bilan astenik odamlar ko‘krak qafasining oraliq hajmida silindr shaklida uchraydi. Agar odamning muskul va o‘pkalari yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ko‘krak qafasi ham shunga yarasha keng bo‘ladi. Aksincha muskullar va o‘pkalar unchalik yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, ko‘krak qafasi ancha tor, oldindan orqaga qarab yassilangan bo‘ladi. Ba’zan oldingi devori burchak shaklida turtib chiqqan tor ko‘krak (“tovuq ko‘krak”) qafasi ham uchraydi. Ko‘krak qafasi nafas olganda ko‘tarilib, nafas chiqarganda pastga tushadi. Bunda muskullar yordamida qovurg‘alar va ular tog‘aylari to‘sh suyagi bilan birga yuqoriga ko‘tarilib yon tomonga tortiladi. Bunda ko‘krak qafasi kengayadi. Nafas chiqarishda esa qovurg‘alar pastga tushib, ko‘krak qafasi torayadi.


TANA MUSKULLARI
Tana muskullari ko‘krak, qorin va orqa muskullaridan tuzilgan. Orqa (dorsum) tananing keng qismi bo‘lib, tepadan ensa do‘mbog‘i, ensaning tepa g‘adir-budur chizig‘i va so‘rg‘ichsimon o‘siq bilan, pastdan dumg‘aza-chanoq bo‘g‘imi va dumsimon suyaklar bilan chegaralanadi. Yonbosh tomondan bo‘yin sohasida so‘rg‘ichsimon o‘siqdan kurak suyagining yelka o‘sig‘iga o‘tkazilgan chiziq bilan chegaralansa, qo‘ltiq osti bo‘shlig‘ining markaz qismidan yonbosh suyak qirrasiga o‘tkazilgan tikka chiziq tananing orqasini old tomondan chegaralaydi.
Adabiyotlar:

1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й.
2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й.
3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə