Tanqidiy tahlili



Yüklə 208,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.06.2022
ölçüsü208,88 Kb.
#90120
  1   2
103-Article Text-340-1-10-20201016



BOSHLANG`ICH SINFLARDA SAVOD O`RGATISH METODIKASI. 
SAVOD O’RGATISH METODIKASI TARIXI VA UNING QIYOSIY-
TANQIDIY TAHLILI 
 
Toshmatova Gulnora Rahimberdiyevna 
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, 13-maktab
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada savod o’rgatish, uning maqsad va vazifalari
savod o’rgatish metodlari, o’qish va yozish nutq faoliyatining turi, o’zbek tilining 
tovush tuzilishi va grafikasi, o’qish va yozish jarayoniga psixo-fiziologik tavsif, 
o’qish va yozishga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari ahamiyati haqida fikrlar 
bildirilgan. 
Kalit so`zlar:
o’qish malakasi, bo’g’in-tovush tahlili, tovush-harf tahlili, 
bo’g’inlab o’qish tamoyili, bo’g’inga bo’lish, fonematik eshitish qobiliyati, imloviy 
malaka, o’qish, yozish, savod o’rgatish, metod, alifbe, bo’g’in, hijo usuli(hijjai 
qadimiy), harfiy metod, abjad, haftiyak, tovush metodi, mufradot(sarhad), abjad 
yozuvchi, madrasa, analitik-sintetik tovush metodi. 
 
METHODOLOGY OF LITERACY TEACHING IN PRIMARY SCHOOLS. 
HISTORY OF LITERACY TEACHING METHODOLOGY AND ITS 
COMPARATIVE-CRITICAL ANALYSIS 
Toshmatova Gulnora Rahimberdiyevna 
Andijon region, Jalaquduq district, School №13
Abstract: 
This article describes literacy teaching, its goals and objectives, 
literacy teaching methods, types of reading and writing speech activities, sound 
structure and graphics of the Uzbek language, psycho-physiological description of the 
process of reading and writing, reading and opinions on the importance of specific 
features of teaching writing. 
Keywords:
reading skills, syllable-sound analysis, sound-letter analysis, the 
principle of syllable reading, syllable division, phonemic awareness, spelling skills
literacy synthetic sound method. 
Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. 
“Alifbe”ga asoslangan holda qisqa muddatda o’quvchilar o’qish, yozishga o’rgatiladi, 
so’ng o’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga 
aylantiriladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
162


O’qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka. O’qish va yozish malakasi nutq 
faoliyatining boshqa turlari bilan ham bog’liq. Malakaning shakllanishi uchun bir 
faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin. 
O’zbek tili yozuvi - tovush yozuvi. Yozuvda o’quvchi tovushni harfga, o’qishda 
esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat 
doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, o’qish va yozish parallel olib boriladi. 
O’zbek tili yozuvi - fonematik yozuv. O’zbek tili yozuvi uchun 1993-yil lotin 
grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har tovushi uchun yozuv unga mos shakl qabul 
qilindi. 
O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga tovushlar haqida ma’lumot 
berishda o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. So’z bo’g’inga 
ajratiladi, bo’g’indan kerakli - o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, 
o’rganilgan harf bilan sintezlanadi. 
Hozirgi o’zbek tili unlilar sistemasi: a) o, u, o’, e, i, a. Savod o’rgatishda tovush- 
harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. 
E - harfi so’z va bo’g’in boshida o’rta keng lablanmagan unli o’rnida va 
undoshdan keyin yoziladi: 
Savod o’rgatishda oldin so’z boshida keladigan e, so’ng undoshdan keyin 
keladigan e o’rgatiladi. 
O harfi o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini 
ifodalaydi. Ruscha - internatsional so’zlarda urg’usiz bo’g’inda a tarzida (kalxoz), o’ 
tovushi kabi (to’nna), qisqa i tarzida (rektir) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unlili 
so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv jarayoniga kiritiladi. 
O’zbek tilida 24 undosh tovush bor. SHulardan 3 tasi harf birikmasi. 24 undosh 
tovush 23 undosh harf bilan belgilanadi. Undoshlarni o’rgatishda ham muayyan 
tartibga, talabga asoslanadi. 
Alifbo davri sonor - ovozli (ovozdor) tovushlarni o’rgatishdan boshlanadi. Lekin 
ng sonor undoshi n va g undoshi tovush harfi bilan tanishtirilgach o’rgatiladi. Harf 
birikmalarini o’rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda ular alifbe davrining 
oxirrog’ida o’rganiladi. 
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar 
ajratiladi. Savod o’rgatish jarayonidayoq harfning 4 xil varianti (bosma, yozma, bosh 
va kichik)ning ishlatilishi o’rgatiladi. 
O’quvchilarni o’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. O’qishning 
dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalanilsa sekin-asta orfoepik o’qish 
ko’nikmalari shakllantiriladi. Bo’g’inlab o’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga 
bo’lish, bo’g’in hosil qiluvchi tovushni aniqlash, ochiq-yopiq bo’g’inlarni farqlashga 
o’rgatish muhim sanaladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
163


O’qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyati. U kichik yoshdagi 
o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. 
Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 
1.Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun oldingi ko’z oldiga 
keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga 
oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, ikkinchi harfni eslab 
qo’shguncha birinchisi esdan ko’tariladi, yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z 
hosil qilguncha o’qish jarayoni sustlashadi. 
2.Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni 
qayta o’qishga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni 
butunicha idrok eta boshlaydi. 
3.O’qishni 
endi o’rganayotgan bola o’qiyotgan matn mazmunini 
o’zlashtirmaydi, chunki so’zni qanday o’qishga kuch beradi-da, so’z ma’nosiga 
e’tibor bermaydi. Darslikdagi rasmlar, o’qituvchining savollari, ko’rgazmali qurollar 
ongli o’qishlarini ta’minlaydi. 
4.Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu 
xato o’qishga olib keladi. Bu xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab o’qitiladi, 
so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez 
qilishga diqqat qaratiladi. 
O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, 
tafakkurini va nutqini o’stirishga katta e’tibor berish kerak.Savod o’rgatishda 
fonematik eshitish qobiliyatlarini o’stirish, to’g’ri va aniq talaffuz qilishga o’rgatish, 
tovushni ajratish ko’nikmasini o’stirish muhim sanaladi. 
Yozuvga o’rgatish o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish, 
harfni yozishda yozuv chiziqlari e’tibor bilan boshlanadi. Ular bo’ylab qo’lni 
harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga ulashi, qatorga sig’ish-sig’masligi 
mo’ljallanishi lozim. Bular o’quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, 
barmoq va yelka muskullari charchaydi, bular darsda ikki-uch marta fizkultura 
mashqlarini o’tkazishni taqozo qiladi. 
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish 
o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning -
“hijjai qadimiy” deb atalgan usuli asarlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom 
etib kelgan. 
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin. 
1-bosqich.Harflarning nomini yodlatish (harfiy metod). Bu metodning mohiyati 
asosan quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktab xonaga 
yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola 
aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, ularni birin-ketin yodlab 
olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan keyin arab alfaviti 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
164


yodlatila boshlagan; bola uyida har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta 
olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha 
harfning yolg’iz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan. 
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola 
domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla Yana aytgan va shuni yaxshilab 
o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi 
bandni shu tariqa yodlagan va h. Bolalar 26 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a bilib 
olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini 
ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab 
qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o’ylab 
topganlar (- uzunchoqqina alif, bittagina be, - ikkitagina te, uchtagina se kabi). 
2-bosqich.Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, bo’g’in hosil 
qilishga, ya’ni - “zeru-zabar”ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda - “zeru-zabar” 
(zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar (be, zabar-be), (be-zer- 
bi), (be-pesh-bu), (te-zabar-ta), h. kabi o’rgatsalar, boshqa ba’zilari be, ba, te, zabar, 
ta,...kabi Yana boshqalari: be, zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a; zer-i, pesh-u... deb 
o’rgatadilar va h. 
Maktabxonada - “zeru-zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi 
aytilmagan. Aslida esa bu belgilarni ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf 
ustidagi urg’u belgisiga o’xshash chiziqcha bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib 
aytish zarurligini ko’rsatadi. Zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu 
undoshga i unli tovushini qo’shib aytish kerakligini bildiradi. Pesh (zamma) esa 
undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib, shu undosh tovushga u unlisini qo’shib 
aytish zarurligini ko’rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o’qish uchun - “zeru zabar”ni 
bilish juda zarur bo’lgan, ammo o’qishga o’rgatish anglab o’qishga asoslanmagani 
uchun, bolalar mim zabar ma, mim, zer mi, mim pesh, mu deb yodlaganlar. - “zeru- 
zabar”ning mohiyatini anglamaganlar. 
3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish - “abjad” 
bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta 
harf nomlangan 8 so’zni -“zeru-zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so’zni 
birin- ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad o’zi alifbega zabar 
qo’yib, be ga urishtirilsa, ab; jim ga zabar qo’yib, dolga urishtirilsa, jad: bularning 
ikkisidan abjad hosil bo’lgan kabi. 
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan. - “Haftiyak” ka o’tilgan. -
“Haftiyak” dagi suralar ham - “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar -
“Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch 
sarflaganlar. 
So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning nomini, 
keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib, hijo hosil 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
165


qilingan; shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, keyin hijolarni bir- 
biriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qishda tovush 
emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan; so’zni tovush 
jixatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi 
bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zidagi har bir harf ma’lum bir tovushni 
bildirishini mutloqo anglamaganlar. Hijo usulida o’qishga o’rgatish, birinchidan, 
mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, 
ikkinchidan, bola o’zi aytgan so’zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan 
eshitganini takrorlay bergan. 
-“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit -“o’qish” usulida olib 
borilgan, aniqrog’i bola o’qimagan, eshitganini to’tiqush kabi yodlagan. Natijada 
bolalar maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan -o’qib bergan”, 
ammo ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy 
olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 4-
5 foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan. 
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda ma’lum darajada 
ijobiy rol o’ynadi. Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat- 
savod o’rgatish metodi 1900-yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan 
tovush metodiga o’tildi. 1900-yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining 
peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan 
foydalanganlar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmasdi. 
1902-yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili 
alifbesi -“Ustodi avval” nashr etildi. -“Ustodi avval” nashr qilingandan keyin 
o’zbekcha xat savod o’ragatishda Yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod 
o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola 
tushunadigan, anglaydigan ta’limga, aktiv ta’limga aylantirdi. 
-“Ustodi avval” 3 bo’limdan iborat: 1- bo’lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, 
alifbe davridir. Muallif bu bo’limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, 
balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning 
yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan. Muallif har bir harfning yozuvda 
bir necha xil shaklda kelishi xat savod o’rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; 
alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo’llanadigan harflarni 
bergan. Shakli, yozilish o’rniga qarab turlicha bo’ladigan harflarning so’z boshida, 
so’z o’rtasida, so’z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar 
keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so’zlarini, g’ harfini tanitish 
uchun g’or, uyg’oq, tog’ so’zlarini tanlagan. Avtor soddadan murakkabga tamoyiliga 
amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe 
qismiga asosan, o’zbek tilining lug’at sostavidagi harflardan tanlab olgan. 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
166


-“Ustodi avval”ning 2-bo’limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo’limda hikoya, 
masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targ’ib qilinsa, boshqalari 
tarbiyaviy mazmunda. 
S.Saidazizov kitobining 3-bo’limini -“Alifboi qur’on” deb atagan va o’z oldiga 
bolalarga -“Qur’on”ni tushunib olishga o’rgatishni maqsad qilib qo’ygan. 
Umuman tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan kelgan. Rus-tuzem 
maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o’rgatilar edi. O’zbekcha 
sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o’z ko’zlari bilan ko’rdilar 
va ular rus o’qituvchilariga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini o’z sinflariga 
tatbiq eta boshladilar. 
2. XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan Markaziy maktabga kelgan 
tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar, oradan ko’p 
o’tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, Yangi 
maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o’rgata boshladi. 
Shunday qilib, O’rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o’rnini ola 
boshladi. Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o’rgatishga Rossiyada 
K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan edi. 
Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bo’lagi, ya’ni 
nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning ma’nosi o’zgartira oluvchi har bir tovush 
yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi 
natijasida boshqa bir Yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. 
Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli metodistlar 
(S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.Qosimova, Y.Abdullayev, O.Sharafiddinov) 
tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar. 
Arab alfavitida yozuvni o’rgatish qiyin edi. Arab alfavitidagi harflar so’zda 
qo’llanish o’rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozishni o’rganishni 
qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko’p maktablarda bolalarga o’qish o’rgatilib, yozuv 
o’rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko’pchiligi o’qishni bilgan, lekin 
yozishni bilmagan. 
Eski maktabda yozish chiziqsiz, tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savag’ich 
qalamda o’rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o’rganganlaridan keyin qamish qalamda 
ham yozishgan. Ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan. 
Yozishni o’rgatish alfavit tartibida harflarning alohida-alohida shaklini 
yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o’rgatilgan, keyin o’xshash shaklli 
harflar bandlarga bo’linib, o’xshash unsuri bo’lmaganlari esa ayrim-ayrim 
yozdirilgan. Ayrim domlalar ba’zi harflarning elementlarini yozishni ham alohida 
mashq qildirganlar. 
Ayrim-ayrim harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, 
mufradot (salhad) deyilgan; bunday yozish bir ikki yilga cho’zilgan. SHundan keyin 
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Issue 5
www.openscience.uz
167


harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot 
deyilgan. Harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi bir necha bosqichga bo’linib, 
harf birikmalarining ma’no anglatish anglatmasligi umuman, e’tiborga olinmagan. 
Qanday qo’shilishi mashq qilinavergan. Ko’pgina eski maktablarda bunday mashq -
“abjad yozish” bilan tugallangan. 
Murakkabbotdan keyin bayt, qit’a va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi 
boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan. 
Bu mashqqa ham juda ko’p vaqt sarflangan: u ma’noli so’zlarni yozish bilan 
boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan. 
Yozuvni o’rgatish va xusnixat mashq qildirishda -“Mufradot” kitobidan 
foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, ba’zi nashrlarda esa insho 
namunalari berilgan. 
Eski maktablarda yozuvga o’rgatishning birdan bir yo’li ko’chirib yozuv-nusxa 
ko’chirish bo’lgan. Natijada bolada yozma nutq ko’nikmasi hosil qilinmagan. Bu 
mashq bolani juda zeriktirgan. Hech o’ylamasdan yozishga odatlantirilgan. 
Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning 
qo’llanmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilgan 
bo’lsa ham, ammo o’z fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham 
juda ko’p xato qilib zo’r-bazo’r yozgan. 
Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili o’qitilmagan, natijada eski maktab 
bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o’tkazgan ba’zi bolalar ham o’z 
ismini to’g’ri yozishni bilmaganlar. 
Arabchada to’g’ri, chiroyli yozuvga o’rgatish uchun xivalik shoir Shermuhamad 
Avazbey o’g’li Munisning (1778-1829) - “Savodi ta’lim” kitobidan foydalanildi. 
Rus-tuzem maktablarida o’qish va yozishga o’rgatish, odatda, bir vaqtda 
boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan; har kuni avval o’qish, keyin yozuv darsi 
bo’lgan; o’qish va yozish onglilik tamoyili asosida o’rgatilgan; bolalar qaysi tovush 
bo’g’in, so’z yoki gapni o’qiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, 
ma’nosiga tushungan, arabcha harfning yolg’iz shaklini yoki so’zda qo’llanish 
o’rniga qarab kasb qiladigan shaklini, yoxud biror harfning elementini 
yozayotganligini ongli ravishda bilgan. 
Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinfida ko’chirib yozishga va diktantga 
ko’p vaqt sarf etilgan. Ulardan tashqari, insho (turli tilxat, duoi salom va savdo ishiga 
oid har xil xatlar) yozishga o’rgatilgan. 

Yüklə 208,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə