Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati



Yüklə 286,5 Kb.
səhifə7/13
tarix10.10.2023
ölçüsü286,5 Kb.
#126642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
4-MA`RUZA MASHG`ULOTI

5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g'oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o'zida ham o'quvchi, ham o'qituvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o'quvchining qiziqishi, faoliyati, o'rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg'ularini ko'ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo'ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo'lishi ta'minlangan sharoitda uning shaxsiga ta'sir ko'rsatishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.
6. Jamoa yo'nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni hartomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to’laqonli talqin etish, insonparvarlik va o'zaro hamkorlik tuyg'ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g'oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o'zigina kam samara beradi. O'quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo'nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g'oyalar to'g'ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
Tarbiya qonuniyatlari. Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi.Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obyektiv talablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi.Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Bunday aloqalar «qonuniyat» deb ataladi. Bunday qonuniyatga tarbiya jarayonida ham amal qilinadi.
Tarbiya qonuniyatlari mohiyati bir tomondan ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.

Yüklə 286,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə