Tarbiyachilarning kasbiy mativatsiyasini rivojlantirishda innavatsion texnologiyaning ahamiyati



Yüklə 16,54 Kb.
səhifə1/2
tarix20.05.2023
ölçüsü16,54 Kb.
#111679
  1   2
Yuldasheva Shoxida maqola


TARBIYACHILARNING KASBIY MATIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INNAVATSION TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI
NDPI 2-bosqich magistri Masharipova Barno
NDPI 2-bosqich magistri Yuldasheva Shoxida
Аннотация. Maqolada tarbiyachining kasbiy mativatsiyasini rivojlantirishda innavatsion texnologiyalar ahamiyati va tarbiyachining ish faoliyatida ulardan foydalanish usullari o’rganildi. Motivatsiya va kasbiy motivatsiya xususiyatlari tahlil qilindi.
Kalit so’zlar: Motivatsiya, motiv, innovatsiya, texnologiya, innavatsion texnologiya, tarbiyachi, bola, ta’lim, mahorat.
Аннотация. В статье рассмотрено значение инновационных технологий в развитии профессиональной мотивации воспитателя и способы их использования в трудовой деятельности воспитателя. Проанализированы особенности мотивации и профессиональной мотивации.
Ключевые слова: мотивация, мотив, инновация, технология, инновационная технология, воспитатель, ребенок, образование, мастерство.
Abstract. The article considers the importance of innovative technologies in the development of professional motivation of the educator and the ways of their use in the work of the educator. The features of motivation and professional motivation are analyzed.
Keywords: motivation, motive, innovation, technology, innovative technology, educator, child, education, skill.
Innovatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda, ushbu texnologiyalar maktabgacha talimda ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa yurtimizda keyingi yillarda ko’plab izlanishlar natijasi sifatida yangicha yondashuvdagi ta’limiy faoliyatlar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Chunki innovatsion texnologiyalar ta’lim samaradorligini ta’minlabgina qolmay, bolalarda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda ham beqiyos o’rinni egallaydi. Zero, yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev aytganlaridek: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo’liga o’tmoqdamiz. Bu bejizga emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Bugungi kunda har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda yoshlarning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish va ularni komil inson qilib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Chunki jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk bolalar kelajagimiz poydevoridir. Kelajagimiz ko’zgusi hisoblangan bolalarni har tomonlama rivojlantirish va kamol toptirishda tarbiyachining kasbiy faoliyatida innavatsion texnologiyalardan foydalanish mahorati alohida ahamiyatga egadir.
Hozirda ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan asosiy buyurtma jamiyatga raqobatbardosh mutaxassisni yetishtirib berishdan iborat. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik ish beruvchilar mustaqil o‘qib o‘rganish, zarur hollarda tezkor va samarali qaror qabul qilish, o‘z faoliyatini doimiy tahlil qilish (refleksiya) ko‘nikmalariga ega bo‘lgan xodim bilan shartnoma tuzishni ma’qul ko‘radilar. Shuning uchun ham tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol
bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi, ish faoliyatiga yangi innavatsiyalarni kiritishi va innavatsion texnologiyalardan mohirona foydalana bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, maʼnaviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom maʼnaviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Bu vazifalarni bajarish uchun tarbiyachi o’z ustida ishlashi, kasbiy mahoratini rivojlantirishi va innavatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirishi zarurdir.
Texnologiya tushunchasi "Texnologiya"- grekcha "techne" so'zidan olingan bo'lib, mahorat, hunar va "logos"- tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatadi. Texnologiya samarali vositalar yordamida ishlab chiqarishda mahsulotning sifat o'zgarishga olib keluvchi tizimli usullar yig'indisidir.
"Innavatsion texnologiya- ta'lim maqsadlariga va shaxsning rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni mutassil ravishda rivojlantirish tizimini loyihalashdir". Pedagogik texnologiyalar ta'lim- tarbiya jarayoniga o'ziga xos bo'lgan innavatsion yondashuvdir. U pedagogikada ijtimoiy- muhandislik tafakkurining ifodasi, o'qitish, tarbiyalash jarayonini ma'lum darajada standart holatga solidi.
Motivatsiya tushunchasiga ko'plab xorijiy olimlar: A.Bandur, S.Zanyuk, G.Ayzenk, V.Aseev, D.Braun G.Myurey, A.Rean, V.Stolina, X.Xekxauzen, F.Xoppe va boshqalar o'zlarining ilmiy ishlarini bag'ishlagan.. Ular orasida kasbiy motivatsiyani to'liq o'rgangan olimlar V.Biryuk, A.Verbitskiy, N.Kuzmin, A.Stupnikov, Ye.Rogov, V.Slastenin va boshqalar hisoblanadi.
Motivatsiya” va “motiv” tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Motiv ayni vaqtda shaxsning ichki holati va uning harakatlarini talab qilish sifatida qaraladi, bunda motiv sifati qiziqish, niyat va ehtiyoj bo'lishi mumkin. Zamonaviy tadqiqot kontekstlariga asoslangan motivatsiya, shaxs tomonidan hayotning ma'lum bir bosqichida shakllanadigan, o'z faoliyatini amalga oshiradigan va yo'naltirilgan shaxsning o'zaro ichki motivining ongli tizimi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham tarbiyachining kasbiy mativatsiyasining shakllanishida va rivojlanishida innavatsion texnologiyalar alohida ahamiyatga ega.
Innovatsion texnologiyalar kun sayin rivojlanib borayotgan bugungi shiddatkor zamonda yosh avlodning ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirish borasida samaradorlikka erishish zarurati o‘sib bormoqda. Bo‘lajak pedagog kadrlar faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishi ja’miyat ehtiyojiga aylandi. Yurtimizda yangi Renesans davri poydevorini qurish oliy
maqsadimizga aylanar ekan, buning uchun avvalo kelajak davomchilari bo‘lmish farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasining har tomonlama mukammal bo‘lishi muhim mas’uliyatdir. Shuning uchun bolani erta yosh davridan boshlab yetuk malakali pedagoglar tarbiyasini olishi g’oyatda zarur hisoblanadi. Bilimli va ijodkor murabbiy, albatta, bolani ijobiy rivojlantirishda zamonaviy va
sifatli natijalarni kafolatlay oladigan innovatsion metodlarni bolalar faoliyatida foydalanish yo‘llarini izlab topadi.
Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning yetakchi omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida bolalarning sifatli bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik tafakkurini shakllantirishga, dunyoqarashini kengayishiga olib keladi
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kasbiy mativatsiyani rivojlantirishda innavatsion texnologiyalar ishtiroki ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qilish imkonini beradi. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi bolani yangi narsalar, hodisalar dunyosiga jalb etishi, uni qiziqarli ishlarga jalb qilishi, faoliyat mavzusiga aylantirishi juda qiyin. Bu borada unga kasbiy mativatsiyagina kuch bera oladi. Bu ko‘p jihatdan anʼanaviy ravishda kelajakdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy mativatsiyasi bu avvalambor, o‘quv faoliyatini rejalashtirish, dasturlarni amalga oshirish, texnologiyalarni o‘zlashtirish, bolalar faoliyatini mo‘ljallangan jarayon bo‘yicha tashkil etishni o’zi ham innavatsion texnologiyadir.

Yüklə 16,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə