Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 210,02 Kb.
səhifə1/10
tarix24.12.2022
ölçüsü210,02 Kb.
#97796
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NUTFILLOYEVA AZIZA TIM KURS ISHI TAYYORI (2) (2) (2) (2)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
5111700-BOSHLANG‘ICH TA’LIM YOʻNALISHI
14-4BT-20 GURUH TALABASI
NUTFILLOYEVA AZIZANING
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”
FANIDAN
“BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHDA MAKTAB-MAHALLA-OILA HAMKORLIGINING OʻZIGA XOSLIGI” MAVZUSIDAGI
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: Oʻ.M.OLLOQOVA


BUXORO-2021


REJA:
KIRISH
I BOB. TARBIYA JARAYONIDA OʻQUVCHILARGA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SINGDIRISH
1.1. Insonni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik ahamiyati.
1.2. Oʻquvchilarni tejamkorlikka oʻrgatish orqali ularga iqtisodiy tarbiya berish.
II BOB. MAKTAB-OILA-MAHALLA BILAN HAMKORLIK ISHLARIDA IQTISODIY TARBIYANING MAZMUNI
2.1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda «Oila - mahalla - maktab hamkorligi» konsepsiyasining oʻrni va ahamiyati.
2.2. Oila, mahalla bilan hamkorlik qilgan holda bolalarga iqtisodiy tarbiya berish.
XULOSA

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosoiy muammolaridan biri boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolaveradi.Bozor iqtisodiga oʻtayotgan bir sharoitda va keying rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir.Bu sohada hukumastimiz g‘amxoʻrlik koʻrsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib borilmoqda. Iqtisodiy tarbiya oʻquvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy oʻrin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va oʻz ishiga puxta boʻlishi kerak. Shunda u oʻz mehnatining (oʻzgalarning ham) natijalarini oʻlchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson oʻz mablag‘ini toʻg‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul boʻlmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini koʻraylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar oʻzimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni oʻzimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non oʻrniga kesak tishlaymiz, soʻzning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi boʻlmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”.
Barkamol inson, avvalo, iqtisodiy tarbiya olmog‘i shart. Chunki iqtisodiy tarbiyasiz, unga bog‘liq koʻnikmalarsiz, odatlarsiz haqiqiy mukamml inson boʻlishi mumkin emas. U eng avvalo oʻz mehnati va boshqalar mehnatini qadrlaydigan, uni hayotda tadbiq qilishning ta’limiy asoslarini ilmiy bilmog‘i zarurdir. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’lim negizida quriladi. Tarbiya esa kundalik turmushda yuqoridagi sifatlarni qoʻllash jarayonida oʻz ifodasini topadi. Bu muammo esa boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida oʻziga xos tarzda, ya’ni sodda shaklda tashkil etiladi. Chunki kichik oʻquvchilarda iqtisodiy ma’lumotni, madaniyatni, ongni, koʻnikma va odatlarni birdaniga tarkib toptirish mumkin emas. Shuning uchun kichik oʻquvchilarda dastlab iqtisod haqida tasavvur, tushuncha va ularni turmushda qoʻllash bilan bog‘liq koʻnikmalarni tarkib toptirish muhim vazifa hisoblanadi.
Kichik oʻquvchilarning barkamol insonga xos boʻlgan iqtisodiy bilimlari bosqichma-bosqich ular yoshining ortib borishi bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etiladi. Iqtisodiy ong, madaniyat birdaniga tarkib toptirilmaydi. Bunday mas’uliyat boshlang‘ich sinf oʻqituvchisi zimmasiga toʻg‘ri keladi. Bu ish boshlang‘ich ta’limning toʻrt yillik davrida amalga oshiriladi.

Yüklə 210,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə