Tarix 6-sinf test savollari



Yüklə 43,9 Kb.
tarix15.03.2018
ölçüsü43,9 Kb.
#31834

TARIX 6-SINF

TEST SAVOLLARI


1. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko`ra, to`g`ri tartibda belgilang.

1) Kapova; 2) Maykop; 3) Obishir;

4) Selung`ur; 5) Teshiktosh; 6) Jarqo`ton


  1. 4, 5, 1, 3, 6, 2

  2. 5, 4, 3, 1, 6, 2

  3. 2, 6, 3, 1, 5, 4

  4. 4, 5, 1, 3, 2, 6

2. O`rta Osiyoning markaziy va shimoliy o’lkalaridagi qabilalar miloddan avvalgi VI-V mingyilliklar boshlarida…..

  1. xom g`ishdan ko`p xonali uylar qura boshladilar.

  2. ovchilik va baliqchilikni davom ettiraverdilar.

  3. hududiy qo’shnichilik jamaolariga birlashdilar.

  4. ibtidoiy ziroatchilik xo`jaligiga o`tdilar.

3. Insoniyat tarixida patriarxat bilan………

  1. ibtidoiy jamoa tuzumu ham o`z nihoyasiga yetdi.

  2. eng qadimgi urug`chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi.

  3. buyuk muzlik davri poyoniga yetdi.

  4. ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tish amalga oshirildi.

4. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalar ishlatilgan mamlakat nomi qanday ma’noni anglatadi?

A. “Nil in’omi”

B. “Ikki daryo o’ralig’i”

C. “Xudolar darvozasi”

D. “She’rlar darasi”

5. Old Osiyo hududida vujudga kelgan davlatlarni zavolga yuz tutish ketma-ketligini to`g`ri ko`rsating.

1) Ossuriya; 2) Xett; 3) Urartu; 4) Tir-Sidon

  1. 2, 4, 1, 3 B. 3, 1, 4, 2

C. 2, 1, 4, 3 D. 4, 2, 3, 1

6. Qadimgi davrda O’zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti nimaga asoslangan edi?



  1. hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuqori darajada rivojalnganligiga

  2. hududning qulay geografik o’rinda joylashganligiga

  3. boshqa hududlar bilan keng madaniy aloqalar o`rnatilishi va tajribalar almashinuviga

  4. mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga

7. Quyidagilardan aynan bir paytda sodir bo`lgan voqealar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang.

1) Elam davlati tashkil topdi; 2) Bobil podsholigi tashkil topdi; 3) Mixxat yozuvi kashf etildi; 4) Xitoyda qabilalar ittifoqi paydo bo`la boshadi; 5) Hind vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi. 6) Finikiyaliklar Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos soldilar.

  1. 2, 4, 6 B. 1, 4, 6

C. 3, 5, 6 D. 1, 4, 5

8. Qadimgi xalqlar va qabilalarga oid ma’lumotlarni mos ravishda belgilang.

1)..... Sharqiy Yevropa va Uralda yashaganlar;

2)......janglarda to`g`ridan - to`g`ri jangga kirmaslik taktikasini qo`llaganlar;

3)......urushlarda otliq qo`shinlardan samarali foydalanganlar;

4)...... dengiz ishini a’lo darajada bilishgan.

a) mitanniliklar; b) oriylar;

c) urartuliklar d) finikiyaliklar



  1. 1-b, 2-c, 3-a, 4-d

  2. 1-c, 2-b, 3-d, 4-a

  3. 1-a, 2-c, 3-b, 4-d

  4. 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

9. Qadimgi Xitoy olimlari ilm-fanning qaysi sohalariga oid ko’plab asarlar yaratishgan?

  1. tarix, astronomiya, tibbiyot

  2. astronomiya, tibbiyot, matematika

  3. matematika, tarix, tibbiyot

  4. tarix, astronomiya, falsafa

10 Xamurappi qonunlari ilgari mavjud bo`lgan qonunlardan nimasi bilan ustunlik qiladi?

  1. Podshoning qarori bo`lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgani bilan

  2. Hajmi jihatdan hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan

  3. Qat’iyligi va ayovsizligi bilan

  4. Badavlat va qashshoq kishilar uchun alohida maddalarning borligi bilan

11. Nuqtalar o`rniga kerakli hududlar nomlarini qo`ying.

“ Miloddan avvalgi XIV asrda qayta yuksalgan Xett davlati ...ni urushib qaytarib oldi, …ni zabt etdi”.



  1. Qora dengiz bo`ylari, Bobil shahri

  2. O`rtayer dengizi bo`ylari, Mitanni podsholigi

  3. O`rtayer dengizi bo`ylari, Quddus shahri

  4. Finikiya hududlari, Tir-Sidon podsholigi.

12. Qadimgi yunonlar qaysi sohalardagi ko`plab yutuqlarni misrliklardan o`zlashtirib olishgan?

  1. astronomiya, tibbiyot, geografiya

  2. matematika, geometriya, arxitektura

  3. tibbiyot, tarix, astronomiya

  4. arxitektura, tibbiyot, matematika

13. Qadimgi qaysi davlat shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo`lgan?

  1. Yunoniston B. Misr

C. Rim D. Xitoy

14. Miloddan avvalgi 1-mingyillikda dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan Hindistonda……

  1. Hind daryosi vodiysida Moxenjodaro va Xarappa shaharlari vujudga keldi.

  2. harbiy aslzodalar va ruhoniylar toifasi ancha kuchaydi.

  3. tashqi dushman hujumlari avj olib ketdi.

  4. Mauriya davlatiga asos solindi.

15. Yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari –Baqtriya, So`g`diyona va Xorazm Behistun qoyatosh yozuvlarida qanday nomlangan?

  1. Baqtrish, So`g`uda, Xvarazmish

  2. Baxdi, So`g`da, Xvaizam

  3. Baqtrish, So`g`uda, Xorasmiya

  4. Baqtriana, So`g`diyona, Xvarazmish

16. O’zbekiston hududidagi mil. avv VII-VI asrga oid quyidagi shaharlardan qaysi biri mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralib, devor suv to`ldirilgan xandaq bilan ihotalangan ?

  1. Afrosiyob B. Uzunqir

C. Ko’zaliqir D. Qiziltepa

17. Tarixda quyidagi voqealarning qaysi biri boshqalariga nisbatan kechroq yuz bergan?



  1. Xet davlatining barham topishi.

  2. Yahudiya Bobil podsholi tomonidan bosib olindi.

  3. Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo`lgan alifbo yaratildi.

  4. Ossuriya davlatining qulashi

18. Misrda qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olinib mahalliy qabilalar Misrga soliq to`lay boshlashdi?

  1. Yangi podsholik davrida

  2. O`rta podsholik davrida

  3. So`nggi podsholik davrida

  4. Qadimgi podsholik davrida

19. Nima uchun qadimgi Misrda dahmalar ichiga munojotlar va qarg`ishlardan iborat bitiklar yozilgan?

  1. Vafot etgan kishilarning ruhlari ular yordamida xudolarga iltijo qilishlari uchun

  2. Kohinlar bunday yozuvlar orqali kishilarni itoat va qo`rquvda ushlab turishni mo`ljallashgan

  3. Ular vafot etgan kishilarni himoya qilishi va o`zga hayotga o`tayotganida unga yordam berishga mo`ljallangan

  4. Ular vafot etgan kishilarning ruhlari erkin uchib yurishini ta’minlashi kerak edi.

20. Quyidagi qaysi podsholikda hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalarining farzandlari ta’lim oladigan maktablar tashkil qilingan?

  1. Ossuriya B. Yahudiya

C. Bobil D. Urartu

21. Solomon qaysi qadimiy podsholikning hukmdorlaridan biri bo`lgan?



  1. Ossuriya podsholigining

  2. Isroil-Yahudiya podsholigining

  3. Midiya podsholigining

  4. Tir-Sidon podsholigining

22. Quyidagi qaysi hukmdorlar davrida mamlakat gullab yashnab, qudratli davlatga aylanib, o`z ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishgan?

1) U Di; 2) Ashoka; 3) Chandragupta; 4) Menua; 5) Navuxodonosor II; 6) Kiaksar; 7) Yaxmos; 8) Salmanasar; 9) Oshshurbanapal.



  1. 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8

  2. 1, 3, 5, 6, 8, 9

  3. 2, 4, 5, 7, 9

  4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9

23. Geografiya sohasidagi bilimlar qaysi xalqlar uchun kemalarda dengiz bo`ylab suzishga imkoniyat yaratib bergan?

  1. Xettlar B. Urartlar

C. Shumerliklar D. Mitanniliklar

24. Forslar shohi Doro I hujumi davrida skiflar qaysi dengiz bo`ylarida yashaganlar?



  1. O`rtayer dengizi

  2. Qora dengiz

  3. Kaspiy dengizi

  4. Orol dengizi

25. Zardushtiylik ta’limotiga ko`ra, quyidagi qaysi xudo Zardushtiylikning ehtiromga sazovor bo`lgan xudolari sirasiga kirmaydi?

  1. Ahuramazda B. Mitra

C. Ahriman D. Anaxita

26. Qadimgi mesopotamiyaliklar uylari nimadan qurilgan?



  1. Paxsa va xom g`ishtdan

  2. Tosh va yog`ochdan

  3. Pishgan g`isht va yog`ochdan

  4. Oftobda quritilgan g`isht va toshdan

27. Oriylar kimlar?

  1. Hindistonda ziyolilar qatlami

  2. Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko’chmanchi qabilalar

  3. Hindistondagi o’troq aholi

  4. Savdogarlar tabaqasi

28. Mil.avv. 714 yili jahon tariхida bo’lgan voqiylikni aniqlang.

  1. Ossurlar urartuliklar ustidan g’alaba qozondilar

  2. Misr ossur qo’shinlari tomonidan bosib olindi.

  3. Ossuriya davlat sifatida barham topdi

  4. Finikiya va Falastin Ossurlar tomonidan bosib olindi

29. Misrdagi qaysi shahar orqali o`tadigan yo`l Sinay yarimoroliga olib borgan?

  1. Memfis shahri

  2. Fiva shahri

  3. Asvon shahri

  4. Rozzet shahri

30. Ma’lumki mil.avv 4 mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash,Ur kabi shahar – davlatlar vujudga kela boshlagan.Dastlab bu shaharlarning hukmdori kim hisoblangan?

  1. Harbiy sarkardalar

  2. Bosh kohin

  3. Shahar oqsoqoli

  4. Shahar homiysi bo`lgan Oliy xudo

Yüklə 43,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə