Tarix fakulteti


II bob Qashqadaryo vohasining arxealogik jihatdan organilishi



Yüklə 231,5 Kb.
səhifə4/6
tarix13.06.2022
ölçüsü231,5 Kb.
#89408
1   2   3   4   5   6
11.Oʻljaboyev Elbek yangi

II bob Qashqadaryo vohasining arxealogik jihatdan organilishi..

2.1Qashqadaryo Nautaka va Naxshabning arxeologik jixatdan o‘rganilish
Nautaka – Kesh shahri tarixini yozma manbalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, XX asrga kelib bir qancha arxeolog olimlarimizning izlanishlariga guvoh bo‘lamiz.Rus qo‘shinlari 1870 yilda Shahrisabz va Kitobga yurish qilib, ularni egallagach, Turkiston general-gubernatorligi bu shaharlar o‘tmishi bilan qiziqa boshladi18. Shahrisabzga zobitlar va turli idoralar amaldorlari (tarjimon I. Bekchurin, suratchi P.Ye. Krivsov, yozuvchi V.V. Krestovskiy, topograf N.D. Sitnyakovskiy) kelib, o‘zlarining yo‘l xotiralarini qoldirishdi19.
Kitob – Shahrisabz vohasini arxeologiya nuqtai nazaridan o‘rganishni ko‘zdan kechirar ekanmiz, 1920 yilgacha bu hudud Buxoro amirligi tarkibiga kirganligi bois qazish ishlari eng yangi davrdagina boshlandi. Ayniqsa, Shahrisabzning O‘rta Osiyo qadimiy va san’at yodgorliklarini himoya qilish komiteti (Sredazkomstaris) tomonidan muhofazaga olingan me’moriy obidalari sharqshunos olimlarni o‘ziga jalb qildi. Bu ishlarning natijasi sifatida shahar obidalari albomi yaratildi. 1925 yilda Shahrisabzga V.V. Bartold, V.L. Vyatkin, san’at tarixchisi V. Denike, nemis san’atshunosi E. Kon-Vinerlar kelishdi. Turkiston sharqshunoslik instituti talabasi A.Ye. Midji rus geografiya jamiyatining Toshkentdagi Turkiston bo‘limi etnografiya va arxeologiya seksiyasi majlisida Kitob va Shahrisabzning qadimgi yodgorliklari to‘g‘risida axborot berdi20.1926 yilda tarixiy topografiyani o‘rganish uchun Shahrisabzga A.Yu. Yakubovskiy jo‘natildi21.
1942 yilda M.Ye. Masson va Pugachenkovalar Shahrisabzga qadimgi yodgorliklarni va tarixiy geografik joy nomlarini aniqlash uchun arxeologik izlanishlar olib borishdi. Ularning aniqlashicha ilk shahar ko‘rinishidagi va o‘rta asrlardagi haqiqiy Kesh ko‘proq hozirgi Kitob o‘rniga to‘g‘ri keladi22.
Ularning olib borgan izlanishlari davomida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yerda yashagan keksalar qadimgi shahar Kish yoki Kisht deb aytilganini eslab, “Qayiq” so‘zidan olingan deb ta’kidlashadi23. keyinchalik bu nom ham, bu shahar aholisi ham shahar tanazzulga uchraganidan so‘ng Katlas qishlog‘i yaqinidagi katta bir qishloqqa Kitobdan 70 km sharqqa ko‘chgan va bu hudud Shahri-i Kisht deb atalgan.
M.Ye. Massonning ta’kidlashicha, Kesh viloyatining o‘rta asrlardagi g‘arbiy chegarasi hozirgi Qamaytepa xarobalaridan (Kesh – Nasaf yo‘lida) to Bahrintepa xarobalari ( Qashqadaryo o‘zani yaqinida)gacha o‘tkazilgan shartli chiziq bo‘ylab o‘tar edi. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra Kesh viloyati bo‘yiga ham, eniga ham 4 kunda bosib o‘tiladigan yo‘lga teng hududni egallagan24.
Vodiy hududidagi manzilgohlarni arxeologik o‘rganishning ilk bosqichi S.K. Kabanov 1946 – 1950 yillarda olib borgan qidiruv tadqiqotlari bilan bog‘liq bo‘lgandi. Bir qator tumanlarni, shu jumladan Kitob tumanini ham o‘rganish maqsadida aylanib chiqishdan ko‘zlangan maqsad “sinflar paydo bo‘lguncha amal qilgan jamiyatlar obidalarini” aniqlashdan iborat bo‘lgan25. 1951 yilda vodiyning markaziy qismida Kitobdagi qadimgi Qalandartepa shahri qal’asida qazish ishlari olib borildi. Topilgan arxeologik majmua mil.avv. III milodiy V asrlaga oid, deb topildi26. Tadqiqotchining hisob-kitobiga ko‘ra, shahar maydoni 15 ga ga yetgan. . Bu shahar ilk o‘rta asrlar davriga qadar Su-se – Kesh viloyatining markazi bo‘lgan va ko‘p qismi Yevkratit zarb qildirgan yunon-baqtr tangalaridan iborat bo‘lgan xazina ayni Kitobdan topilgan, degan xulosaga kelindi27.
Umuman, S.K. Kabanov Qalandartepa va Qo‘rg‘ontepaga monand qishloq tipidagi ko‘plab manzilgohlarni aniqladi va ularni istiqbolda o‘rganish natija berishini ta’kidladi.
Chunonchi “VIII – XII asrlarda Janubiy Sug‘d shaharlari” kitobining muallifi S.B. Lunina Kesh shahri o‘zining dastlabki o‘rnidan hozirgi “Shahrisabz” yo‘nalishi bo‘ylab bir qadar siljiganligini qayd etib o‘tadi28.
50-yillarda S.K. Kabanov tomonidan Tanxozdaryo va Yakkabog‘daryoning quyi oqimida olib borilgan tadqiqotlar davomida ilk temir davriga oid ilk manzilgohlar – Jartepa 1, Yangitepa va nomsiz tepalar aniqlandi29.
60-yillar boshlarida respublika janubi o‘tmishini tadqiq etish ishlariga M.Ye. Masson, A. Asqarov, Z.I. Usmonova singari taniqli olimlar ham bosh qo‘shadilar-ki, bu shubhasiz, juda katta ilmiy samaralar beradi. Ayniqsa, 1963 – 1964 yillarda Toshkent Davlat Universitetida Kesh arxeologiya va topografiya ekspeditsiyasini tashkil etilishi, unga M.Ye. Massonning rahbarlik qilishi Qashqadaryoning qadimiy yodgorliklarini tekshirish, ularning tarixiy ahamiyatini ochib berishni jonlantirib yuboradi.
Qadimshunos olima Z.I. Usmonova ToshDU arxeologiya kafedrasida o‘tgan asrning 60-yillari boshlarida mustaqil arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etish masalasi kun tartibiga qo‘yilganligi, bunda asosiy o‘rganish mintaqasi sifatida Qashqadaryo vohasi tanlanganligi haqida shunday fikr yuritadi:
“Kafedra huzurida mustaqil arxeologik ekspeditsiya tashkil qilish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Bunda arxeologik jihatdan kam tekshirilgan Qashqadaryo viloyati tanlandi. Chunki bu viloyat qadimiy Sug‘dning janubiy qismi (Kesh - Nasaf) bo‘lib, yozma manbalarda zikr etilgan edi”30.
60-yillar boshlaridan e’tiboran Qashqadaryoning qadimiy obidalari arxeologiyasini o‘rganish keng qamrovli tus ola boshlaydi. Qadimshunoslar, san’atshunoslar janubiy vohaning hali qo‘l urilmagan osori atiqalarini qunt va sabot bilan tadqiq etishga kirishadilar. N.P. Stolyarova31, R.R. Abdurasulov, L.I. Rempel32, N.I. Krasheninnikova33, S.B. Lunina34 kabi tadqiqotchilar Qashqa vohasining kechmishi va qadim madaniyati haqida fanga sezilarli yangiliklar olib kirdilar.
Qashqadaryo vodiysi sharqiy qismi yodgorliklarini arxeologiya nuqtai nazaridan o‘rganish 1963 yilda, M.Ye. Masson tomonidan KATE – Kesh (Qashqadaryo) arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi tuzilgach, boshlandi. Shu ekspeditsiya yo‘li bilan Z. Usmonova tomonidan 1963 – 1965 yillarda o‘rta asrlar Shahrisabzi qal’a devorlari, shaharning Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixiy topografiyasi masalalari o‘rganildi35. Shuningdek, Kitob hududidagi antik shahar qazishmalari materiallari ham tadqiq etildi. Qo‘lga kiritilgan materiallar masalaga bir qancha tuzatishlar kiritdi: tadqiqotlar shahar maydoni kamida 40 ga, qal’a maydoni esa – 1 ga ga yaqin bo‘lganini ko‘rsatdi36. Topografiya, arxitektura va arxeologiya majmualari to‘g‘risidagi tasavvurlar kengaydi., antik davrdagi mayda haykaltaroshlik bo‘yicha mahalliy maktab xususiyatlari to‘g‘risidagi masala qo‘yildi37.
O‘tgan asrning 70 – yillarida Sharqiy Qashqadaryo va uning poytaxti Shahrisabzning so‘ngi o‘rta asrlar me’moriy yodgorliklariga bag‘ishlangan ikki asar chop etildi38. Shu yillarning o‘zida ilk o‘rta asrlar, shuningdek, rivojlangan o‘rta asrlar39 obidalari keng miqyosida qazib o‘rganildi, ulardagi ish natijalari maxsus tadqiqotda yakunlandi40.
XX asrning 70 – 80 yillarida N.I. Krasheninnikova rahbarligidagi arxeologiya otryadi Kitob tumanining shimolini tekshirdi. Shurobsoy daryosi bo‘ylab antik davrga oid mustahkamlanmagan manzilgohlar aniqlandi. Bu manzilgohlardan tashqarida kulollik ishlab chiqarish izlari ham saqlanib qolgandi41. Ilk temir – ilk antik davr manzilgohining topilishi katta voqea bo‘ldi. Qudratli mudofaa inshootiga ega bo‘lgan Uzunqir shahrini (70 ga) hamda unga yondosh Sangirtepa, Podayotoqtepa, shuningdek, qishloq tipidagi bir qator manzilgohlarni o‘rganish natijasida tadqiqotchilar vodiyning butun viloyatiga nom bergan qadimgi markazi – Nautaka ayni shu yerda, daryoning o‘rta oqimida joylashgan, degan xulosaga kelishdi42. Qazish ishlari bu manzilgohlar ellin davrining boshidayoq obod qilingan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bulardan shimolda, tog‘oldi hududlarida joylashgan, ilk temir davridayoq o‘zlashtirilgan va butun antik davr mobaynida obod qilib kelingan Makrid vohasidagi obidalar ham Sho‘robsoy vohasi ta’sir doirasiga kirgan43. Tirnasoyning yuqori oqimida, ilk o‘rta asrlar manzilgohi qatlamlari ostida Qashqadaryo vohasidan dehqonlar tomonidan dastlabki o‘zlashtirilgan davrga oid materiallar topildi44.
Shu paytning o‘zida Shahrisabz tumanida jez bolta va xanjar topildi, bu hol Keshda qadimgi dehqonlarning mil.avv. IV - III asrlardagi Anau va Sarazmda shahar vujudga kelishidan oldingi madaniyatiga monand madaniyati rivojlanganidan darak beradi.1972 yil S.K. Kabanov va X. Dukelar Chimqo‘rg‘onning janubiy qo‘rg‘onidagi Chiroqchitepa manzilgohida qazuv ishlarini olib borishdi45.
1976 – 1979 yillarda Toshkent Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi A.S. Sagdullaev rahbarligida tadqiqot ishlari Sharqiy Qashqadaryoda davom ettirilib, bu hududdan ilk temir davriga oid to‘qqizta manzilgoh – Daratepa, Qayrag‘ochtepa 1, Samantepa 3, To‘rtburchaktepa 1,2,3, Ko‘zatepa, Qo‘rg‘oncha, Beshqo‘tontepa manzilgohlari o‘rganildi46.
XX asrning 70 -80 yillarida Qashqadaryo sharqiy qismining arxeologik xaritasini tuzish bo‘yicha keng miqyosida olib borilgan ish jarayonida antik va o‘rta asrlar davri yodgorliklarini rayonlashtirish va tiplarga ajratish, shuningdek, dastlabki dehqonlar guruhlari kelgan davrdan boshlab mintaqa madaniyatining rivojlanishi masalalari ko‘rib chiqildi47. Sharqiy Qashqadaryodagi urbanizatsiya xususiyatlarining umumiy belgilari ajratib ko‘rsatildi48. O‘rta Osiyoning janubi va markazini Janubiy Sug‘d orqali bog‘lovchi hamda qadimgi davrlardan buyon mavjud bo‘lgan ko‘hna yo‘llar muammosi alohida qo‘yildi49. Vodiyning janubiy qismidagi qadimgi yo‘llar bilan manzilgohlarning joylashuvi xususiyatlari va topografiyasi, shuningdek, foydali qazilmalar manbalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatildi50.
70-yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ko‘lami g‘oyatda keng bo‘lib, u vohaning yuqori qismidagi Langar, Kitob, Yakkabog‘, Kesh hududlaridagi qadimiy yodgorliklarni keng qamrovli tekshirishga qaratilgan edi. Shu davrda qasrlar, qo‘rg‘onlar vayronalari qatorida alohida turar joylar o‘rinlari o‘rganildi. Qo‘rg‘onlar, qal’alar qazilar ekan, ularning mudofaa inshootlarini ko‘zdan kechirish ham unitilmaydi.
Respublika qadimshunoslari 80-yillarda ham Qashqadaryoga bo‘lgan qiziqishni susaytirmadilar. Bu o‘n yillikda S.B. Lunina o‘rta asrlar davri Sharqiy Qashqadaryoning shahar va qishloqlarini o‘rganish ishlari bilan shug‘ullanadi. Uning ishida Janubiy Sug‘dning urbanizatsiya muammolari, arxeologik manbalar orqali shahar turlari, ularning qishloq manzilgohlari bilan aloqalari o‘z aksini topgan51. N.P. Stolyarova, G.Ya. Dresvyanskaya, X. Duke, N.M. Yermolova, Z.I. Usmonova, N.I. Krasheninnikova, A.P. Pestryakov, T.R. Muhammadjonov, Ye.B. Pruger, E.V. Rtveladze, A.S. Sagdullaev, R.X. Sulaymonov va M. To‘rabekov kabi arxeologlar vohaning qadimiyatiga oid yangi qirralarni kashf etadilar. Shu yillarda tadqiqotchi G.Ya. Dresvyanskaya Janubiy Sug‘dning ilk temir davri madaniyati muammolarini o‘rganib, bir qator yodgorliklarda tadqiqotlar o‘tkazdi52.
Arxeologik izlanishlar Qashqadaryo vohasidagi qadimiy hayot izlarining shajarasi ibtidoiy zamonlarga borib taqalishini Naxshab, Qalandartepa, Zahoki Moron qal’asi, Bo‘rijarsoy, Uzunqir va boshqa obidalar misolida namoyon etdi. V


Yüklə 231,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə