Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari


-mavzu. Xiva xonligida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot (A2 1 soat; A2+ 2 soat)



Yüklə 53,64 Kb.
səhifə11/19
tarix24.03.2023
ölçüsü53,64 Kb.
#103106
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
dastur-ozbekiston-tarixi-8.docx

17-mavzu. Xiva xonligida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot (A2 1 soat; A2+ 2 soat).
Saroy unvonlari: harbiy ma’muriy va diniy amaldorlar. Xonlikning ma’muriy tuzilishi va ijtimoiy tizimi. Harbiy, sud va soliq tizimi. Xonlikning hududi va aholisi. Mamlakatning ma’muriy boshqaruv tizimi. Yer egaligi. Soliq va majburiyatlar. Shahar va shaharliklarning turmush tarzi. Vazir, Ko‘hna Urganch, Yangi Urganch va Xiva Xorazm poytaxtlari sifatida. Hunarmandchilik va chorvachilik. Ichki va tashqi savdo.
18-mavzu. Xiva xonligining tashqi siyosati (A2 1, A2+ 1 soat).
Xiva xonligining qo‘shni davlatlar – Buxoro, Eron, Usmonli va Rossiya davlatlari bilan munosabatlari. Rossiya va Angliyaning Xiva xoligiga uyushtirgan ekspeditsiyalari va uning maqsadlari.
19-mavzu. Xiva xonligida madaniy hayot (A2 1 soat; A2+ 2 soat).
Adabiyot va tarixnavislik. Ilm-fan. Madrasa ta’limi. Me’morchilik. Yevropa sayohatchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar.
20-mavzu. Xvi-xix asr birinchi yarmida qoraqalpoqlar (A2 1 soat; A2+ 2 soat.)
Qoraqalpoq urug‘larining joylashuvi. Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibida. Qoraqalpoqlarning xo‘jalik hayoti. xix asrning 20-40-yillarida qopaqalpoqlar va ularning ruslar bilan munosabati. Qoraqalpoqlarning o‘z mustaqilligi uchun kurashi. Savdo va hunarmandchilik. Chorvochilik va dehqonchilikning kuchayishi. Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi. Qoraqalpoqlarning Rossiya va Xiva bilan munosabatlari.
21-mavzu. Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot (A2 1, A2+ 1 soat).
Qoraqalpoqlar hayoti. Ilm-fan. Xalq turmushi. Shaharsozlik. Yozma adabiyot. Xalq og‘zaki ijodi, folklor.
Takrorlash (A2 1, A2+ 1 soat).
Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).


IV BOB. QO‘QON XONLIGI
(A2 9 soat; A2+ 11 soat).


22-mavzu. Qo‘qon xonligining tashkil topishi (A2 1 soat, A2+ 1 soat).
Ashtarxoniylar Ubaydullaxon davrida Farg‘onada mustaqil davlatning tuzilishi. Minglar sulolasining hokimiyatga kelishi. Shohruhbiy va uning vorislari davrida Qo‘qon xonligi hududi kengayishi.

Yüklə 53,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə