Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar solejon Toshev Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Annotatsiya


MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#85538
1   2   3   4   5   6
tarix-fanini-o-qitishnda-zamonaviy-yondashuvlar

 

MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY 

 

Solejon Toshev 

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region  

 

Abstract:

  History  as  an  independent  social  science,  which  has  its  place  in  all 

stages of  education, is  considered  important  in  educating  a harmoniously  developed 

generation.  This  article  discusses  how  to  organize  historical  education  more 

effectively by analyzing national and foreign literature. 

Keywords: 

effective  teaching,  history  teaching,  effective  history  teaching, 

historical empathy. 

 

Mustaqillik  yillarida  O'zbekiston  tarixini  xolisona  o'rganish,  o'zbek  xalqining 



qadimiy  va  boy  tarixiga  haqqoniy  baho  berish  ustuvor  vazifaga  aylandi.  O'zbek 

xalqining  hayoti  va  taqdiriga  keskin  burilish  yasagan  mustaqillik  soyasida  ilm-fan, 

xususan  milliy  o'zlik  va  ma'naviy  yuksalish  asosi  bo'lgan  tarix  fani  ham  o'ziga  xos 

rivojlandi.  O'zbekiston  tarixini  xolisona  yoritishda  O'zbekiston  Respublikasining 

Prezidenti  Sh.  M.  Mirziyoyevning  "Erkin  va  farovon,  demokratik  O'zbekiston 

davlatini  birgalikda  barpo  etamiz"  asarida  aytilganidek,  "...  jahondagi  ilg'or 

tajribalarni  chuqur  o'rganish  amalda  joriy  etishni  oldimizda  turgan  keng  ko'lamli 

vazifalarni  amalga  oshirishning  muhim  shartlaridan  biri,  deb  hisoblaymiz"  [1,  27]. 

Ma'naviyatning  ajralmas  tarkibiy  qismi  bo'lgan  tarix  fani  so'ngi  yillarda  ilk  bor 

o'zining qonuniy vazifasini bajarishga – xalqning o'zligini anglatishga xizmat qilishga 

kirishdi. "Tarixiy  xotira  tuyg'usi  to'laqonli  ravishda  tiklangan, xalq  bosib  o'tgan  yo'l 

o'zining  barcha  muvaffaqiyat  va  zafarlari,  yuqotish  va  qurbonlari,  quvonch  va 

iztiroblari  bilan  xolis  va  haqqoniy  o'rganilgan  taqdirdagina  chinakam  tarix  bo'ladi" 

"Science and Education" Scientific Journal

August 2020 / Volume 1 Special Issue

www.openscience.uz

6



[2,145].  Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o'rganish,  tahlil  etish  va  yoritishda  xolislik, 

haqqoniylik, adolatli yondashuv muhim hisoblanadi[3,121]. 

Tarix fanini samarali tashkil etish haqida fikr yuritishdan oldin “samarali ta’lim” 

tushunchasini mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikrlarini tahlil etgan holda o’rganib 

chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Samarali  o'qitish  -  bu  o'qituvchilarning  turli  xil  o'qitish  uslublarini  birlashtirib 

yoki  ularni  alohida  qo'llash  orqali  talabalarda  mustaqil  o'rganish  qobiliyati,  dars 

atmosferasini idrok etish, tushunish va va kerakli bilimlarni egallash darajasi yuqori 

bo'lgan ta'lim jarayoni hisoblanadi[4,108] .  

Shuningdek, samarali o'qitish bu o'z o'lchovlari bilan baholanishi kerak bo'lgan 

keng  tushunchadir.  Shuning  uchun  samarali  o'qitish,  ta'lim  sifatini  oshirish  uchun 

tashkil etilgan turli xil murakkab jarayonlar majmuasi hisoblanadi[5,401] . 

Samarali o'qitishning ikkita asosiy xususiyati mavjud. Bular: 

 



Talabalarni  turli  xil  faktlar,  ko'nikmalar,  qadriyatlar  va  tushunchalarni 

o'rganishlarini osonlashtirish; 

 

Sinfda  yagona  kursni  emas,  balki  turli  xil  o'qitish  strategiyalari,  usullar  va 



texnalogiyalarni  yakka  yoki  kombinatsiyalangan  holda  ishlatish  qobiliyatini 

o'qituvchilarda shakllantirish

Yana bir qarashga ko’ra, samarali ta’limni talabalarning muvaffaqiyat darajasini 

oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy o'qituvchilik malakasi sifatida tavsiflash mumkin. 

Bu fikrlar qurshovida aytish mumkinki, samarali ta’lim beruvchi o'qituvchi o'z kasbi 

va sohasini bilgan va sevgan, bilimli, g'ayratli, fidoyi, tartibli va kirishuvchan, tez va 

to’g’ri qarorlar qabul qilish qobiliyatiga sohib, adolatli va shu bilan birga talabalarga 

bilimni  targ'ib  qilaoluvchi  va  ularning  tinchligi  va  kelajagiga  qiziqadigan  shaxs 

sifatida belgilanadi[6,14]. 

"Ta'lim" keng ma'noda oldingi avlodlar tomonidan tashkil etilgan katta ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  bo'lgan  tajribalarni  doimiy  ravishda  keyingi  avlodlarga  yetkazishga 

yo'naltirilgan umumiy jarayon, tor ma'noda esa, ijtimoiy institut, jamiyatning ijtimoiy 

quyi tuzilmalaridan biridir. 

"Sifat"  esa  falsafiy  termin  sifatida  ob'ekt  yoki  predmetning  barcha  muhim 

xususiyatlari  yig'indisidir.  "Ta'lim"  va  "sifat"  tushunchalarining  mohiyatini 

uyg'unlashtiradigan  bo'lsak,  ta'lim  sifati,  bu  uning  xususiyatlari  yaxlitligi,  ta'lim 

oluvchi  o'qishi  va  shaxsiy  rivojlanishi  uchun  xizmat  qiladigan  eng  qulay  usullar 

birikuvidan iborat jarayondir[7,5].  

Taʼlim  sifati  -  bu  butun  taʼlim  tizimi  tarkibiy  qismlarining  sifat  vazifalari, 

murakkab  rivojlanish  kuchi(dinamika)ga  ega  boʼlgan  jarayon  boʼlib,  bu  taʼlim 

muassasalari faoliyatidagi oʼzgarishlar, yaʼni ularning ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik 

va  siyosiy  muhitining  oʼzgarishi  bilan  izohlanadi[8,181].  Аyni  vaqtda  zamonaviy 

"Science and Education" Scientific Journal

August 2020 / Volume 1 Special Issue

www.openscience.uz

7



taʼlim sifati innovatsion rivojlanish natijalaridan biri emas, balki uni amalga oshirish 

uchun zarur boʼlgan shartlardan biridir[9, 4]

 



Ushbu tadqiqot sohasi bo'lgan tarix tushunchasi ilmiy soha va fan sifatida vaqt 



o'tishi bilan odamlar tomonidan qilingan harakatlar va faoliyatlarni o'rganish jarayoni 

hisoblanadi.  Biroq,  tarixiy  jarayonda  sodir  bo'lgan  barcha  narsalarni  o'rganish  va 

ochib  berish  imkonsizdir.  Chunki,  tarixning  pozitiv  nuqtai  nazarida  aytilganidek, 

tarixiy ma'lumot sifatida qabul qilinishi mumkin bo'lgan har qanday da'vo dalillarga, 

ayniqsa yozma dalillarga asoslanishi kerak. Shuning uchun tarixni o'tmish voqealari 

va  dalillari  haqida  yozilgan  axborot  deb  ta'riflash  mumkin.  J.  Slater  bu  fikrni 

quyidagicha  ifodalaydi:  “……mohiyatan  tarix  o'tmishni  o'rganish  va  bizning 

bilimlarimiz va fikrlarimizni bir vaqtning o'zida tasdiqlash usulidir” [10, 8]. 

Tarix tushunchasining g'arbdagi muqobili bo'lgan "history" qadimgi yunon tiliga 

tegishli  bo'lib,  "izlanish"  yoki  haqiqatni  tadqiq  qilish  ma'nosini  anglatadi.  Bir  fan 

sifatida  tarix  insoniyat  tarixini  o'zining  noyob  metodologiyasi  orqali  o'rganadi. 

Tarixiy  metodologiya,  tadqiqot  sohasini,  muammoni  yoki  mavzuni  aniqlash,  ushbu 

mavzu  yoki  muammoga  tegishli  gipotezalarni  ishlab  chiqish,  olingan  dalillar  va 

manbalardan  ma'lumot  to'plash,  ushbu  ma'lumotlarni  tahlil  va  tanqid  qilish,  mavzu 

bo'yicha  boshqa  izlanishlarni  ko'rib  chiqish  va  mavzuni  tushunish,  shuningdek 

mantiqiy  asosda  izohlangan  tadqiqotni  ochib  berishdan  iboratdir.  Shunga  asoslanib, 

tarixchining  roli  sifatida  o’zining  mustaqil  ilmiy  rivojlanishi  jarayonida  o'tmishni 

o'rganish,  mavzuni  aniq,  real  va  to'liq  tushunchalarini  yoki  tasvirlarini  yaratish  va 

barcha bu bosqichlar haqida fikrlash kabilar belgilanadi. 

An'anaviy  tarix  darslarini  tashkil  etishda  talabalarga  ma'lumot  uzatish  jarayoni 

odatda  darslik  yoki  boshqa  ikkilamchi  tayyor  manbalarini  o'qish  orqali  amalga 

oshiriladi. Bu  jarayon  talim  oluvchiga  tayyor  ma’lumotlarni  eslab qolish  va  axborot 

sifatida qabul qilish ko’nikmasini hosil qiladi xolos. Noan’anaviy interfaol, samarali 

tarix  darslarida  esa  o'tmish  haqida  ishonchli  ta'riflar  va  tushuntirishlarga  erishish 

uchun  yuqorida  aytib  o'tilgan  ko'nikmalar  va  tarix  o’qitish  metodikasidan 

foydalanishga  urg’u  beriladi.  Chunki  tarix  darslarida  va  tarixni  tadqiq  qilishda 

qo'llaniladigan  pedagogik  va  tarixiy  tadqiqot  usullari  o'quvchilarga  o'tmishni 

tushunishda  turli  xil  foydali  qulayliklar  berishi  mumkin.  Manbalarni  o'rganish  va 

yozma dalillarni aniqlash, manbani yoki berilgan dalillarni tayyorlagan shaxs(lar)ning 

shaxsiy  fikrlarini  aniqlash  va  yozma  yoki  boshqa  manbalarda  keltirilgan  fikrlarning 

asl  ma'nosini  o'rganish  jarayoni  tarix  o'qitishning  yana  bir  jihatlaridir.  Bu  tarixiy 

haqiqatni qanday o'rganish mumkinligini o'rgatish demakdir.  

Samarali tarix o’qitish o’quvchilarga tayyor tarixiy xulosa qilingan ma’lumotlar 

bilan  birga  manba  va  dalilarni  taqdim  etishni  talab  etadi.  O’quvchi  ma’lum  tarixiy 

manbalarni  (xoh  yozma,  xoh  og’zaki  bo’lsin)  tahlil  etgan  holda  tarixiy  bilim  va 

tasavvur  hosil  qilishi  pedagogik  nuqtai  nazarda  g’oyat  samaralidir.  Zotan,  tarix 

"Science and Education" Scientific Journal

August 2020 / Volume 1 Special Issue

www.openscience.uz

8



darslarida  ta’lim  oluvchining  xotirasini  rag’batlantiruvchi  usullardan  ko’ra,  uning 

mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan usullardan foydalanish foydali hisoblanadi. 

Tarixiy  bilimlarni  tushunish  va  o'tmishni  anglash  uchun  dalillarni  o’rganish  va 

ko’zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi elementlar nafaqat ular 

haqida  balki,  o'tmish  voqealari,  bugungi  kunda  ma'lum  bo'lgan  tajrabilar  majmuasi 

hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur jarayonlaridan foydalangan holda tarixni 

o'qitish  amaliyotlari  ko'plab  tarixiy  muammolar  va  mavzularni  tushunishda  muhim 

hissa qo'shishini ta'kidlaydilar.  

Bugunig  zamonaviy  ta'lim  holati  ta'lim  tushunchasini  qayta  ko'rib  chiqish  va 

aniqlashtirishni, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning toifalari va tamoyillarini tahlil 

qilish  jarayoniga  kirishni  talab  qiladi.  Pedagogik  ongning  yangi  modeli  asta-sekin 

o'qituvchining  ta’lim  oluvchiga  bevosita  ta'sir  etish  amaliyotidan  voz  kechadi  va 

ta’lim oluvchining o'z rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlash uchun barcha pedagogik 

makonning  tuzilishini  yanada  samarali  tashkil  etishga  imkon  beradi.  Shunday  qilib, 

har bir o'qituvchi o'z darslarini qiziqarli va mazmunli bo'lishga intiladi, bu esa ta’lim 

oluvchininglarning  mavzuga  bo'lgan  qiziqishini  oshiradi.  Xususan,  tarix  darslarida 

faktlarni  assimilyatsiya  qilish  emas,  balki  turli  davrlarning  qadriyatlarini 

rivojlantirish, o'tmish odamining o'rniga o'zini qo'yish, uning fikrlarini, harakatlarini 

tushunish  qobiliyati  orqali  shaxsni  rivojlantirishga  alohida  e'tibor  qaratiladi. 

Bularning barchasi tarixiy




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə