Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar solejon Toshev Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Annotatsiya



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix16.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#85538
1   2   3   4   5   6
tarix-fanini-o-qitishnda-zamonaviy-yondashuvlar

 

empatiya


 

yordamida amalga oshirilishi mumkin.  

Empatiya yunoncha

 - 

"ehtiros", "azob", "tuyg'u",boshqa odamning hozirgi hissiy 

holati  bilan  ongli  hamdardlik  ma’nosini  bildiradi.  Tarixiy  empatiya  esa  tarixiy 

hodisalar va tarixiy shaxslar hayotini o’zida his etish demakdir. 

Tarixiy  empatiyani  shakllantirish  usullaridan  biri  tarixiy  hodisalarni  hikoyasi 

hisoblanadi.  Rus  tadqiqotchilari  asarlarida  hikoya  usulidan  darslarida  samarali 

foydalanish 

haqida 


so'z 

boradi. 


Ular 

orasida 


P.V.Goran, 

A.A.Vagin, 

P.S.Leibengrublar  alohida  qayd  etiladi.  Hikoya  orqali  bolalarda  empatiya 

shakllanishiga  hissa  qo'shish  uchun  A.A.Vagin  tomonidan  aytilganidrek  turli  xil 

maxsus  vositalardan  foydalanish  talab  etiladi.  Tarixiy  hodisalarni  jonlantirish  orqali 

tarixiy  mavzu  yanada  ishonchli  bo'lishiga  erishiladi  va  o'rganilayotgan  tarixiy 

hodisalarning o'ziga xosligini yaxshiroq ochib berishga imkon beradi [11,431].

  

Tarix  darslarida  badiiy  adabiyot  namunalaridan  foydalanish  ham  tarixiy 



haqiqatni  aniqlashtirishga,  o'tmishning  yorqin  tasvirlarini  yaratishga  yordam  beradi. 

Bundan  tashqari,  tarixiy  voqealarni  hikoya  qilishda  turli  xil  namoyishlarni  qo'llash 

samrali  hisoblanadi.  Misol  uchun,  moddiy  madaniyat  obektlarining  tasviriy 

ko'rinishlari,  o'qitishning  texnik(audio-vizual)  vositalari  shular  jumlasidandir. 

Bularning  barchasi  o'quvchilarga  tarixiy  davrning  muhitini  tasavvur  qilish,  o’zini 

o’tmishda  tarixiy  hodisalar  ichida  his  qilish  tuyg'usini  boshdan  kechirish  imkonini 

beradi. 

"Science and Education" Scientific Journal

August 2020 / Volume 1 Special Issue

www.openscience.uz

9



Tarixiy  empatiya  shakllanishining  yana  bir  usuli,  bu  shaxsiyatdir.  Ta’lim 

oluvchining qalbida taqdirlar, harakatlar, hayot sharoitlari, tarixiy shaxsning faoliyati 

haqida tasavvur taixiy shaxsning holati va faoliyatini ijtimoiy hayotdagi odatiy hodisa 

sifatida tushunishga imkon beradi [12, 240]. 

Tarixiy empatiya shakllantirish quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi: 

 



Xayoliy  sayohat.

  Tarix  darsi  jarayonida  o'tmish  kishisini  ko'rishimiz  mumkin 

bo'lgan  narsani  tasvirlash  talab  etiladi.  Misol  uchun:  "Men  XVIII  asrdagi  Qo’qon 

xonligiga  boraman  va...",  "….keling,  feodal  qal'asiga  kiraylik..."  singari  kirish 

so’zlari yordamida ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan tarixiy davrga boshlab  borish 

va  tarixiy  sayohat  uyushtirish  tarixiy  empatiya  shakllantirish  usullaridan  biri 

hisoblanadi.  Bunday  vazifalarning  ijobiy  tomoni  shundaki,  ta’lim  oluvchilar  tarixiy 

tafsilotlarga e'tibor berishadi . 

 

Xayoliy  intervyu



.  Bir  talaba  tarixiy  shaxsga  aylanadi,  qolgan ta’lim  oluvchilar 

unga savollar beradi. Beriladigan savollar tarixiy qahramon hayoti va faoliyatiga oid 

bo’lishi  talab  etiladi.  Ushbu  turdagi  topshiriq  oldingi  vazifani  bajarishga  qodir 

bo'lgan dars ishtirokchilarini yaxshi tayyorgarligini talab qiladi. 

 

Tugallanmagan  jumla  usuli



 

–  Tarixiy  shaxsdan,  masalan,  Sohibqiron  Amir 

Temurga tegishli bo'lgan iborani davom ettirish so’raladi.("Biz kim mulki Turon..."). 

Shunday  qilib  har  qanday  tarixiy  voqeyalarning  tugashini  taxmin  qilish  tajribasini 

amalga oshirish taklif qilinadi. 

 



Tarixiy  tanlov

 

-  "…siz  qanday  qilardingiz  ",  "  ….kimni  yoqlardingiz  ?",  "Siz 

qaysi  toifa  tarafidasiz?”,  va  b.».  Mazkur  savollar  asosida  ta’lim  oluvchi  tarixiy 

hodisalarni  o’zida  his  qilgan  holda  tarixiy  shaxslar  o’rnida  qaror  qabul  qilish  va 

tarafni  belgilashi  mumkin  bo’ladi.  Chet  ellik  metodistlar  dars  jarayonida  quyidagi 

vazifalardan  foydalanishni  taklif  qilishadi:  "Agar  siz  15  yoshli  Shoh  Richard  III 

bo'lsangiz, dehqonlarning qo'zg'olonlarida isyonchilar bilan kurashayotganda nimani 

his qilasiz? Ularning talablariga rozi bo'larmidingiz?" Ushbu vazifani bajarayotganda 

talabalar nafaqat tarixiy materiallarni bilishlarini, balki mavjud bilimlarni tahlil qilish 

orqali ham muammo bo'yicha o'z nuqtai nazarini taqdim etishlari kerak bo’ladi. 

 

Qayta  tiklangan  rasm



 

-  tarixiy  rasmlarning  monologlari  yoki  suhbatlari  bilan 

tanishish.  Ushbu  turdagi  topshiriqni  bajarayotganda  talabalar  tarixiy  bilimlarni 

namoyish qilishlari kerakligini aniq tasavvur qilishlari talab etiladi, shuning uchun bu 

vazifa  nafaqat  darslik  asosida,  balki  qo'shimcha  adabiyotlarni  jalb  qilish  bilan  ham 

amalga oshirilishi mumkin. 



Birinchi  shaxsdan  olingan  kompozitsiya

 

-  turli  janrlardan  foydalangan  holda 

bitiklar,  xotiralar,  kundalik  yozuvlariga  asosan  guvoh  yoki  ishtirokchi  nomidan 

o'tmish voqealari haqida hikoya qilinadi.  

Tarix  o’qitish  va  tarixiy  tadqiqot  jarayonida  ta’lim  ishtirokchilari  va 

tadqiqotchilar  oldida  tarixiy  atamalar  va  tushunchalarni  tushunish,  izohlash  va 

"Science and Education" Scientific Journal

August 2020 / Volume 1 Special Issue

www.openscience.uz

10



ulardan  foydalanish  kabi  til  bilan  bog’liq  muhim  vazifa  turadi.  Ingliz  tadqiqotchisi 

Graham  Swift  in  Husbands  fikriga  ko’ra  o’tmish  haqida  turli  yo’llar  bilan 

tushunchalarga ega bo’lish, tarixiy shaxslarninig qarashlari, e’tiqod va faoliyatlarini 

izohlash  va  tarixchilar  tomonidan  tarixiy  jarayonlarni  ifodalashlari  uchun 

qo’llaniladigan,  tarixiy  ifoda  va  tushunchalarni  o’zida  jamlagan  maxsus  til  “tarixiy 

til” deb nomanadi [13,16] . 

Tarix o’qituvchisining o’ziga xos vazifasi tarixiy tushunchalarni o’rgatish bilan 

birga  uni  kelajakga  yetkzishni  ta’minlashdir.  Tarixni  o'qitish  samaradorligini 

ta'minlash  uchun,  tarix  o'qituvchisidan  ma'lum  bilim  darajasi  va  ba'zi  o'qituvchilik 

qobiliyatlariga  ega  bo’lishi,  tarixiy  voqealarni,  faktlarni,  odamlarni,  jarayonlarni  va 

o'ziga xoslikni tushunish va tushuntirish uchun transformatsiya, sharhlash, baholash, 

tahlil va sintez qobiliyatlari va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.  

Tarix o’qitish jarayonida boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligidan kelib 

chiqib  materiallar  tayyorlash,  masalan  geografiya,  fuqarolik  bilimlari,  diniy 

madaniyat  va  axloqshunoslik  fanlaridagi  ma’lumotlardan  foydalanish  talabalarga 

nafaqat  mavzularni  yaxshiroq  o'rganishga  yordam  beradi,  balki  umuman  ijtimoiy 

voqeliklarni idrok etish va real hayotni tushunish imkoniyatini beradi.  

Dars  jarayonida  tarixiy  materiallar  va  manbalardan  (tarixiy  hujjatlar,  tarixiy 

ashyolar, rasmlar, xaritalar) foydalanish juda muhim va foydalidir.  Bundan tashqari, 

tarix  darslarida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  va  internetdan  foydalanish 

o'quvchilarning  aqliy  rivojlanishiga  hissa  qo'shibgina  qolmay,  ularning  tarixiy 

tafakkur va o'rganish darajalarini oshiradi.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə