Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ahamiyati



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə112/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ahamiyati

Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar an’anaga binoan arab tilida nomlanar, ularda ham islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanar edi. Xatto yozuv yoki xat turi arab alifbosida bo’lib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini hisobga olgan holda yigirma sakkiz arab harfiga to’rt harf qo’shildi va natijada arab yozuviga asoslangan fors va turkiy til yozuvi vujudga keldi.

XIV asrgacha asosan arab yozuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls iste’mol etilgan bo’lsa, XV asrdan boshlab yangi yozuv nasta’liq Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, iste’molga kiritildi bu yozuv badiiy va tarixiy asarlarda yetakchi o’rin egalladi.

Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Qur’oni karim” oyatlari, “Hadisi sharif”lar an’anaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls yozuvlarida barcha harakatlari ko’rsatilgan holda ajratilib bitilar va so’ngra ularga forsiy yoki turkiy tilda izoh, tafsir keltirilar edi.

Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi kitobat san’atining Movarounnahr va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga to’g’ri keldi.

Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli qog’ozga bitilar, kitob turli ajoyib naqshlar va mo’‘jaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va ayonlar uchun yaratilgan mo’‘tabar qo’lyozmalar oltin va kumush suvlari, turli bo’yoqlar bilan bezatilib, kitobat san’atining shoh asarlari darajasida yaratilib, yuksak san’at namunalariga aylantirilar edi.

An’anaviy tarixiy asarlar, ya’ni ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalqlar tarixini o’z ichiga qamrab oluvchi mahobatli kitoblar o’rnini asta-sekin alohida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar paydo bo’lib, ularning o’rnini egallay boshladi.

Eng qadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bo’lsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muhammad Mirxond, Ғiyosiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. So’nggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ahmad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatila ko’rsatish mumkin.

Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn orasida, voqealar bayoni davomida she’riy lavhalarning keltirilishidir. Bu she’riy lavhalar tarixchining o’z asari bo’lishi mumkin va u boshqalarning she’riy asarlaridan ham bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-she’riy lavhalarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda ko’p ishlatilishidir.

Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda o’xshatish, mubolag’alar ko’p ishlatilib, bayon uslubi o’ta jimjimador bo’lishi mumkin. Mana shunday asarlar to’g’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda ko’zlangan maqsadlar o’rtada yo’qolib ketadi, agar so’z qoida-qonunidan nasibador bo’lganlardan birontasi ma’nini fahmlab qolsa qolar, ammo qolgan o’ntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bo’lmaydi.”31

Yurtimiz hududida fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda ham arabiy, ham turkiy, ayrim hollarda mo’g’ul tili elementlari, so’zlar, iboralar, atamalar va hujjatlar uchrashi va mavjud bo’lishi biz uchun bir tabiiy holdir. Chunki o’tmishda xalqimiz ziyolilari va namoyondalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy hol edi.

Ushbu qo’llanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni to’la qamrab olishni maqsad qilib qo’ymay, ularning ichidan eng muhimlarni namuna sifatida tanlab olib, ular to’g’risida ixcham, qisqa ma’lumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu bilimlarni talabalar o’zlari mustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz, keltirilgan ushbu ma’lumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasavvurni shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir.





Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə