Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to’g’risida manbalar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə121/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to’g’risida manbalar

Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy ahvoli, xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon yo’li haqida keng ma’lumot jamlaganlar.

Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin – Boris Andreevich Pazuxin 1667-1673 yillari stolnik mansabida davlat xizmatida bo’lgan va inisi Semyon Ivanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillari Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. Oradan sakkiz o’tgach, 1679 yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. O’’lda isyonchi rus kazaklarining hujumiga duchor bo’lgan va olishuv paytida o’ldirilgan.

Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo’lgan) Buxoroga O’yiq-qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orqali qaytishgan.

Elchilar Buxoro va Xivada hammasi bo’lib ikki yarim yil turganlar.

Podshoh va elchilik mahkamasi tarafidan berilgan hujjatlardan ma’lum bo’lishicha, Aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan;

1)har ikki davlat; rossiya va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi do’stlik va savdo aloqalarini mustahkamlash. Podshoh Aleksey Maxaylovich (1645-1676 yy.)ning Buxoro xoni Abdulazizxon (1645-1680 yy.) nomiga yo’llagan maktubida o’qiymiz; «...biz ota-bobolarimizning (ishlarini) o’zaro do’stlik va izzat-hurmatda bo’lish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish haqidagi ko’rsatmalarini esda tutib, sizning savdogarlaringizga bizning mamlakatimizga, bizning savdogarlarimiz Sizning mamlakatiningizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik.»

2)Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod qilishga harakat qilish. Elchilik mahkamasi (Posolskiy prikaz) bergan yo’riqnoma (Nakaz)da bunday deyiladi; «Buxoro, Balx va Urganchga qarashli yerlarda saqlanayotgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni ham aytish kerakki, elchilikka «Podshoh oliy hazratlariga tegishli kishilarni, aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» alohida e’tibor berish topshirildi.

3) O’rta Osiyo xonliklarining ichki va xalqaro ahvolini, ulardan qaysilariga suyanish mumlinligini aniqlash. Xususan, Elchilik mahkamasining yo’riqnomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor; «(xonliklardan) qaysinisi kuchliroq va ishonchliroq bo’lsa, o’shanisi bilan aloqa o’rnagish lozim. Boris va uning hamrohlari Buxoro, Balx va Urganchda bo’lganlarida ularning xonlari hozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shohlari va Gruziya bilan qanday munosabatda ekanligini, kimlar bilan aloqasi yo’qligini, shu kundarda Xorazm taxtida kim o’tirganini har qanday yo’l bilan aniqdasinlar; Buxoro, Balx va Urganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni ham aniqlasinlar».

Moskva hukumati aka-uka Pazuxinlarga ham Buxorodan Hindistonga olib boradigan qulay yo’lni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani bajarish uchun tarjimonlar Nikita Medvedev va Semyon Izmaylovlarni Balxga jo’natdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar huzuriga qaytib keldi va Balxdan Hindiston poytaxti Shohjahonobodga olib boradigan yo’l haqida ma’lumot keltirdi. U bunday deb yozgan; «Hindistonga olib boradigan yo’l Balxdan aholi yashab turgan qishloqlar oraqali o’tadi. O’’lda hech qanday odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar yo’q». Tarjimon Shohjahonobodga yo’l Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali o’tishini aytgan. Yana u yozgan; «Xinjon bilan Parvon oralig’ida Hind tog’lari (Hindikush) yotadi. To’g’ri yo’ldan, tog’ orqali borilganda masofa olti kunlik, tog’ni aylanib borilganda –to’rt haftalik yo’l». Ikkinchi tarjimon Semyon Izmaylov Kobulda qolgan edi.

Aka-uka Pazuxinlarning ma’lumotnomasida O’rta Osiyo xonliklarining iqtisodiy ahvoli haqida quyidagilar keltiriladi. Zaminining boyligiga qaramay, g’alla kam yetishtirilishi va shu sababdan g’alla tanqisligi mavjudligi aytiladi; «Buxoro, Balx va Xivada g’alla kam ekiladi. Ғallasi yil sayin kamayib borayotir». Shuning bilan bir qatorda, xonliklarda pilla yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgani va ipakni hatto Turkiya orqali Germaniyaga olib borib sotilayotganini ma’lum qiladi. Chunki, elchilikka Osiyo ipagi savdosini Rossiyaga burib yuborish xususida maxsus topshiriq berilgan edi. Xususan, «O’’riqnoma»da bu to’g’risida «Buxoro va boshqa shaharlarida xom ipak yetishtiriladi. Uni Eron va Turkiya orqali Gkrmaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib bormaydilar». Shu sababdan aka-uka Pzuxinlarga xom ipak ishlab chiqaruvchilar va bu maxsulot bilan savdo qiluvchilarni qanday bo’lmasin, «maxsulotni Astraxan va Moskvaga olib borishga ko’ndirsin», deyilgan.

Xonliklardagi iqtisodiy ahvol xususida berilgan axborotlar ichida mana bu ma’lumot ham o’ta muhimdir; «Xonning xazinasi g’arib, chunki hamma qishloqlardan undiriladigan xiroj harbiylar va mansabdorlarga maoshi uchun (tanho) taqsimlab berilgan». Boshqa so’z bilan aytganda, soliqlardan keladigan daromad kamayib ketgan.

Aka-uka Pazuxinlar O’rta Osiyo xonliklaridagi mavjud harbiy-siyosiy ahvol haqida ham muhim ma’lumotlarni to’plaganlar. Elchilik mahkamasiga (Posllskiy prikazga) berilgan axborotdan ma’lum bo’lishicha, Buxoro bilan Balx xonlari o’rtasidagi ziddiyatlar nihoyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 yili Balx xoni Subhonqulixon Buxoroga itoat etmay qo’ygan va mamlakatning mustaqilligini e’lon qilgan edi. Natijada ikki o’rtada urush xavfi tug’ildi. Subhonqulixon daryoning so’l qirg’og’ida katta qo’shin to’pladi. Abdulazizixon ham shunday qildi. Amurdaryoning o’ng sohiliga qo’shin yubordi va xon o’rdasini Buxorodan Qarshiga ko’chirtirdi. Balx xoniga qarshi Xiva xoni bilan ittifoq tuzdi. Anushaxon (taxm.1663-1687 yy.) 1670 yili katta qo’shin bilan Balx ostonasida paydo bo’ldi va Balxga qarashli barcha qishloqlarni talon-taroj qildi. O’shanda Abdulazizxon ham, Subhonqulixon ham qo’shin bilan daryo yoqasida bir yarim yildan ortiq turdilar, lekin daryodan o’tishga botina olmadilar.

Axborotda (Stateynыy spisok) O’rta Osiyo xonliklarining, xususan, Buxoro xonligining, ma’muriy va davlat tuzilishi haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlar keltirilgan. Unda, xususan, yuqori mansabda turgan amaldorlar, masalan otaliq, devonbegi, mehtar, parvonachi, dodxoh, yasovul, bakovul, to’pchiboshi, dorug’a va ularning vazifalari va mavqei haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, dorug’a bilan mehtarga elchilarni zarur oziq-ovqat, ot-ulov, yem-xashak bilan taxminlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi «otaliqdan keyin turgan va elchilarni, ular o’zi bilan olib kelgan maktublar (va sovg’a-salomlarni) qabul qilgan», «to’pchiboshilar esa zambaraklar va piyoda askarlarga boshchilik qilgan».

Axborotnomada o’zbek xonlari saroymda amalda bo’lgan qabul marosimlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bueday dkymladi; «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning hamrohlarini Malaybek (to’pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning hamrohlari (to’pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podshoh qasriga yetganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshoh qasriga otliq kirish man’ etilgan. Borisning o’ng tarafiga Buxoroning atoqli zotlari, xon avlodidan bo’lgan xoda va xonning yaqin mulozimlari, chap tarafda, katta amir (boyarin) xonning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortiq kishi joy oldilar...Abdulazizixonning o’ng tarafidan xojalar, ruhoniylar va ulamolar o’rin oldilar. Xonning oldiga uning qilichi, o’q-yoyi va qalqoni qo’yilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va qilich ko’targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq yasovul (va qo’riqchilar) tik turar edilar...»

Aka-uka Pazuxinlarga berilgan yana bir muhim topshiriq -O’rta Osiyo xonliklarida tutqinlikda bo’lgan rus asirlarini aniqlash va ularni ozod qilishdan iborat edi. Pazuxinlar ba masalada ham ba’zi ishlarni amalga oshirdilar, xususan Buxoro, Balx va Xiva xonlarining shaxsiy xo’jaliklarida 3000 dan ortiq rus asiri mehnat qilayotganini aniqladilar. Shundan 22 nafarini 685 so’m oltin hisobida to’lab ozod qilishga muvaffaq bo’ldilar.

Axborotnomada ko’rsatilishicha, Pazuxinlar badavlat kishilarning qo’lidagi rus asirlari sonini aniqlay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar mahkamasiga (posolmkiy prikazga) taqdim qilgan «Xabarnoma»da xususan mana bularni o’qiymiz; «Buxorolik mansabdorlar qo’lida, shaharda va uluslarda ularni aniqlash mumkin bo’lmadi. Qishloqlardan kelib turgan odamlarning so’zlariga qaraganda, ular ko’p.» Qulga aylantirilgan rus asirlari asli Qozon, Ufa, Simbir uezdidan va Volga bo’yi qishloqlaridan bo’lganlar va boshqirda hamda qalmoq bosqinchilari ularni tutib Astraxanga olib borib xivaliklarga pullab turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu guvohliklari ham diqqatga molikdir; («boshqird va qalmoq bosqinchilaridan» ularni) xivaliklar sotib olar ekanlar. Ular maxsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga), qalmoq va boshqird uluslariga borar, ba’zi hollarda u yerlarda rus asirlarini kutib ancha vaqt turib qolardilar. So’ng rus asirlarini olib o’z yurtlariga haydab borardilar. Boris va uning hamrohlari Xivaga borayotganlarida qalmoq udusidan rus asirlarini haydab kelayotgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga haydab kelinayotgan) asirlarning soni 200, balki undan ortiqroq edi. Ularning har birini 40 yoki undan sal ortiqroq so’mga sotib olardilar. Ularning ko’pchiligini Eron va Hindistonga olib borib sotar edilar».


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə