Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Sho’ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə132/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Sho’ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda.

Tarix fani mustabidchilik davrida O’zbekistonning sovet davrini (1917-1991 yillar), respublikamiz davlat mustaqilligini qo’lga kirutgunga qadar bo’lgan tarixini o’rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Turixchi olimlarning sa’y-harakatlari bilan, o’sha davr nuqtai nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar to’plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq bu asarlar jamiyatshunoslikda hukmron bo’lgan markscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy printsiplari negizida yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon ko’p jihatdan bir tomonlama, noxolis, tarixiy dalil va voqealar ataylab buzib ko’rsatildi, kommunistik mafkuraga xos xulosalar qilindi.

Binbarin, chop etilgan ana shu ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar kontseptual tuzilishi, oldiga qo’ygan vazifasi, uslubiy jihatlar xilma-xilligiga yo’l qo’yilmaganligini, yagona siyosiy mafkura qolipida yozilganligini e’tiborga olib, sovet davri tarixiy adabiyotlarining har biriga alohida berishni lozim ko’rmadik. Shuningdek, 73 yillik sovet tuzumi davrida sotsializmni ulug’lab yozilgan tarixiy adabiyotlarning son-sanog’i yo’qligini inobatga olib, mavzuga oid adabiyotlar ro’yxatini berishni ham maqsadga muvofiq emas deb hisobladik.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə