Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Prezident I.A.Karimov asarlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə137/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Prezident I.A.Karimov asarlari.

O’zbekiston mustaqil bo’lgach, taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning doklad va nutqlarida, monografik asarlarida aks etgan. Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros, shu maqsad ajdodlar orqali ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda. Prezident I.Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida, - «O’zbek millati azaldan o’z fikri zikri, o’z istiqloli uchun kurashib yashagan». Bunga moziy guvox. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, maslagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shar bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz,-deganda ana shu holatni nazarda tutadi. Xalqimizning uzoq tarixi u o’z o’tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik beradi.

I.A.Karimov asarlarida ko’p asrlik tariximizdagi eng yirik tarixiy shaxslar Imom al-Buxoriy, Axmad al-Farg’oniy, Axmad Yassaviy, Jaloliddin Mangu Berdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk ajdodlarimizning jaxon madaniyatiga qo’shgan xissasi, hamda mustaqil respublikamiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari o’z aksini topgan. Bundan tashqari Prezident davlat raxbari sifatida respublikamizning xalqaro miqyosida olib borayotgan siyosatini aniqlaydi. Mana shuning uchun ham O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlari xalqimiz tarixini o’rganishda metodologik qo’llanma sifatida, zamonaviy jarayonlarni o’rganishda muщim manba bo’lib xizmat qiladi.

Eng muhim asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o’nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib chet ellarda bir necha bor nashr qilingan. Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 13 jildlik to’plami nashr qilingan.




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə