Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə15/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish

bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.

Seminar mashg’ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:


  1. Manbashunoslik fanining maqsadi, vazifalari, ahamiyati.


  2. Manbalarni turkumlash.


  3. Manbalarni o’rganish: aniqlash, tiklash, tahlil qilish.


  4. O’rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o’rta asr yozma manbalari (arab yozuvigacha).


  5. Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar).


  6. Sharq qo’lyozmalari xazinalari.


  7. O’rta Osiyoning IX-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar.


  8. O’rta Osiyoning XVI-XIX asrlar tarixiga oid yozma manbalar.


  9. O’rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma manbalar.


  10. O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar.


  11. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar. Tarixiy manbalarni to’plash va saqlash.


  12. Qadimgi davrlarda O’rta Osiyoda tarixiy bilimlar.


  13. O’rta asrlar O’rta Osiyo tarixshunosligi


  14. Yangi davrda O’rta Osiyoda tarixiy bilimlarning rivojlanishi


  15. V.V.Bartoldning O’rta Osiyo tarixiga oid ilmiy merosi


  16. I.M.Muminov, Ya.Ғ.Ғulomovning ilmiy merosi


  17. B.A.Ahmedov va S.P.Tolstovning ilmiy merosi


  18. O’rta Osiyo tarixining mustamlakachilik davri masalasi borasidagi ilmiy munozaralar (XX asrning 50-60 yillarida)


  19. Uzbekistonda tarix fani tarixshunosligi (XX asrning 60-80 yillarida)


  20. XX asrning 80-90 yillarida tarixchilar o’rtasidagi ilmiy munozaralar


  21. Mustaqillik davrida O’zbekiston tarixini o’rganishga yangicha yondashishlar


Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə