Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə77/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Manbalar turlari

Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruhga bo’lish mumkin.



Moddiy (ashyoviy) manbalar

Ma’lumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q.

Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning ma’lumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’hna tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan.

Ilk tarixning ayrim lavhalari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari yetib kelgan.

Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli inshootlar (qal’a va qasrlar, hammomlar va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari hamda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari va zeb-ziynat taqinchoqlari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o’rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; o’tmish haqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə