Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə79/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Lingvistik manbalar

Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-so’z boyligi tarkibidagi uzoq o’tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’muriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj - o’rta asrlarda aholidan, asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig’i; ushr – daromadning o’ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot – chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; cuyurg’ol – shahzodalar va amirlarga toju taxt oldida ko’rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan yer-suv; tansuqot – kamyob, e’tiborga molik buyum, mato; podshohlar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik - qo’shin; qorovul - qo’shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus harbiy bo’linma; xalifa –Muhammad payg’ambarning o’rinbosari, o’rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig’i; mirishkor – to’g’risi – miri shikor, podshoh va xonlarning ov qushlari va ov hayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi –shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig’ -o’rta asrlarda hukmdor tarafidan beriladigan rasmiy hujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh va mozorlarga in’om e’tilgan yer - suv haqidagi tuzilgan maxsus hujjat va boshqa atamalar juda ko’p uchraydi. Bu va shunga o’xshash atamalar shubhasiz qimmatli tarixiy material bo’lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy hayotini o’rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o’rganadi.




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə