Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə83/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili

Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko’p bo’lishiga qaramay, o’z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o’ziga xos xususiyatlari va jahon madaniyati xazinasiga hissa bo’lib qo’shilganlarini alohida ko’rsatdigan manbashunoslik fani sohasida yaratilgan mukammal dasrlik va qo’llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani sohasida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzoqroq davr davomida to’plangan tajriba umumlashtirilgani yo’q.

Hozircha mavjud darslik va qo’llanmalar ichida akademik B.Ahmedovning “O’zbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. Qimmatli ma’lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar yanada mukammal darslik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

A.Habibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qo’llanmasida ham qator ijobiy xususiyatlar mavjud bo’lib, ulardan tarixiy manbashunoslik bo’yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin.

A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma’ruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga harakat qilingan va manbalalar to’g’risidagi ma’lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi.

Manbashunoslik fani ko’p asrlik an’anaga ega bo’lsa-da, yurtimiz manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga harakat qilindi. Manbashunoslikni o’rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadqiqotlar, yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga to’g’ri keladi. Bu sohada Ya.Ғulomov, B.A.Ahmedov, A.O’. O’rinboev kabi yirik olimlar asarlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo’lyozmalar tavsifini o’z ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog hamda maxsus katalog – fihristlar, tadqiqotlar bo’lg’usi manbashunoslar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Talabalar yordamchi manba sifatida entsiklopedik qomuslardan foydalanish mumkin.

Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak.



Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo – yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo’lyozma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə