Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə84/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog’oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi.

Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg’alari) o’rganadi.

Sfragistika (yunon. Spragis –muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.

Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o’yib yozilgan qadimgi bitiklarni o’rganadi.

Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.

Metrologiya (yunon. Metron -o’lchov, logos – tushuncha – bilim; o’lchovlar haqida tushuncha) o’tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo’lgan og’irlik, masofa va sath o’lchovlarini o’rganadi.

Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo’lgan yil hisobi va taqvimni o’rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni o’rganishga bag’ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə