Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə89/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish

Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nihoyat uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Tanlangan mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to’g’ri hal etilishi ko’p jihatdan har qanday tadqiqotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog’iga, ya’ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga bog’liqdir.

Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi ma’lumotlarqiyosiy solishtirilib tahlil etilsa ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo’lib, uning ilmiy ahamiyati ham katta bo’lishi shubhasizdir.

Tadqiqot uchun yozma manbalarning qaysi biri asosiy va qaysilari yordamchi rol o’ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog’liqdir. Masalan, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni o’rganishda rasmiy hujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o’taydigan bo’lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar hamda adabiy-badiiy asarlar yetakchi o’rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib qolmay, imkon qadar boshqa ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni ham tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli ma’lumotlarga boy bo’ladi. Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid qimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo’q ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko’p va turli tipdagi manbalarga asoslanib, tadqiq etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo’dajak ilmiy asarning qiymatini va ahamiyatini belgilovchi asosiy va hal qiluvchi omillardan biridir.


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə