Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Mavzu: O’rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk O’rta asr yozma manbalari (arab yozuvigacha)



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə93/144
tarix17.04.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#85561
növüReferat
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

3 Mavzu: O’rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk O’rta asr yozma manbalari (arab yozuvigacha)

Qadimgi epigrafik manbalar (Behistun, Persepol, Nahshi Rustam, Doro I, Ayritom bitiklari). Avesto-qadimiy yozma yodgorlik; Avestoda O’rta Osiyo tavsifi. Qadimgi Hind manbalarida O’rta Osiyo haqida ma’lumotlar. Qadimgi Yunon va Qadimgi Rim mualliflari asarlari O’rta Osiyoning qadimgi davr tarixiga oid muhim manba: Gerodot, Diodor, Aristotel, Pompey Trog, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Gay Pliniy, Plutarx, Polibiy, Strabon, Klavdiy Ptolemey asarlari. Xitoy solnomalari O’rta Osiyo tarixi bo’yicha qadimgi manba sifatida. Xou-Xan-shu («Keyingi Xan sulolasi tarixi»), Bey-shu («Shimoliy sulolalar tarixi»), Suy-shu («Suy xonadoni tarixi») va b. Qadimgi turkiy manbalar ilk o’rta asrlar O’rta Osiyo tarixiga oid manba sifatida. runa bitiklari: Lena-Baykalbo’yi, Yenisey, Mongoliya, Oltoy, Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyodan topilgan bitiklar (To’nyuhuq bitigi, Kultegin bitigi, Bilga xoqon bitigi, Ongin bitigi va b.). Sug’d hujjatlari o’rta asrlar O’rta Osiyo tarixiga oid muhim manba. Muh qal’asidan topilgan hujjatlar, Afrosiyobdan topilgan sug’d hujjatlari, Sharqiy Turkistondan topilgan sug’d hujjatlari va boshqalar.

O’zbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi. Lekin uning qadimiy madaniyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgm VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma’lum darajada yozma ma’lumotlarga egamiz.

Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan ma’lumotlarga qaraganda, qadim zamonlarda hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilgan saklar, massagetlar va boshqa qabilalar urug’chilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.

Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550 – 330 yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Urug’ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo bo’lgan urug’ aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar, qul mehnati hamda erkin jamoa a’zolari zulm qilish yo’li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi va quldorlik jamiyati paydo bo’ldi.

Bu davrning o’zisha xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik dini paydo bo’ldi va keng tarqaldi.

Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribir aholini to’la itoatla tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib oldi. Saklar va massagetlar ham o’z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron hukmdorlari bilan yurtimiz xalqlari o’rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan avvalgi 336 – 323 yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi.

Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324 yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatdi: katta yer egalari bo’lmish mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi.

Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun) ma’lum vaqt (taxminan 75 yil) o’tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketdi.

Miloddan avvalgi taxminan 250 yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik e’lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosi yuqori oqimlarigacha bo’lgan yerlar va xalqlar qarar edi.

Hozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari ham mustaqillikka erishdi. Bu yerla hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urug’ining boshliqlari o’tqizildi.

Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiya9 yonida bo’lgan janglarda Rim qo’shinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187 yy.) qo’shinlarini tor-mor keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yo’l ochib berdi.

Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va Mesrpotamiyaning katta qismini o’ziga qaratib olib, yirik quldor davlatga aylandi. Poytaxt Ekbatana (Hamadon)dan Yevfrat bo’ylariga, hozirgi Bag’dod yonida joylashgan Ktesifonga ko’chirildi.

Taxminan o’sha vaqtlarda Yunon-Baqtriya davlati ham o’z chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit zamonida So’g’diyona, Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afg’onistonning Ғarbiy qismini o’z ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afg’onistonning markaziy qismi), boshqacha so’z bilan aytganda hozirgi O’zbekiston, Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afg’onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi.

Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o’rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi qo’zg’olonlar kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, So’g’diyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida So’g’diyona mustaqillikni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Yunon-Baqtriya imperiyasining boshqa o’lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi.

Qadimdan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tayziqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur bo’ldilar va Sharqiy Turkiston hamda Yettisuv vohasida ko’chib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji (toxar) va usunlar So’g’diyona va Baqtriya hududiga ko’chib o’tdilar va bu yerda saklar va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo’shilib, avval So’g’d, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baqtriya davlatiga qaram boshqa o’lkalarni ham to Ind daryosigacha istilo qilishga muvaffaq bo’ldilar.

Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati o’rnida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar davlatiga hozirgi O’zbekistonning katta qismi, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoliy-g’arbiy qismi qaragan bo’lib ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin milodning 11 asri o’rtalarida bu davlatning ham inqirozi boshlandi va 1U asrga kelib mayda davlatlarga bo’linib ketdi.

Yurtimiz hududida hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qang’ va Farg’ona (Parkana)dir.

Qang’ davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg’u (xitoy manbalarida chaovu) turgan.

Miloddin avvalgi 11-1 asrlarda Farg’onada ham mustaqil davlat bo’lgan. Xitoy manbalarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Farg’onada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy mamlakat bo’lib, uning 70ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-Quva, Gaushan-O’zgan, Ershi – Marhamat, Go’y-Shan –Koson va boshqalar bo’lgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan, arpa, bug’doy, sholi, beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshqalarni yetishtirgan.

104-101 yillar orasida Xitoy qo’shinlari Farg’onaga ikki marta bostirib kirdilar. Birinchi yurish 104 yili xitoy qo’shinlarining tor-mor keltirilishi bilan tugadi. Ikkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy qo’shini Farg’onaning yirik shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga qarashli Marhamat qishlog’i o’rnida bo’lgan) qamal qildilar. Lekin shaharni ola olmadilar, sulh tuzib va ozgina o’lpon 3000 bosh ot olib qaytib ketishga majbur bo’ldilar.




Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə