Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarining ilmiy asoslari Reja



Yüklə 49,81 Kb.
tarix07.12.2017
ölçüsü49,81 Kb.

Aim.uz

Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarining ilmiy asoslari

Reja:

1. Ta’limda innovatsion texnologiya tushunchasi va uning aspektlari, darajalari

2.Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari.

3.Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalariga talablar (texnologikligi mezonlari)

4 Ta’limda interfaol usullar va ularning mohiyati

5. Ta’limda innovatsion texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari



Tayanch iboralar: pedagogik texnologiya, interfaol, aspekt, innovatsiya, texnologik mezonlar, ilmiy asoslari.

Ta’limda innovatsion texnologiya tushunchasi va uning aspektlari

Ta'lim texnologiyali muammolari, tarix fani bo’yucha hozirgacha o`qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni talab etadi Innovatsion texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o`qishlar katta farqi bor.

“Ta’limda innovatsion texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:

Ilmiy pedagogik texnologiya - o`qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o`rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogika fanning bir qismidir.



Protsessual - ta'rifiy: jarayonni tasvirlash o`qitishning ko`zda tutilgan natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to`plami.

Protsessual - amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax­siy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga soli­nishi.

Shunday qilib, innovatsion texnologiya o`qitishning eng samarali yo`llarini izlovchi fan sifatida ham, o`qitishda qo`laniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar sistemasi sifatida ham, o`qitish haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.



Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari darajalari.

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta'lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog`liq darajalarda ishlatiladi.



Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umum­didak­tik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum bosqichida ushbu region, o`quv yurtida yaxlit ta'lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda peda­go­gik texnologiya pedagogik tizimga o`xshashdir: unga o`qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to`plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi.

Tarix fanining metodik darajasi: Tarix fanining metodik darajasi “tarix faninng metodik” ko`rinishida qo`llaniladi, ya'ni tarix fani bo’yicha,tarix o`qituvchisi doirasida o`qitish va tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to`plami sifatida ishlatiladi.

Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o`quv-tarbiyaviy jarayon­ning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).

Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko`rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar.



2. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini rasmiylashtirish usullari.

Texnologik chizma – bu tarix o’qitishning texnologik jarayonini shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog`liqliklarni ko`rsatish.

Tarix o’qitishning texnologik xaritasi – bu tarix fanini o’qitishda qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko`rinishida (ko`pincha grafik shaklda) qo`llaniladigan vositalarni ko`rsatib jarayonni tasvirlash.

Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba'zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba'zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o`qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.



3. Ta’limda innovatsion texnologiyaning tuzilishi.

1 Ta’limda innovatsion texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:

1. Ta’limning kontseptual asosi.

2. O`qitishning mazmunli qismi:



3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:

  • o`quv jarayonini tashkil etish;

  • o`quvchilar o`quv faoliyati metodlari va shakllari;

  • materiallarni o`zlashtirish jarayonini boshqarish bo`yicha o`qituvchining faoliyati;

  • o`quv jarayoni diagnostikasi.

Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalariga talablar yoki texnologikligi mezonlari.

Tarix fanini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya ma’lum bir bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:



  1. Konseptuallik. Tarix fanida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyada ta'lim maqsadlariga erishish tarixiy-falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma'lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo`lishi kerak.

  2. Tizimlilik. Tarix fani o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiya tizimli bo`lishi kerak: tarix o’qitishda texnologik jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog`liqligi, yaxlitligi.

  3. Boshqariluvchanligi o`qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko`zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o`zlashtirish mumkinligini ko`zda tutadi.

5.Ta’limda kompetentlik (Moslik)- Kompetentlik deganda shaxsning bilim, ko’nikma, malakasining ijtimoiy professional mavqeiga mosligi va o’ziga tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi tushuniladi.

Ta’limda interfaol usul va uning mohiyati

Interfaol- (Inter- o’zaro) harakat qilmoq ma’nosini beradi. Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (yoki o’quvschi)larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:



  • talaba (yoki o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikirlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

  • talaba (yoki o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va talaba (yoki o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi.

Interfaol usulning maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

-ta’lim oluvchilarni erkin,mustaqil, tanqidiy, tahliliy mantiqiy, ijodiy fikirlashga va ular asosida to’g’ri qarorlar qabul qilishga o’rgatish;

-bilim oluvchilarni muammoli vaziyatlardan qiynalmay chiqa olishga, nazariy va amaliy hamda kasbiy (hayotiy) topshiriqlarni bajarishni uddalashga o’rgatish;

-o’quvchilarni fikrlashga undash orqali, ularni izlanishga va ijodkorlikka yo’naltirish;

-ta’lim oluvchidagi hamkorlikning samarali yo’llarini va kasbiy bilim, ko’nikma hamda malakalarini egallashga bo’lgan xatti-harakatlarini faollashtirish;

- ta’lim oluvchilarni tashkilotchilik,boshqaruvchilik(rahbarlik)ka undash.

Interfaol usullardan foydalanishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda,quyidagi vositalardan foydalanish mumkin:


  • kasbiy didaktik o’yinlar;

  • rolli o’yinlar;

  • kasbiy kompyuterli o’yinlar;

  • interfaol o’quv adabiyotlari;

  • axborot kommunikatsiya;

  • metodik ko’rgazma.

Interfaol usullardan foydalanish darsni jonli tashkil etishni ta’minlaydi.Shu bilan bir qatorda, avvalgi bilimlar va yangi axborotlar o’rtasida bog’lanish hosil qilib, berilgan materialni to’la tushunishga zamin yaratadi.

Interfaol usuldagi o’quv jarayonida yakka tartibda, juft bo’lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o’yinlar hujjatlar bilan ishlash, ijodiy ishlash kabi metodlardan foydalanish mumkin.Bu, ayniqsa, muayyan iqtidor sohibi bo’lgan o’quvchilarning qirralarini yaxshiroq ochishga, uning ijodkorligini rivojlantirishga imkon beradi.



Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ning ilmiy-nazariy asoslari.

Tarix fanini o’qitishda qo’llaniladigan texnologiyaning falsafiy asoslari. O’quv yurti, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U siyosatdan alohida, g`oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hech qanday falsafani targ`ib qilmay yashay olmaydi.

Shunday qilib tarix fanini o’qitish texnologiyasi ma'lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalarini metodologik ta'minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi.

Falsafiy asosi ta'limning yakuniy maqsadida ancha aniq ko`rinadi (misol uchun,tarixiy, e’tiqod, texnokratik, insonparvarlik pedagogik va shu kabi).

Falsafiy nuqtai nazarlar ta'lim mazmunida, tarix fani mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko`pincha ularning g`oyaviylik yo`nalishlarida birlik bo`lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo`q. O`zbekiston Respublikasida zamonaviy ta'lim mazmuni ana shunday xususiyatlarlar bilan farq qiladi.

Ta'limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g`oyalari bo`yicha umuman qarama-qarshi texno­lo­giya­larda qo`llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o`yin).

Zamonaviy jamiyatshunoslik fanlarida u yoki bu darajada ta'lim jarayonida mavjud bo`lgan tarixiy-falsafiy yo`nalishlar, maktab, oqimlar ko`p turlari mavjud.

Umum tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari da asosiy falsafiy muammolari

Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari konsepsiyalarida eng aniq ko`rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko`rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika skeptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistentsializm.

Materializm. Ta'lim ma'lumotlari milliy zahiralarida – O`zbekistonning - o`quv meto­dik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo`nalish­lar aks ettirilgan: maktab ta'lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema'ni hisoblangan. An'anaviy ta'lim tizimi aynan ana shu falsa­faga asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma'naviy, g`oyaviy, intellektual, estetik, jis­mo­niy) masalasini samarali hal etuvchi Dunyoqarash muammolariga bir qator muqobil yondashuvlar mavjud.

Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.

Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo`nalishlar qo`shiladi.

Teosofiya diniy yo`nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to`g`ri shakllantiradi.

Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog`liqligi yo`q, u moddiy emas, ma'naviy qadriyatlarni o`rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat'iy mo`ljallangan maqsadni ko`zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.

Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo`nalishi bo`lib, u o’quvchining qiziqishlari va talablarini birinchi o`ringa qo`yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.

Ekzistentsializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o`zidan ima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistentsializm vakillari ekzistentsiya ma'nosini, uning ma'naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo`rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistentsialistlar esa ko`tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistentsiyani boyitib, ba'zi gumanistik g`oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma'naviy tanlovi ongli va aniq bo`ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo`lib ishtirok etadi.

Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari ham qo`shiladi) shaxsning intellektual va ma'naviy sifatlari uning noyob tabiatida mavjud bo`ladi va ularning namoyon bo`lishi eng avval insonning individual tajribasi bilan bog`liq bo`lishidan kelib chiqadi. Shunday kelib chiqqan holda pragmatizm vakillari ta'lim vazifalarini shaxsning ma'lum ma'naviy sifatlari, prinsiplari, yo`nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o`zini amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar.

Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo`yish, ijtimoiy g`oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.

Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo`nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.

Insonparvarlik yo`nalishiga alternativ deb stsientistik – texnokratik konsepsiyasi hisoblanadi.,

Stsientizm dunyoqarash yo`nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o`zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo`lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Stsientik ko`rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun'iy qo`llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Stseptizmga qarama-qarshi tabiatga moslik, tabiat bilan kelishuv hisoblanadi – inson tabiiy qo­bi­li­yat­­larini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish, hamda insonning tabiat bilan birligini, ularning o`zaro aloqalari mosligi va uyg`unligini targ`ib qiluvchi dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil topishi asosiy tamoyillarini farq qiladilar.



O`qitishning suggestopedik konsepsiyasi

Yuksak eslab qolishga olib keluvchi, jonlantirish holatida hissiy ta'sir ko`rsatishga asoslanadi. U verbal va noverbal, suggetitsiya (ta'sir ko`rsatish) tashqi va ichki vositalaridan kompleks foydalanishni ko`zda tutadi. Konsepsiyani amalga oshirish o`qitishning alohida psixologik-pedagogik sharoitlarini ko`zda tutadi.

O`qituvchi uchun bu quyidagilarni bildiradi:

Yuksak obro`ni: mashhurlik, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak sifatlari va boshqalar.

Infantilizatsiya – ishonchlilik vaziyati, bunda o`quvchi o`zini o`qituvchining o`rniga qo`yayotgandek bo`ladi.

Yangi materialni berishda ikki ko`rinishlik: mazmun, ma'no beruvchi har bir so`z zarur bo`lgan mos ohangda, imo-ishora, mimika bilan aytiladi.

O`quvchi uchun quyidagilar zarur:


  • O`qish masalalarini amalga oshirishga ishonchni yuzaga keltirish;

  • intellektning ulkan imkoniyatlari fikrini uqtirish psixologik qulay sharoitlari hisobiga doimiy ijobiy emotsional qo`llab turish, fanni o`rganishda muvaffaqiyatlarni namoyish qilish va boshqalar.

XX asrda ta’limning innovatsion texnologiyalarining rivojlanishi

XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.

“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug`atlar talqini bo`yicha (techne san'at, hunar, fan; logos – tushuncha, ta'limot) materiallarga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar to`plami demakdir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san'atini ham o`z ichiga oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish bilan operatsiyalar ma'lum ketma-ketligini ko`zda tutadi. Texnologiya protsessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi.

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi o`qitish nazariyasida keyingi paytlarda yanada kengroq tarqaldi.

XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” temini birinchi bor pedagogika bo`yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o`zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30-yillarda o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ga o`quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanishlar mahoratlari ham kiritilgan.

O`tgan asrning 40-50-yillarida, o`qitish - o`quv jarayonlarisha texnik vositalarni tatbiq etish boshlanganida, “ta'lim texnologiyasi” termini paydo bo`ldi, u keyingi yillar davomida “pedagogik texnologiyaga” aylantirildi.

60-yillar o`rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferentsiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) va darajasiga qarab uni talqin qilish ikki yo`nalishi belgilandi.

Birinchi yo`nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o`qitish vositalarini qo`llash zarurligini ta'kidladilar (technology in education).



Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning innovatsion texnologiyalari markazlari

AQSh 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo`yicha AQSh Assotsiatsiyasi”. Hozirgi kunda mamlakat bo`ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh da 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o`qitish” jurnali nashr etila boshlandi.

Angliya 1967 yil - Pedagogik texnologiya bo`yicha Milliy kengash 1964 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o`qitishni dasturlashtiri” (Educational Technology progratted tearning) jurnalini, 1971 yilda – “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.

O`quv jarayonida texnik vositalardan foydalanish.

XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonning, pedagogik texno­logiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.

Rossiya XX asrning 90-yillarida ta’limda innovatsion texnologiyalar bo`yicha Mar­kaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta'limda innovatsiyalar” jur­nal­lari nashr etiladi.

O`zbekiston 1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilin­gan­dan boshlab ta'lim tizimida, pedagogik nashrlarda ta’lim taraqqiyoti muammolari dolzarb tadqiqotchilik ob'ektlari sifatida ko`tarila bosh­lan­di.

1999 yilda Respublika ta'lim Markazi qoshida ta’limning innovatsion texnologiyalari bo`yicha Markaz tashkil etildi. Maxsus jurnallar hozir yo`q, lekin ta’limning innovatsion texnologiyalari muammolari bo`yicha maqolalar “Xalq ta'limi”, “Peda­gogik ta'lim”, “Ta'lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma'rifat”, “O`qituvchilar gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.

1994 yili ta’limning innovatsion texnologiyalari muammolari bo`yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi o`tkazildi, ma'ruzalar va hisobotlar mate­rial­lari maxsus to`plamda chop etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida pedagogika fanlari doktori, professor N.N. Azizxod­jayeva rahbarligi ostida innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar muammolari bo`yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug`ullanadi. Bugingi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iste’dod jamg’armasi tashkil etilgan, bunda ko’plab pedagog kadrlar ta’limning yangi innovatsion texnologiyalari bo’yicha malaka oshirib qaytishlari mumkin
Test topshiriqlari.

1. Ta'lim jarayonini “Texnologiyalash” qanday ma'noni bildiradi?

A) O`qitishning texnik vositalari yordamida tashkil

etishni bildiradi;

B) Ta'lim maqsadlariga erishishda ta'lim jarayonini o`qituvchining shaxsiy mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda universal tarzda loyihalanganini bildiradi;

V) O`quv ishlab chiqarish ta'limi tushuniladi;

G) O`qituvchi o`quvchi bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini ta'lim mazmuniga mos holda tanlashini bildiradi.

2. Pedagogik texnologiyaning aspekti aks ettirilgan qatorni ko`rsating.

A) Umumpedagogik, xususiy, metodik, lokal; B) Tizimlilik, samaralik, boshqaruvchanlik;

V) insonparvarlik, dialektik, metodik; G) ilmiy, tavsifiy, amaliy.

3. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ni qanoatlantiradigan mezonlari nimalardan iborat?

A) Izchillik; B) Boshqaruvchan asoslashganlik;

V) Samaradorlik; G) Javoblarning barchasi to`g`ri.
O`zini tekshirish uchun savollar:


  1. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari asosiy darajalarini aytib bering.

  2. Pedagogik texnologiya tuzilishiga nimalar kiradi.

  3. Tarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari ga talablar (texnologikligi mezonlarini) ifodalab bering.

  4. Ta'limning falsafiy asosi va mazmunli konteksti o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik nimadan iborat?

  5. UmumTarix o’qitishning innovatsion texnologiyalari dagi asosiy falsafiy konsepsiyalar bo` shva kuchli tomonlarini taxlil qiling.

  6. Shaxs psixik rivojlanishi asosida qanday omillar yotadi? Misol keltiring.

  7. O`zbekistonda ta'lim tizimi asosida ijtimoiy tajribani o`zlashtirish qanday konsepsiyasi yotadi. Shaxsiy tajribangizdan misol keltiring.

  8. Siz o`z pedagogik amaliyotingizda bilimlarni o`zlashtirishning qaysi konsepsiyasidan foydalangan bo`lar edingiz? Nima uchun?


Adabiyotlar ro’yxati:

1. I.A.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. T.: 1992.

2. I.A.Karimov. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.: 1992.

3 .I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotning poydevori. - T.: «Sharq», 1997.

4. N.N.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat.-T.: TDPU. 2003.

5. Asqarov A. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida tarix fanining vazifalari.- “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” 1992. № 7-8.

6. Gaffarov YA, Gafforova M. O’zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.

7. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

8. Yo’ldoshev J.G’. J.G’.Yo’ldoshev. Ta’lim yangilanish yo’lida.-T.: O’qituvchi. 2000.

9. Lerner I.YA. O’qitish metodlarining didaktik asoslari.M.,1991



10. Maxmutov M. Maktabda muammoli ta’limni tashkil qilish.T.,1991


Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə