Tarixdan ma’lumki, muayyan kuchlar va shaxslar dinni asos qilib, o‘zaro qonli urushlarga da’vat etganlar. Buning fojiali oqibatlari esa barchaga ma’lum. Afsuski, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas



Yüklə 36,08 Kb.
səhifə2/9
tarix26.05.2023
ölçüsü36,08 Kb.
#113017
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Документ Microsoft Word

Ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish. Buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy holat, jumladan, diniy siyosat, imomlarning faoliyati bo‘yicha ig‘vo ma’lumotlar tarqatiladi hamda yashirin guruhlar tuzilib, ular tomonidan mutaassiblik ruhidagi diniy tashviqot yuritiladi va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning beqarorlashuviga olib keladi.
Dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Mutaassib kuchlar turli xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro ishonch va tinchlikka rahna solish bilan bir qatorda boshqa dindagilarga nisbatan keskin va salbiy munosabatda bo‘lishga chaqiradilar.
Aholiga islom dini ta’limotlariga zid g‘oyalarni tarqatish. Bunda muqaddas islom dinidagi “shahid”, “jihod” kabi tushunchalarni o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida noto‘g‘ri talqin qilishadi. Bunday talqin dinimizning go‘yoki, yovuzlikka, jangu jadal, urush, qon to‘kishga asoslangani haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Diniy-ekstremstik va destruktiv oqimlarga qarshi kurashda davlat va jamoat tashkiotlarining o‘rni haqida gapirar ekanmiz, buzg‘unchi guruhlarning e’tibor markazi aynan yoshlarga qaratilishini yodda tutish lozim bo‘ladi. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va, ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. “Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!”, – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. Bu kabi ishlarga qo‘l urishlari, o‘z kelajaklariga bolta urishlari, umuman, terrorizm yo‘liga kirib qolishlarining asosiy sababi, ularning na diniy, na dunyoviy bilimga ega emasliklari, turli oqimlarga nisbatan sof islom dinining munosabatini bilmasliklaridir.
Qayd etilgan mulohazalar nega yoshlar diniy-ekstremistik harakatlar faoliyatining asosiy ob’ektiga aylanganini muayyan darajada tushunish imkonini beradi. Turli diniy-ekstremistik harakatlar, terrorchilik xurujlarining asosiy ishtirokchilari yoshlar ekani esa yuqoridagi kabi e’tiqodiy va g‘oyaviy ta’sir va tazyiqlar qanday oqibatlarga olib kelishini, o‘sib kelayotgan avlodga xos faollik va sotsial energiyadan g‘ayriinsoniy maqsadlar yo‘lida nechog‘lik ustalik bilan foydalanish mumkinligini yaqqol namoyish etadi.
Bugungi kunda yurtimizda diniy-ekstremistik va destruktiv xarakterdagi turli oqim va guruhlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi kurash borasida misli ko‘rilmagan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Huquq-tartibot organlari tomonidan qonunga zid faoliyat olib borayotgan turli aqidaparast jamolarni aniqlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni turli yot g‘oyalarga targ‘ib qilish bilan shug‘ullanyotgan soxta da’vatchilar faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor harakatlarni amalga oshirish bilangina cheklanib qolmasdan, bu borada turli jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan. Hozirda jamiyat a’zolarining barcha qatlamlari bilan profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlari va davra suhbatlari o‘tkazish tizimi ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu yo‘nalishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi davlat tashkilotlari bilan bir qatorda din ulamolari, imom-xatiblar, jamoat tashkilotlari faollari, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” YoIH kabi nodavlat tashkilotlar targ‘ibotchilari ham bu tahdidga qarshi kurashning ma’naviy tizginini birgalikda tutib bormoqdalar.
Joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent shahrida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarlari, din arboblari, "Nuroniy" va "Mahalla" jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari, hokimliklar, huquq-tartibot idoralari vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, islomiy ta’lim muassasalari mutasaddilari va talabalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev qatnashib, nutq so‘zladi. Prezidentimiz o‘z nutqlarida bugungi murakkab zamonda aholimizni, ayniqsa yoshlarimizni turli diniy-ekstremistik va milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan illatlardan asrashda dinning o‘rni, bu boradagi oliyjanob ishlarni amalga oshirayotgan diniy xodimlar, imom-xatiblarning tutgan o‘rinlari, bugun ularning oldiga zamonning o‘zi qo‘yayotgan talablar, amalga oshirilishi lozim ishlar haqida qimmatli taklif va ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda muqaddas dinimizning sof ta’limotlariga yot bo‘lgan turli oqim va guruhlar safiga bilib-bilmay qo‘shilib qolgan, qo‘li qonga botmagan, o‘z qilmishidan astoyidil pushaymon bo‘lgan shaxslarni kechirish, ularni jamiyatga qaytarish bo‘yicha shaxsan davlat rahbarining tashabbusi yangrab, bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Diniy-ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolgan yoshlarning davlatimiz rahbariyati tomonidan avf etilishi o‘zbekona bag‘rikenglik, insonparvarlik va adolatparvarlikning nishonasi bo‘lib, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarish, ular o‘rtasida diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish, Vataniga, ota-onasi, oilasi bag‘riga qaytarish, tinch hayot kechirishni niyat qilgan bu toifa shaxslarga yana bir bor imkon berish, behuda qurbon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi maqsadlarga qaratilgan.
Aslida bunday adashgan yoshlar faqat ijrochi yoki “qo‘g‘irchoq” bo‘lib, panada turgan, terrorning haqiqiy ijodkorlariga qarshi kurash birinchi navbatdagi masala ekanini yodda tutish lozim. Shu bilan birga, adashib, aldanib, bilib-bilmay bunday razil yo‘llarga kirib qolgan yoshlarni yana hayotga qaytarish, ularni to‘g‘ri yo‘lga chorlash, fuqarolarning omon-eson o‘z oilasi quchog‘ida yashashi jamiyatda olihimmat fazilatlarni yuzaga keltiruvchi omillardan hisoblanadi.
Hozirda chet elda mehnat migrantlari sifatida mehnat qilayotgan va uzoq muddatga chet elga chiqib ketgan, xorijiy davlatga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklariga qaratilgan ishlar ham amalga oshirilmoqda. Aksiltarg‘ibot va targ‘ibot materiallarini o‘z ichiga olgan bukletlar, infografikalar, turli ijtimoiy roliklar tayyorlanib joylarga yetkazilmoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, mana bir necha yildirki, xorijiy mamlakatlar, xususan Rossiya va Ukraina davlatlarining taklifiga ko‘ra yetuk salohiyatga ega din ulamolarimiz, imom-xatiblarimiz mazkur mamlakatlar hududida bo‘lib, u yerda mehnat muhojiri sifatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolari va mahalliy aholi vakillarining diniy-ma’naviy immunitetini oshirish, ularni destruktiv oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi raddiyalar bilan qurollantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib qaytmoqdalar. 2009-2017 yillar davomida 30 dan ortiq yetuk din arboblari, ulamolar va imom-xatiblar AQSh, Rossiya va Ukraina davlatlarida jami 23 ta mana shunday tadbirlarda qatnashdilar.
Bundan tashqari, turli adashgan aqidaviy firqalar, siyosiy-terrorchi tashkilotlarning asl qiyofasini fosh etuvchi hamda sof islomiy aqida va bunyodkor ta’limotlarni o‘z ichiga olgan yurtimizda nashr etilayotgan o‘zbek va rus tillaridagi diniy-ma’rifiy adabiyotlarni MDH davlatlari, xususan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonga muntazam eksport qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi ishlar mehnat migrantlari orasida turli ekstremistik yo‘nalishlar va sektalarga qo‘shilib qolishlarini barataraf etishda o‘zining ijobiy samarasiin berib kelmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, yoshlarni turli ekstremistik oqimlar va boshqa destruktiv guruhlarga kirib qolishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda amalga oshirilsa, samarali natijalarga erishish mumkin.


Yüklə 36,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə