Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi1



Yüklə 16,8 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2022
ölçüsü16,8 Kb.
#97388
  1   2   3   4
2-ma\'ruza


Оʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati yuksak baho berib: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi1» degan edi. Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi ma’naviyat va ma’rifatdadir. Ma’nviy barkamollikni tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omildir. «Ma’naviyat,-deb yozadi I.Karimov,-оʻz xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi», «tugʻilib оʻsgan yurtida оʻzini boshqalardan kam sezmay, boshini baland kоʻtarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson».
Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi оʻz оʻrnini topdi. Barcha оʻquv maskanlarida talaba оʻquvchilarga Vatan tarixini оʻqitish davlat siyosati darajasiga kоʻtarildi. Vatan tarixini оʻqitish yоʻlga qоʻyildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada I.Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bоʻlmaganidek, оʻz tarixi­ni bilmagan xalqning kelajagi ham bоʻlmaydi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yоʻq», «Оʻzlikni anglash tarixni bilish­dan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bоʻlish-hayotdan judo bоʻlish demak­dir» degan metodologik ahamiyatga molik sоʻzlari dasturilamal bоʻlib xizmat qilmoqda. Shu boisdan Vatan tarixini har tomonlama, chuqur оʻrganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli bogʻchalardan tortib OTMlarigacha bоʻlgan ta’lim-tarbiya tizimlarida Оʻzbekiston tarixi fanini оʻqitishga davlat darajasiga kоʻtarilgan vazifa sifatida katta e’tibor berilmoqda, gʻamxоʻrlik qilinmoqda. «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.».



Yüklə 16,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə