Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda



Yüklə 18,08 Kb.
tarix27.02.2023
ölçüsü18,08 Kb.
#101565
Topshiriq


Topshiriq:

  1. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikdahuquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. XII-asrning boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi. F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning izidan D.LokkJan Jak RussoI.PestalotssiI.GerbardA.Disterverglar oʻz hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gil'deylik maktablar ochila boʻshalndi.

Taniqli pedagoglar (dunyo miqyosidagi)

  • Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)

  • Kvintilian (35 n.e.- 96 n.e.)

  • Erazm Rotterdamskiy (1465 — 1536)

  • Yan Amos Komenskiy (1592 — 1670)

  • Djon Lokk (1632 — 1704)

  • Mixail VasilevichLomonosov (1711-1765)

  • Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)

  • Fridrix Fryobel (1782 — 1852)

  • Adolf Disterveg (1790 — 1866)

  • Nikolay Ivanovich Pirogov (1810 — 1881)

  • Gerbert Spenser (1820 — 1903)

  • Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1871)

  • Lev Nikolaevich Tolstoy (1828 — 1910)

  • Georg Kershenshteyner (1854 — 1932)

  • Djon Dyui (1859 — 1952)

  • Mariya Montessori (1870-1952)

  • Stanislav Teofilovich Shatskiy (1878 — 1934)

  • Korchak Yanush (1878-1942)

  • Pavel Petrovich Blonskiy (1884 — 1941)

  • Anton Semyonovich Makarenko (1888 — 1939)

2. Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu – umidlari maqsad va intilishlari o’z aksini topadi. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt – saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyillikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”.
Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.


3. O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Yüklə 18,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə