Tarjimayi hol. Tavsifnoma. Tavsiyanoma


O‘quv faoliyati natijalari



Yüklə 29,65 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü29,65 Kb.
#138482
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlat tilida ish qog‘ozlari yuritish tarjimayi hol tavsifnoma tavsiyanoma

O‘quv faoliyati natijalari:
– talabalar davlat tilida ish qog‘ozlari yuritishning ahamiyatini misollar bilan ko‘rsatadilar, izohlaydilar;
tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanomani tavsiflaydilar;
– tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, ularning vazifasi, zaruriy qismlari, turlari aytib beradilar;
– tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanomalarning namunalari ustida ishlaydilar.

Ta’lim usullari:

Amaliy, aqliy hujum.

Ta’lim shakli:

Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.

Ta’lim vositalari:

Ma’ruzalar matni, doska, bo‘r, tarqatma materiallar.

Ta’lim berish sharoiti:

Dekanat tomonidan belgilangan auditoriya.

Monitoring va baholash:

Og‘zaki so‘rov: tezkor so‘rov.





TARJIMAYI HOL

Shaxsning butun hayoti va mehnat faoliyati bilan bog‘liq muhim sanalar, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli bayon etiladigan rasmiy hujjat. Tarjimayi holning rasmiy va badiiy turlari mavjud. Rasmiy tarjimayi hol o‘qish yoki ishga kirayotganda har qanday shaxs tomonidan yozilishi mumkin. Badiiy tarjimayi hol esa mashhur so‘z san’atkorlari – shoir va yozuvchilar, olmlar tomonidan yozilishi mumkin. Bunday tarjimayi hollar sirasiga Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar”, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Bolalik”, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, Nazir Safarovning “Ko‘rgan-kechirganlarim” kabi biografik-memuar asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, umumta’lim maktablarning o‘quv qo‘llanmalari, darsliklari, majmualari uchun taniqli shoirlar, yozuvchilar tomonidan taqdim etilgan tarjimayi hollarni ham bu hujjatning badiiy turiga kiritish mumkin. Tarjimayi holning qat’iy bir andozasi belgilanmagan. Tarjimayi hol talabga ko‘ra to‘liq yoki qisqacha tarzda yozilishi mumkin. Shunga qaramasdan tarjimayi holda qayd etilishi lozim bo‘lgan shunday ma’lumotlar borki, o‘z tarjimayi holini yozayotgan har bir kishi ulardan xabardor bo‘lishi kerak. Quyidagilarni tarjimayi holning zaruriy qismlariga kiritish mumkin:


· Hujjat nomi – tarjimayi hol.
· Shaxs hayoti va ish faoliyatini qamrab oluvchi matn:
– shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
– uning tug‘ilgan yili, kuni, oyi va manzili;
– ijtimoiy kelib chiqishi, milliati;
ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi (ularning familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, ma’lumoti, ish joyi, lavozimi);
– o‘zining ma’lumoti (o‘qigan maktabi, o‘quv yurti, tahsil olgan yillari, mutaxassisligi);
– ish faoliyatining turlari, oxirgi ish joyi, lavozimi;
– rag‘batlantirilganligi va olgan mukofotlari haqida ma’lumot;
– ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoatchilik ishlari;
– oilaviy ahvoli (xotini yoki eri, bolalari, familiyasi, ismi, tug‘ilgan yili, mashg‘uloti);
– yashash joyi (viloyat, shahar, tuman, ko‘cha, hovli yoki xonadoni, telefoni).
– Yozilgan sana, muallifning imzosi va familiyasi.
Tarjimayi hol ko‘pincha oddiy qog‘ozga qo‘lda yoziladi. Ba’zan o‘qishga yoki ishga kirayotganda maxsus ish qog‘oziga to‘ldiriladi. Matn birinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Unda yil, oy, kunlarga doir ma’lumotlar qat’iy davriylik asosida yoritiladi. Tarjimayi holda keltirilgan ma’lumotlar aniq, bayon etilayotgan fikrlar esa barchaga tushunarli va ravon uslubda bo‘lishi lozim.

Yüklə 29,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə