Tarmoq xavfsizligi


Sw1 da EtherChannel sozlash



Yüklə 305,53 Kb.
səhifə17/80
tarix27.12.2023
ölçüsü305,53 Kb.
#163603
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Tarmoq xavfsizligi-hozir.org

Sw1 da EtherChannel sozlash:
sw1(config)# interface range f0/11-14
sw1(config-if-range)# shutdown
sw1(config-if-range)# channel-group 2 mode desirable
Creating a port-channel interface Port-channel 2
Sw2 da EtherChannel sozlash:
sw2(config)# interface range f0/11-14
sw2(config-if-range)# channel-group 2 mode auto
Creating a port-channel interface Port-channel 2
Sw1 ga jismoniy interfeyslarni ulash:
sw1(config)# interface range f0/11-14
sw1(config-if-range)# no shut
Axborotlarni ko`rib chiqamiz
Etherchannel to`g`risida axborotlar


6- Laboratoriya ishi
Mavzu: vtp protokoli sozlash

Ishdan maqsad: Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish
Ushbu Laboratoriya ishi bo`yicha topshiriq 2 qismdan tashkil topgan.

1-topshiriq:
  • Cisco Packet tracer muhitida lokal tarmoq yarating va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang (5.2-rasm);


  • Har bir kommutatorda VLAN ID yarating va kommutatorlar o`rtasida trank rejimini sozlang;


  • VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani Router-on-a-Stick usuli bo`yicha sozlang (5.3-rasm);


  • Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.




2-topshiriq:
  • Qurilgan tarmoq bo`yicha VTP protokolini sozlang va ishlash tamoyilini tushuntiring (5.4).


  • Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.




1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.

VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.


VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli (broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega:
Xavfsizlik: muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;

Yüklə 305,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə