«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy 
kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini 
mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, 
integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar 
mustahkamlandi. 
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, 
u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati 
turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura 
hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din 
o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.  
Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan 
bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois 
O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq 
belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech 
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. 
Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib 
borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni 
demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib 
borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston 
sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi.  
Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. 
Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) mu-
nosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy 
bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr 
mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik 
ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga 
ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy 
an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela 
boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi 
noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular 
jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini 
tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga 
muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. 
Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham 
erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din 
peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir 
 
5


qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar 
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham 
amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya. 
Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni 
milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoni qabul qilindi. 1992 yil 7 martda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 
1992 yil 1 aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori qabul qilindi. 
Ta’kidlash joizki, 1993 yil 16 sentabrda islom dinida naqshbandiya 
tariqatiga asos solgan Xoja Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 
yilligi Buxoro shahrida keng nishonlandi. 1993 yil 23–24 oktabrda 
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk 
Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom 
Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1994 yil 
18 oktabrda yana Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qo‘shgan 
alloma Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi keng nishonlandi. 1995 
yilning noyabrida Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin 
Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishon-
landi. 1998 yil 23 sentabrda muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 
tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkent 
shahrida o‘tkazildi. 1998 yil 23 oktabrda esa Imom al-Buxoriy 
tavalludining 1225 yilligi Samarqand shahrida nishonlandi va Imom al-
Buxoriy majmuasi ochildi. Bu tadbirlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi 
hukumatining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga 
oshirildi. 
1998 yilga kelib mamlakatda din va diniy faoliyat shu qadar keng 
quloch yozgan ediki, ezgu ishlar bilan bir qatorda, yovuz, qora niyatlarni 
amalga oshirish, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborish uchun 
sharoit yaratishga urinishlar ham ko‘zga tashlanib qoldi. Bu holat 
mantiqan va tarixan 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotdan orqada qolganligini 
ko‘rsata boshladi. Shu bois 1998 yil 1 mayda ushbu qonunning yangi 
tahrirda qabul qilinishi hayot taqozosi bo‘ldi. Bu qonun eskisidan farq 
qilib, dindor shaxs va diniy tashkilot faoliyatining amaldagi 
Konstitutsiyasi va qonunlar asosida tartibga solinishini, fuqarolar 
konstitutsiyaviy huquqlarining poymol etilishiga barham berilishini
 
6


O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda 
demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim edi. 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 
hayotga joriy qilinishi dinga va diniy tashkilotlarga g‘araz maqsadlar bilan 
kirib olgan, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ygan turli unsurlarni bezovta qila boshladi. Bunday qora 
niyatli unsurlar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘li 
bilan o‘z manfur va jirkanch maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar. 
Mash’um 1999 yil 16 fevral, 2004 yil 29, 30 mart – 1 aprel, 2005 yil 
12–13 may voqealari bu jarayonlarning asl mohiyatini ko‘rsatdi. Buning 
oqibatida ko‘plab begunoh odamlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ushbu 
voqealar dinning jiddiy mafkuraviy omilga aylanib borayotganligini, ko‘p 
millatli davlat sharoitida u diniy nizolar chiqishi uchun ayrim siyosiy 
kuchlarga qo‘l kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Natijada dinni, uning tarkibi 
va jamiyat hayotidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. 
O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. 
Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari 
istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis 
so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) 
faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi. 
Tabiiyki, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash demokratik 
davlat sharoitida nafaqat davlat siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini, 
balki, avvalo, diniy konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona 
munosabatlar qaror topishini, eng asosiysi, har bir fuqaroning din, diniy 
mazhablar, dinning tarixi va hozirgi hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy 
tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini talab qiladi. 
Aynan shunday ehtiyojlar dinshunoslikning ijtimoiy mavqeini va 
hozirgi ahamiyatini belgilaydi. Dinshunoslik tarix, falsafa, siyo-
satshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din 
hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – 
bilish,  logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib 
beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va 
mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi. Dinshunoslik fanining 
yana bir muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai 
nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib 
chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, 
jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida 
tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi. 
 
7


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə