«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Dinshunoslik IIV Akademiyasida hamda boshqa yuridik va o‘rta max-
sus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan musulmon huquqi fanidan farq 
qiladi. Dinshunoslik din hodisasining nafaqat huquqiy, balki axloqiy-
ma’naviy, madaniy-ma’rifiy, tarixiy-iqtisodiy jihatlarini, diniy aqidalarning 
mohiyatini, diniy mazhab va oqimlar, ularning asosiy da’vatlari, xususan, 
mafkuraviy da’volarini ham o‘rganadi. Shu ma’noda dinshunoslik keng 
qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini 
umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi. 
Dinshunoslik faniga ehtiyoj yuzaga kelishining yana bir sababi shun-
daki, sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod 
erkinligi ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga 
keng imkoniyatlar yaratildi. E’tiqod erkinligiga tashna xalq ichida diniy 
tasavvurlarga ehtiyoj nihoyatda ortdi. Ammo bu holatdan o‘z manfaati 
yo‘lida foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar ham paydo bo‘ldi. Din, uning 
tarkibi va vazifasi haqida deyarli tasavvurga ega bo‘lmagan kishilar, diniy 
savodsizliklari sababli, turli makkor siyosiy kuchlarning tuzog‘iga ilindilar. 
Din niqobi ostida ish ko‘ruvchi manfur va jirkanch kimsalar azaliy diniy 
qadriyatlarimizning tiklanishiga yo‘l qo‘ymay, diniy bilishni janggarilik va 
takabburlik o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. 
Bunday harakatlarning misoli sifatida Namangan viloyatidagi 1991–
1992 yillar voqealarini keltirishimiz mumkin. U yerda bir guruh unsurlar 
diniy poklanish, azaliy diniy qadriyatlarni tiklash niqobi ostida mavjud 
konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan 
yosh davlatni diniy davlat taraqqiyoti o‘zaniga burib yuborishga harakat 
qildilar. Ular xalqimizning azaliy diniy qadriyatlaridan farq qiluvchi 
vahhobiylik g‘oyalarini targ‘ib qilib, diniy bilimlardan uzoq kishilarni 
haqiqiy islom niqobi ostida o‘z ta’sir doirasiga tortdilar. Ular manfur 
maqsadlarini amalga oshirishda turli jinoyatchi unsurlardan, janggari 
kallakesarlardan foydalandilar.  
2005 yilning may oyidagi Andijon voqealari esa diniy mutaassiblik va 
terrorizmning haqiqiy qiyofasini yana bir marta namoyon qildi. Uning 
tashkilotchi va ishtirokchilari mamlakatimizdagi barqarorlikni qurolli fitna va 
xorijdagi «demokratiya» uchun yollanma kurashchilar yordamida buzishga 
urinib ko‘rdilar. Islom bayrog‘i ostida konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib 
tashlashga da’vatlar xalqimizning g‘azab to‘lqiniga urilib, parchalanib ketdi. 
Afsuski, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarining 
muammoni tinch muzokaralar bilan hal qilishga urinishlari samara bermadi. 
Diniy ekstremistlar va terrorchilar murosasizlik yo‘lini tutib, tinch aholining 
qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. Demokratiya xavf ostida qolgan 
 
8


yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti olib borgan oqilona siyosati 
tufayli mustaqilligimizga tahdid bartaraf etildi. Oqibatda bunday aqida-
parastlarning payi qirqildi. Adashgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lning ahamiyatini 
kechroq anglab yetdilar (Bu haqda qo‘llanmaning so‘ngi qismlarida batafsil 
to‘xtalamiz). 
Dunyoviy, demokratik siyosiy taraqqiyot yo‘lini tanlagan ko‘p 
konfessiyali O‘zbekiston uchun diniy davlat qurish milliy va diniy 
nizolarning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratishi mumkin. Milliy va 
diniy tarkibi jihatidan murakkab bo‘lgan mamlakatda faqat millatlararo 
tenglik va erkinlik munosabatlarigina milliy birlik uchun sharoit yaratadi. 
Mazkur ijtimoiy holat dinshunoslik faniga ehtiyojni yanada oshiradi. 
Ushbu ehtiyoj yana bir muhim ijtimoiy hodisa bilan bog‘liq. Ma’lumki, 
mustaqil iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot yo‘liga kirgan 
O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ayni 
vaqtda u turli diniy mafkuralarga ega davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. 
Bunday sharoitda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
xodimlaridan, balki har bir fuqarodan jahon dinlari, turli diniy oqim va 
mazhablar haqida ilmiy tasavvur va tushunchaga ega bo‘lish talab qilinadi. 
O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy 
konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, 
ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim 
beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy 
e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz 
umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi. Dinshunoslik nafaqat islom, balki 
jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va 
boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, 
oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng 
tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va 
tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy 
e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy 
evolutsiyasini o‘rganadi. 
Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus  – aloqa, 
birikma degan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va vo-
qeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir butunlikka birlashadi) tarmog‘ini 
tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida 
shakllandi. 
Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot 
(teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni 
anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir. 
 
9


Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va 
diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi 
ta’limotdir. 
Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan 
o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi 
tushunishi mumkin deb hisoblaydilar. 
Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy 
yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli 
ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning 
dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi. Falsafiy va ilmiy 
yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga 
tayanib o‘rganadi. 
Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy 
jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Masalan, falsafiy 
yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari 
hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini 
aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday 
yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini 
aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari 
inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi. 
Falsafiy yo‘nalishda xilma-xil oqimlar mavjud bo‘lib, ular dinga 
nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, din falsafasi oqimi 
ilohiyotga o‘xshash vazifalarini bajaradi. Lekin ilohiyotdan farqli o‘laroq, 
xudo va diniy qadriyatlarning obyektiv mavjudligini ilmiy jihatdan 
isbotlashga intiladi. 
XIX asrning o‘rtalarida dinni o‘rganishda ilmiy yondashuvning 
shakllanish jarayoni uzil-kesil yakunlandi. Shu davrda tabiiy va ijtimoiy 
fanlarning rivojlanishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanib, dinni 
yerdagi sabablarga bog‘lab tushuntirish imkoniyati yuzaga keldi. 
Ilmiy yo‘nalish dinni ijtimoiy hayotning bir sohasi sifatida uning 
boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. U din qanday 
shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor 
obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat 
ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni 
o‘rganadi.  
XIX asrning oxirlarida dinni ilmiy o‘rganish asosida bilimlarning 
maxsus tarmog‘i – dinshunoslik fani shakllangan. Dinshunoslik fanining 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
 
10


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə