«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

ishonch yoki kishilarning o‘zaro munosabati va harakatlari sifatida ham 
baholashimiz mumkin. Bunday munosabatlar diniy marosim deb ataladi. 
Diniy marosim individ, guruh yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari 
va orzu-istaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir. Diniy 
g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy ta’limotni 
vujudga keltiradi. Dindorlar diniy marosim orqali muloqotning boshqa 
vositalari samara bermaydigan vazifalarni bajaradilar. Unda harakat yoki 
munosabat muayyan sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki o‘qilgan 
duo ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish obyekti o‘rtasida 
g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi diniy 
marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z ittifoqchisi va 
madadkoriga aylantirishga umid qiladi. 
Qadimda diniy marosimning keng tarqalgan turi qurbonlik bo‘lgan. 
Qurbonlik turli (oziq-ovqatlarning bir qismini ajratish, hayvonlar so‘yish 
kabi) usullarda amalga oshirilgan. 
Qurbonlik negizida boshqa diniy marosimlar yuzaga kelgan. Jumladan
diniy marosimning eng rivojlangan shakllaridan biri sig‘inish ham qurbonlik 
asosida shakllandi. Qurbonlik diniy marosimini bajarish jarayonida 
g‘ayritabiiy kuchga sig‘inish yuzaga kelgan va keyinchalik undan ajralib 
chiqqan. Sig‘inish dindorning so‘z vositasida real yoki uydirma obyektga 
ta’sir qilishga qaratilgan duolari, ramziy xatti-harakatlari majmuasidir. 
Kishining qanday his-tuyg‘ularni ifodalashiga qarab, uni olqishlovchi, 
minnatdorlikni ifodalovchi, gunohlarning kechirilishini so‘rashga 
yo‘naltirilgan va boshqa turlarga bo‘lish mumkin. 
Sig‘inish turli xatti-harakatlar, xulq-atvorlar bilan birga moddiy 
hodisalarni ham o‘z ichiga oladi. Sig‘inishning muhim xususiyati hissiy-
ramziy obrazlarda ifodalanishidir. Sig‘inish tarkibiga turli udumlar, 
an’analar, qurbonliklar, duolar, o‘zini hayot ne’matlaridan cheklash 
(jumladan, ro‘za tutish) kabilar kiradi. Sig‘inish u yoki bu predmetni 
ilohiylashtirish (masalan, Ka’badagi qora tosh, ayrim daraxtlar, muqaddas 
qabrlar, qadamjolar) vositasida amalga oshiriladi. Sig‘inishda turli tumorlar
tasbeh, diniy liboslar ham muhim o‘rin tutadi. Bularning barchasi birgalikda 
sig‘inishga hissiy-ramziy obraz tusini beradi va kishining ruhiyatiga qattiq 
ta’sir qiladi. Sig‘inishning alohida ahamiyati shundaki, kishi o‘z hayotining 
ma’nosini eng oliy qadriyat – narigi dunyoda erishadigan lazzat va fa-
 
14


rovonlik bilan bog‘laydi, bu dunyodagi hayotining o‘tkinchi ekanligiga, 
o‘zining qandaydir tashqi qudratli kuch tomonidan idora etilishiga ishonadi. 
Shveysariyalik olim K. G. Yungning fikricha, diniy ramz (simvol)lar 
inson hayotiga ma’no bag‘ishlaydi.
 
Uning ta’kidlashicha, Amerikadagi 
pueblo qabilasining hindulari o‘zlarini Quyosh ota farzandlari deb 
hisoblashadi. Bu narsa ularga umid bag‘ishlaydi, tasalli beradi, hayotini 
muayyan mazmun va ma’no bilan to‘ldiradi
1

Umid kishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va insonni nochor real 
hayotidan tashqari kelajakda kutayotgan rohatbaxsh daqiqalar sari xayolan 
yetaklaydi. G‘ayritabiiy kuchga ishonish kishining kundalik azob-
uqubatlarni o‘tkinchi bir narsa deb qarashiga, hatto o‘limdan ham 
qo‘rqmasligiga yordam beradi. Chunki taqvodor kishi kelajakda farovon 
hayotga erishishiga ishonadi. Dinning kuchi ham ana shunda. Kishining 
xudoga ishonishi bu dunyoni o‘tkinchi sifatida anglashiga ko‘maklashadi, 
narigi dunyodagi «hayoti»ga umid va ishonch bag‘ishlaydi. Bunday 
holatni mustahkamlash uchun din turli-tuman ramziy hodisalardan 
foydalanadi. 
Diniy marosimlar ongga ta’sir qiladi. Bu ta’sir jarayonida u nafaqat 
axloqiy-ma’naviy, balki estetik vositalardan ham foydalanadi. Masalan, 
diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar – masjid, cherkov, sinagogalarni 
bezashga katta e’tibor beriladi. Bunday joylarda bo‘lgan kishining 
ruhiyatida o‘zgarishlar yuz beradi. Buni xristianlikning katolitsizm 
yo‘nalishi misolida ham ko‘rsatish mumkin. Cherkovning ichki va tashqi 
qismlari rassomchilik, haykaltaroshlik asarlari bilan bezatiladi, 
marosimlarga tantanali tus beriladi, xor va organ musiqasidan 
foydalaniladi. Dindor cherkovdan o‘zini yengil his qilib chiqadi, diniy 
bilimi kengayadi, e’tiqodi mustahkamlanadi. 
Islom dinida ham badiiy-hissiy usullardan ustalik bilan foydalaniladi. 
Masalan, Qur’onni yoki biror-bir duoni qiroat bilan o‘qish, og‘zaki nutq 
madaniyati, notiqlik san’ati usullaridan foydalanish yordamida bajariladi. 
Ta’kidlash joizki, aksariyat din peshvolari va allomalar nutqining 
ta’sirchanligi hatto ba’zi mashhur professorlarnikidan ham ustun turadi. 
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallaydi. E’tiqod  – kishining 
muayyan hodisa, uning xossa va xususiyatlari haqqoniy ekanligiga ishonchi. 
                                           
1
 Ќаранг: Юнг К. Г. Архетип и символ. – М., 1992. – С. 81.
 
 
15


Ishonch e’tiqodning asosini tashkil etadi. Biroq har qanday ishonch ham 
e’tiqodga aylanavermaydi. Garchi ishonch va e’tiqod bir-biriga juda yaqin va 
o‘xshash bo‘lsa-da, biroq ular o‘rtasida farq ham mavjud. Odatda, e’tiqod 
deganda diniy e’tiqod tushuniladi. Aslida, e’tiqod diniy ham, dunyoviy ham 
bo‘lishi mumkin. Diniy e’tiqod g‘ayritabiiy kuchlar va hodisalarga ishonish
sig‘inish orqali shakllanadi. E’tiqodning dunyoviy ko‘rinishi esa insonni 
o‘rab turuvchi obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni hissiy tajriba va ilmiy 
bilish asosida shakllanadi. 
Diniy marosimlarni dindorlar yakka tartibda yoki jamoaga birlashib 
amalga oshiradilar. Ularning jamoaga birlashuvi osonlikcha kechmaydi. Shu 
tariqa diniy ijtimoiy institutlar shakllanadi. Bunday institutlarning 
boshlang‘ich bo‘g‘ini dindorlar guruhidir. Dastlabki dindorlar guruhi mehnat, 
urug‘ jamoalari negizida yuzaga kelganligi bois butun urug‘ yoki qabila 
a’zolarini birlashtirgan. Diniy marosimlarda barcha urug‘ a’zolari ishtirok 
etgan. Diniy tajribaning ortib borishi bilan diniy marosimlarni bajarishni 
tashkil etuvchi va boshqaradigan mutaxassislar – shomonlar, sehrgarlar – 
ajralib chiqqan. Ular asta-sekin mazkur faoliyat turini o‘zlashtirib, kasbiy gu-
ruhlarga birlashganlar. 
Xususiy mulk, sinflar va davlatning paydo bo‘lishi bilan dinning 
ijtimoiy vazifalari kengayib borgan. Dinning vazifalaridan biri hukmron 
sinf va davlat manfaatlariga xizmat qilish bo‘lgan. Mavjud siyosiy tizim va 
hukmdorning shaxsi ilohiylashtirilgan. 
Jamiyatdagi o‘zgarishlar diniy marosimlar va institutlarga ham ta’sir 
etgan. Diniy marosimlarning murakkab tizimlari shakllangan. Nisbatan 
mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan kohinlar korporasiyasi yuzaga kelgan. 
Diniy korporatsiya faoliyat turiga ko‘ra birlashgan kishilarning tashkiloti 
bo‘lgan. Lekin u davlat apparatining tarkibiy qismi sifatida faoliyat 
ko‘rsatgan. Shu davrdan boshlab kohinlar alohida tabaqaga birlashganlar. 
Davlat tuzumi va hukmdorning muqaddaslashtirilishi kohinlarning 
jamiyatdagi mavqeini mustahkamlab borgan. Kohinlar o‘z davrining eng 
bilimdon vakillari sifatida davlatning siyosiy tizimi shakllanishida faol 
ishtirok etganlar. 
Ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy institutlarning takomillashuvi 
jarayonida din davlat siyosiy tizimining tarkibidan ajralib chiqqan va 
mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlagan. Diniy tashkilot ham davlatning 
siyosiy tizimidan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotga aylangan. 
 
16


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə