«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

Diniy tashkilot diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan 
birligi bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi. U 
insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida xilma-xil aks etadi. 
Diniy tashkilotlar kishilik jamiyatida keskin sinfiy tabaqalanish yuzaga 
kelishi, aqliy mehnatning nisbiy mustaqilligi mustahkamlanishi bilan 
alohida ijtimoiy mavqega ega bo‘lib boradi. 
Diniy tashkilotlar masjid (cherkov), sekta (mazhab), xarizmatik 
marosim va denominatsiya kabilarga bo‘linadi. 
Cherkov – diniy qarashlar va g‘oyalarni ishlab chiqadigan, saqlaydigan 
hamda almashadigan, diniy faoliyatni tashkil etadigan, dindorlarni nazorat 
qiladigan, iyerarxiya tizimi asosida boshqariladigan dindorlar tashkiloti. 
Cherkovga taalluqlilik mustaqil tanlov asosida emas, balki an’ana bilan 
belgilanadi. Unga qabul qilinish uchun dindor maxsus marosimdan o‘tishi 
kerak. Cherkov, odatda, dindorlarning marosimlarni bajarishlari yoki xulq-
atvorlarini qat’iy nazorat qilmaydi. Cherkovga a’zolik an’anaga ko‘ra 
belgilansa, sekta a’zolari e’tiqodiga ko‘ra birlashadilar. 
Sekta (mazhab) – diniy qarashlari va marosimlaridagi tafovutlariga ko‘ra 
rasmiy cherkovdan ajralib chiqqan guruh yoki tashkilot. Diniy sektalar, 
odatda, davlat hokimiyati va rasmiy cherkovga muxolafatda turadi. Shu bois 
sekta a’zolari davlat hokimiyati va rasmiy din vakillari tomonidan ta’qib 
qilinishi mumkin. Sektaga a’zolik qat’iy tartibga solinadi, ularning boshqa 
tashkilotlar bilan aloqasi cheklanadi yoki taqiqlanadi. Sekta a’zolarining 
tengligi e’tirof etiladi. Ular ruhoniylar va dindorlarga bo‘linmaydi. 
Xarizmatik marosim tashkil etilish prinsipi (tamoyili)ga ko‘ra sektaga 
o‘xshaydi. Tashkilot o‘tkir zakovat (xarizma)ga ega shaxs atrofida 
maslakdoshlarining jipslashuvidan yuzaga keladi. Unda rahbarning shaxsi 
ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko‘tariladi. Tashkilot a’zolari o‘rnatilgan 
tartib-intizomga qat’iy amal qiladilar. Tashqi aloqalari cheklanadi yoki 
butunlay to‘xtatiladi, rahbarga so‘zsiz itoat etiladi. 
Hozirgi dinlarda «denominatsiya» (lotincha denominatio  – boshqa 
nom qo‘yish, nomini o‘zgartirish) degan diniy-tashkiliy hodisani ham 
kuzatish mumkin. Ilmiy adabiyotda bu hali chuqur o‘rganilmagan. Biroq 
denominatsiya hozirgi zamonda buddaviylik, xristianlik, islom va iudaizm 
kabi dinlarda katta ahamiyatga ega. 
 
17


Denominatsiya  diniy tashkilotlarning oraliq yoki vositachi shakli 
bo‘lib, cherkov va mazhablar oralig‘ida turadi. Uni din falsafasi va din 
sotsiologiyasi fanlari o‘rganadi. 
Diniy tashkilotlarning yuqorida qayd etilgan tartibda tasniflanishi 
shartli ahamiyatga ega. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan murakkab 
jarayonlar ta’sirida ularning sifati o‘zgarishi mumkin. Sektalar cherkovga 
aylanishi yoki yangi sektalar yuzaga kelishi mumkin. Hozirgi davrda jahon 
dini darajasiga ko‘tarilgan dinlarning dastlab sekta sifatida yuzaga kelgani 
va uzoq rivojlanish bosqichidan o‘tgani fikrimizning isbotidir. 
Mamlakatimizda diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi 1998 yil 1 may (yangi 
tahrirdagi) qonuni asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qonun 1991 yil 14 
iyunda qabul qilingan variantidan farq qilib, diniy tashkilotlar faoliyatini 
huquqiy jihatdan mukammalroq kafolatlaydi. Dinlar tarkibida, diniy 
tashkilotlardan tashqari, turli mazhablar ham muhim o‘rin tutadi. Mazhab 
muayyan diniy mafkuraning xususiy ko‘rinishi, ortodoksal, ya’ni 
fundamental diniy ideologiyadan qisman farq qiluvchi yoki unga 
muxolafatda bo‘lgan diniy maslakdoshlar birlashmasidir. Masalan, 
xristianlikda baptistlar, yevangelistlar, kalvinistlar, lyuteranlar, murmonlar 
va boshqa diniy sektalar mavjud. Ular rasmiy xristian dinining ayrim 
g‘oyalaridan farq qiluvchi diniy tasavvurlarni targ‘ib qiladilar. 
Islom dinida ham shunga o‘xshash ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druz va 
boshqa diniy mazhablar mavjud. Shuni alohida qayd etish joizki, mazhablar 
nafaqat sof diniy, balki ko‘pincha siyosiy va huquqiy asosga ham ega 
bo‘ladi. Ular ko‘pincha o‘zlarining siyosiy va huquqiy manfaatlarini diniy 
niqobda ifoda etadilar. Jamiyatdagi muayyan tabaqaning hukmron siyosiy 
tartibdan ijtimoiy noroziligini ochiq ifoda eta olishi uchun yetarli shart-
sharoitlarning mavjud emasligi ham bunga sabab bo‘ladi. Jamiyatdagi 
ijtimoiy adolatsizlik, davlatning byurokratlashuvi fuqarolarda norozilikni 
shakllantirishi mumkin. Sektalar esa buni diniy qiyofada yoki din vositasida 
ham ifoda etishga harakat qiladilar. Bunday urinishlar rivojlana borib, 
ochiqdan-ochiq siyosiy tus olishi, diniy davlat qurish da’vosini yuzaga 
keltirishi mumkin. Buning oldini olishning yagona yo‘li dunyoviy 
qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, inson 
huquqlari va erkinliklarining ro‘yobga chiqishi uchun real sharoit yaratishdir. 
 
18


Din o‘z mavqei va inson hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy hayotning 
muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham u inson va jamiyat hayotida 
muhim o‘rin tutadi va ahamiyatiga ko‘ra turli vazifalarni bajaradi. Odatda, 
din dunyoqarash, regulyativ, integrativ, kompensatorlik, legitim (qonuniy) 
va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi. 
Dinning dunyoqarash vazifasi shundan iboratki, dindor atrofdagi narsa 
va hodisalarni o‘tkinchi deb, ya’ni insonning real hayotdagi faoliyati narigi 
(boqiy) dunyo uchun faqat asos, tayyorgarlik deb biladi. Dindor (diniy 
dunyoqarashga asoslangan kishi) umr mazmunini narigi dunyoga 
tayyorlanish, bu dunyoning azob-uqubatlari va adolatsizliklariga sabr-
qanoat qilish, chidashdan iborat deb hisoblaydi. U o‘limni hech qanday 
qo‘rquvsiz qabul qilishi kerak, chunki o‘lim insonning boqiy hayotga 
o‘tish yo‘li, deb bilinadi. Dunyoqarash vazifasi shu o‘rinda dinning taskin 
berish (kompenatorlik) vazifasi bilan uyg‘unlashib ketadi. 
Dinning  kompensatorlik  (lotincha  compensare – tenglashtirish, 
muvozanatlashtirish, to‘ldirish degan ma’nolarni anglatadi) vazifasi 
kishilarning hayotini boyitadi, diqqatlarini kundalik muammolardan 
boshqa narsalarga jalb qiladi, ularni ovutadi. Mazkur vazifa orqali din 
kishilarda ertangi kuniga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Ularni hayotiy 
qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka va har qanday sharoitda xudoga 
ishonchini yo‘qotmaslikka o‘rgatadi. 
Dinning  integrativ  vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, 
mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch 
ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning 
asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi 
kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida 
birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. 
E. Dyurkgeym ayniqsa diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. 
Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy 
hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkam-
laydi, an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi. 
Dinning integrativ vazifasi bilan regulyativlik  (lotincha  reguiare  – 
muayyan tartibga bo‘ysundirish, tartibga solish, o‘rnatish degan 
ma’nolarni anglatadi) vazifasi uzviydir. Regulyativlik vazifasi diniy xulq-
atvor normalari vositasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ushbu 
normalarni dindorlarning bajarishlarini nazorat qiladi. Bunday normalarga 
 
19


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə