«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63

diniy urf-odatlar, marosimlar, an’analar va bayramlarni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. 
Dinning regulyativlik vazifasi dindorlar faoliyatining tartibga solinishi 
qonuniylashtirilishini taqozo etadi. Bu esa uning legitimlik  vazifasini 
keltirib chiqaradi. Mazkur vazifani birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog 
olim T. Parsons ajratgan. Uning fikricha, muayyan qonuniyliksiz, ya’ni 
legitimliksiz hech bir ijtimoiy tizim mavjud bo‘la olmaydi. Legitimlik 
vositasida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari muayyan qolipga solinadi
jamiyatda barqarorlik ta’minlanadi. T. Parsons  diniy  normalarni jamiyat 
taraqqiyoti davomida shakllanib, o‘zgarib va rivojlanib boruvchi boshqa 
ijtimoiy normalardan ustun qo‘yadi, chunki diniy normalar jamiyatning 
axloqiy-ma’naviy tartibini belgilaydi. 
Legitimlik dindorlarning e’tiqod bilan bog‘liq o‘zaro aloqalarini 
taqozo etadi. Bu esa uning navbatdagi aloqa vazifasini yuzaga keltiradi. 
Dinning aloqa vazifasi dindorlarni diniy mafkura vositasida birlashtiradi. 
Shu bilan birga, jamiyat va shaxs o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatilishiga 
yordam beradi. 
Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, din o‘z tarkibiga ko‘ra juda 
murakkab va rang-barang mazmunga ega. U insonning hissiy-obrazli 
faoliyatidan tortib hayot ma’nosini anglashi bilan bog‘liq bo‘lgan yuksak 
axloqiy-ma’naviy faoliyati, tafakkuri va ijodiga xos hodisalarni qamrab 
oladi. Din tarkibida axloqiy elementlar bilan birga huquqiy va siyosiy 
jihatlar ham mavjud. Shu bois dinga faqat axloqiy-ma’naviy hodisa deb 
qarash noto‘g‘ri. Unda qonuniylik va uni siyosiy jihatdan 
mustahkamlashga qaratilgan ruhiy imkoniyat ham mavjud. Dinning 
bunday jihatlarini mazkur qo‘llanmada alohida mavzu tarzida o‘rganamiz. 
 
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat? 
2. Dinshunoslikning boshqa gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 
bilan aloqadorligini tahlil qiling. 
3. Dinshunoslikning boshqa fanlardan farqli jihatlarini aniqlang. 
4. Ichki ishlar organlari xodimlarining dinshunoslik fanini o‘rganish 
zaruriyati nimalardan iborat? 
5. Dinning tarkibiy qismlari deganda nimani tushunasiz? 
6. Diniy psixologiya nima? 
 
20


7. Diniy mafkura nima? 
8. Diniy mafkuraning xususiyatlarini aytib bering. 
9. Diniy marosimning qanday shakllarini bilasiz? 
10. Diniy tashkilot deganda nimani tushunasiz? 
11. Din jamiyatda qanday funksiyalarni bajaradi? 
 
 
21


2-mavzu 
DINNING ILK SHAKLLARI VA ULARNING INSON 
DUNYOQARASHIGA TA’SIRI 
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishga asosiy 
yondashuvlar 
Dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganish qadimdan insoniyatni 
qiziqtirib kelgan va hozir ham bu muammo o‘zining dolzarb ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Masalaning murakkabligi shundaki, ilk diniy qarashlar 
paydo bo‘lgan insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan bizgacha yetib 
kelgan ashyoviy manbalar va etnografik ma’lumotlar ilmiy xulosa 
chiqarishimiz uchun yetarli emas. 
Qadimgi davrlardan dinni o‘rganishda muammoga yondashuv va ular-
ni hal etish usullari bilan o‘zaro farq qiladigan ilohiyot va ilmiy 
yo‘nalishlar yuzaga kelgan.  
Ilohiyot ta’limotiga ko‘ra olam, undagi barcha narsa va jonzodlarni 
xudo yaratgan. Olamdagi barcha hodisa va jarayonlar uning irodasi bilan 
yuz beradi. Jahon dinlaridan biri bo‘lgan xristianlik ta’limotiga binoan 
xudo insonni o‘zining jismiga monand qilib yaratdi va moddiy olamga 
egalik qilishni buyurgan. Xudo borliqni, shu jumladan, insonni ham 
yaratgan vaqtda u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan. Lekin, Odam Ato 
(Adam) va Momo Havo (Yeva) xudoning irodasini bajarmay gunohga yo‘l 
qo‘yganligi sababli, u bilan bevosita muloqot imtiyozidan mahrum bo‘ldi. 
Lekin xudo insonga xalos bo‘lish imkoniyatini berdi. Insoniyat xudoni 
bilish, ilohiy haqiqatni idrok etish salohiyatini saqlab qoldi. Zero, inson-
ning xudo bilan bevosita aloqani qayta tiklash yo‘lidagi faoliyati umumiy 
nom bilan din deb ataladi. 
Insoniyat xudo bilan aloqadan mahrum bo‘lganidan keyin jaholat, 
zulmat, adolatsizlik, yovuzlik va muhtojlik kabi vayronkor kuchlarga qarshi 
tinimsiz kurash olib borishga duchor qilindi. Qiyin sinovlarga duchor bo‘lgan 
inson xudoni bilish maqsadidan voz kechmadi. Uning bu boradagi dastlabki 
qadami xudoga ibodat qilishdan boshlangan. Injilda qayd etilishicha, inson 
dastlabki ibodatida xudoga qurbonlik keltirgan. Mashaqqatli mehnat bilan 
topgan mahsulotining bir qismini qurbonlikka bag‘ishlagan va yo‘l qo‘ygan 
xatosi uchun har qanday sinovlardan o‘tishga tayyorligini namoyish etgan.  
Ilohiyot insoniyat tarixini xudoni bilish tarixi deb biladi. Odamzod 
asrlar davomida xudoni bilishga intilib, moddiy dunyo to‘g‘risidagi 
bilimlarini takomillashtirib bordi va bu jarayon hali nihoyasiga yetgani 
yo‘q. 
 
22


Kishi xudoga e’tiqod qilishni dastlab yakka xudoga sig‘inishdan 
boshlagan. Keyinchalik turli obyektiv va subyektiv sabablar tufayli tabiat 
voqeliklarini ilohiylashtirgan va ko‘pxudolik paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt 
davom etgan izlanishlardan keyin yagona xudoga sig‘inish yana qayta 
tiklandi. Ilohiyot an’analariga asoslanadigan dinshunoslar din tarixini 
yuqorida qayd etilgan prinsiplar asosida o‘rganadi. 
Fan dinning vujudga kelish sabablarini o‘rganishda boshqa prinsip va 
qonuniyatlarga asoslanadi. Olamning g‘ayritabiiy kuch faoliyati natijasida 
paydo bo‘lganligi g‘oyasi inkor qilinadi. Fan dinni madaniyatning tarkibiy 
qismi sifatida ilmiy uslublarga tayanib o‘rganadi. Dinni ilmiy o‘rganish 
dalillarga asoslanadi. Dinshunoslik bu dalillarni tabiiy va ijtimoiy 
fanlardan oladi. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra insoniyat hozirgi holatga ega bo‘lishi uchun 
bir necha million yillik tadrijiy rivojlanish davrlaridan o‘tgan. Bu jarayon 
bir qator bosqichlarga bo‘linadi. Miloddan avvalgi 40–35-ming yilliklarda 
«Xomo xabilis» (ishbilarmon odam) o‘rnini «Xomo sapiyens» (ongli 
odam) egallagan. «Xomo sapiyens»ning dastlabki vakili «kromanyon 
odam» ajdodlaridan jismoniy tuzilishi, fiziologik va ruhiy imkoniyatlari 
bilan keskin farq qilgan. Shu davrdan boshlab madaniyatning muhim 
elementlari til orqali muloqot qilish, qon-qardoshlik aloqalari, o‘zaro 
munosabatlarni axloq normalari asosida tartibga solish singari madaniyat 
elementlari vujudga kelgan. 
Bizgacha yetib kelgan arxeologik manbalarning tasdiqlashicha, yuqori 
paleolit davridan boshlab odamlar vafot etgan urug‘doshlarini ko‘mish 
marosimini amalga oshirganlar. Marhumlarning tanasiga rangli bo‘yoq 
surtilgan, qabriga ov va mehnat qurollari, maishiy buyumlar qo‘yilgan. Qoya 
va g‘orlarda chizilgan sujetlarda odamlar yarim odam va yarim hayvon 
qiyofasida tasvirlangan. Ushbu ma’lumotlar ham o‘sha vaqtda dinning paydo 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Dinning vujudga kelish sabablarini ilmiy o‘rganish qadimgi davrlardan 
boshlangan. Dastlabki ilmiy qarashlar Qadimgi Sharq va Qadimgi O‘rta Yer 
dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta Yer dengizi havzasida 
vujudga kelgan Qadimgi Grek va Rim sivilizatsiyalarida dinning vujudga 
kelishini ilmiy o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlari bunga munosabat masalasida ikki oqimga bo‘linadi. Birinchi 
oqim tarafdorlari odamlarning xudoga e’tiqod qilishi sabablarini ruhiy (ideal) 
kuchlarning obyektiv mavjudligi bilan bog‘lab tushuntirganlar; ikkinchi 
oqim tarafdorlari esa dinning vujudga kelishini tabiiy va ijtimoiy sabablarini 
axtarib topishga harakat qilganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, din o‘z-o‘zidan 
 
23


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə