«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63

(immanent) vujudga kelmagan, balki u odamlarni qo‘rqitish va jamiyat 
qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab topilgan. Qadimgi grek 
mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning tabiatdagi 
dahshatli kuchlardan qo‘rqishlari va ular oldidagi ojizliklar sababli vujudga 
kelgan deb hisoblagan. Albatta, buni inkor etib bo‘lmaydi, lekin xudoga 
munosabatda odamlarda ko‘proq qo‘rqinch hissi emas, balki mehr-muhabbat 
tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda naf-
ratni vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.  
Antik davr hurfikrligi dinning vujudga kelishi sabablarini moddiy 
borliq bilan uzviy bog‘lab tushuntirishda erishgan yutuqlari  ilmiy 
dinshunoslikning vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘rta asrlarda ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlar ta’sirida dinning 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. 
Cherkov va ruhoniylar dunyoviy hokimiyatga da’vogarlik qilish bilan 
birga hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashdilar. 
Mutafakkirlarning haqiqatni izlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida diniy 
dogmalar doirasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmadi. 
Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotda amalga oshirilgan o‘zgarishlar (kapitalistik munosabatlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi, fan va san’atning yuksalishi, gumanizm va 
reformatsiya harakatlari) natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana 
boshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas Gobbs (1588–1679 yillar) dinning 
vujudga kelishi sabablarini odamlarning tabiat va jamiyat rivojlanishi 
qonuniyatlarini bilmasligi, ular oldidagi ojizligi, doimo tahlika va qo‘rquvda 
yashashlari bilan bog‘lab tushuntirgan. Niderlandiyalik mutafakkir 
B. Spinoza esa (1632–1677 yillar) T. Gobbsning g‘oyalarini rivojlantirgan. U 
o‘z kuchiga ishonmaslik, umid va qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanish 
odamlarga xos deb hisoblagan va diniy e’tiqodning ular ta’sirida vujudga 
kelgani to‘g‘risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. 
XVIII asrda feodal tuzum inqirozi sababli burjua revolutsiyalarining 
yangi kuch bilan Yevropada yoyilishi mutafakkirlarning dinga 
munosabatida o‘ta keskin namoyon bo‘lgan. Din – feodal tuzumning 
inqirozi sababchisi va ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch, degan 
kayfiyat ustuvorlik qilgan. Bunday fikr ayniqsa fransuz 
ma’rifatparvarlarining qarashlarida keskin namoyon bo‘lgan. Ma’ri-
fatparvar P. Golbax (1723–1789) dinni kishining xayolida vujudga kelgan 
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov 
an’analarini tanqid qilib, agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish kerak 
edi, deb P. 
Golbaxning fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Ma’rifatparvar 
 
24


P. S. Mareshal  (1750–1803)  dinni  tanqid qilishda yanada keskin fikr 
bildirgan va din inson uchun afyundir  degan xulosaga kelgan. 
Ma’rifatparvar mutafakkirlarning din vujudga kelishi sabablarini 
o‘rganishda aytgan mulohazalarini amaliyotdan yiroq deb bo‘lmaydi. 
Lekin ularning muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obyektiv yondashuvlari 
buzilganligi shubhasizdir, chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik 
yoki inson uchun afyun deb baholash uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini 
to‘liq inkor etishdan boshqa hech narsa emas. Ayni damda 
ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga kelishini 
ijtimoiy hayot bilan bog‘lab tushuntirishga urinishlari antik davr 
hurfikrligining qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega 
bo‘lishiga sharoit yaratganini qayd etish lozim.  
XIX asrda dinning mohiyati va vujudga kelishi sabablarini kompleks 
o‘rganish boshlagan. Ilmiy dinshunoslik maktablari, yo‘nalishlari va 
ta’limotlari paydo bo‘lgan. Birinchilar qatorida  V. Grimm,  M. Myuller  kabi 
shaxslar rahbarligida mifologik maktab vujudga kelgan. Ushbu maktab 
vakillari diniy e’tiqodlarni qadimgi munajjimlar bajarganlar va afsonalarda 
ta’riflangan marosimlarni o‘rganishdan paydo bo‘lgan deb hisoblaganlar. 
Ammo maktab vakillari rivojlangan diniy tizimlarni tahlil qilishda aniq 
xulosalar bermaganlar. 
Dinning paydo bo‘lishini o‘rganishda o‘sha davrda antropologik 
maktabning vujudga kelishi muhim bo‘ldi. Ushbu maktabning vakillaridan 
biri L. 
Feyerbax (1806–1880) dinni tushuntirishda uning yerdagi 
manbalari va ildizlarini izlab topishga harakat qilgan. Odamlar din 
timsolida o‘zlarining tasavvurlari orqali vujudga keltirilgan obrazlarga 
sog‘inadi deb diniy qarashlar va hissiyotlar kishilarda tug‘ma mavjudligi 
to‘g‘risidagi ilohiyot g‘oyasini tanqid qilgan. Uning vujudga kelishi 
sabablarini odamlarning ruhiy fiziologik xususiyatlari va qurshab turgan 
tabiatdan axtarib topishga harakat qilgan. Mutafakkir diniy e’tiqodning 
vujudga kelishida salbiy his-tuyg‘ular, ya’ni qo‘rqish, qayg‘u-iztirob 
kabilar bilan birga shodlik, mehr-oqibat, sevgi, minnatdorlik singari ijobiy 
his-tuyg‘ular ham ishtirok etishini qayd etgan. 
XIX asrning o‘rtalarida vujudga kelgan marksizm dinni o‘rganishda 
o‘zgacha yondashuvga asoslanadi. Unda ijtimoiy shart-sharoitlar va 
jamiyat rivojlanishi darajasiga alohida e’tibor beriladi. Marksizm 
ta’limotiga binoan, individ shaxs sifatida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida 
shakllanadi. Shu bois diniy tasavvurlar inson ongida emas, balki tarixiy 
jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Din turlarining rivojlanishi ham o‘z-
 
25


o‘zidan yuz bermaydi. Ular ijtimoiy shart-sharoitlarning pishib yetilishi va 
jamiyatning rivojlanishi ta’sirida o‘zgarib boradi. 
Marksizm dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati masalasida 
dinni hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy 
taraqqiyotga qarshi kuch hamda ma’naviy zulm shakli deb baholagan. 
XX asrda dinning vujudga kelishi sabablarini antropologik 
yondashuvidagidek ibtidoiy odamning abstrakt tafakkuri mahsuli, ongning 
mantiq qoidalariga zid kelishi natijasi sifatida baholash va marksizmdagi 
hukmron sinflarning afkor xalq ommasini ezish vositasi, ijtimoiy 
taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi kuch kabilar bilan bog‘lab tushuntirishdan 
farq qiluvchi g‘oyalar vujudga kelgan.  
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida dinni sotsiologik 
o‘rganishda katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu sohada nemis mutafakkiri 
M. Veber (1864–1920) va fransuz mutafakkiri E. Dyurkgeymlarning 
(1858–1917) xizmatlari katta bo‘lgan. 
M. Veberning fikriga ko‘ra, sotsiologiyani dinning manbalari va 
metafizik mohiyati masalasi emas, balki uning mavjudligi, shart-sharoitlari 
qiziqtiradi. Sotsiologiya esa diniy g‘oyalar va tasavvurlarning kishilar 
xatti-harakatlari va ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishi 
kerak. 
M. Veber  sotsiologiya  predmetini dinning sotsial funksiyasidan kelib 
chiqqan holda belgilagan. Dinni individ va jamiyatning ahamiyati, 
simvollari va qadriyatlarini belgilovchi madaniy tizim, ijtimoiy institut deb 
hisoblagan.  
Din qadriyatlarning birlamchi asosidir. Zero, din kishi harakatiga 
ma’no va mazmun baxsh etuvchi eng muhim usul sifatida uning maqsadini 
belgilaydi. Din vositasida dunyo manzarasi ishlab chiqiladi, unda amal 
qiladigan qadriyatlar va normalar tizimi hosil qilinadi. Bu esa hayot uchun 
nimalar ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlovchi vosita vazifasini 
bajaradi.  
E. Dyurkgeym dinni o‘rganishda M. Veberga nisbatan tamoman bosh-
qacha yondashadi. U dinni o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarning 
umumiy prinsiplariga tayanadi. Uning fikriga ko‘ra, sotsial ma’lu-
motlarning manbai tafakkurda yoki alohida olingan kishilarning xatti-
harakatlarida emas, balki jamiyatdadir. Sotsial voqelik hosil bo‘lishi uchun 
kamida bir necha kishi birlashib harakat qilishi va bu jarayon yangi 
natijani vujudga keltirishi kerak. Mazkur jarayonlarning natijasi individ 
ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun 
xatti-harakatlar, qadriyatlar va normalar namunasi vujudga keladi va 
 
26


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə