pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham mavjud. Ikki nemis davlati birlashganidan so‘ng mamlakat aholisi keskin ko‘paydi va hozir salkam 83 mln. kishini tashkil qiladi (G‘arbiy Yevropada birinchi o£rinni egallaydi). Tug‘ilish o‘limdan birmuncha ko‘proq, 1 km2 ga 237 kishi to‘g‘ri keladi. Germaniya aholisining soni inuhojirlar (Turkiya, sobiq Yugoslaviya respublikalari, Italiya, Gretsiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelayotgan) hisobiga oshib bormoqda. Davlatning qayta birlashishi arafasida G‘arbiy yerlarda 5 mln. ga yaqin, Sharqda esa 0,2 mln. chet elliklar bor edi. Hozirgi paytga kelib ular soni 6 mln. dan oshdi. Davlat tili — nemis tili. Aholining eng ko‘p qismi nemislar, qolganlari — dunyoning turli davlatlaridan kelgan muhojirlardan iborat. Ustuvor din — xristian dini. Mamlakatda 40 mln. — proiestantlar, 35 mln. katoliklar mavjud. Janub va G‘arbda katoliklar ko'p uchraydi, qolgan hududlarda protestantlar ustunlikka ega. Shaharlarda mamlakat aholisining salkam 90% i yashaydi. Ko‘pgina shahariar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi. biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan shahariar ko"p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Xll-Mustahkamlash: 1. Germaniya Federativ Respublikasining geografik o ‘rni hamda tabiiy resurslar
bilan ta'minlanganligini baholab bering.
2. Germaniya mehnat resurslartning sifat ko'rsatkichlari yuqori darajaga ega ekanligi
qanday omillar bilan bogiangan?
3. Germaniya — Yevropada eng rivojlangan davlat, iqtisodiy rivojlanganligi darajasi
bo'yicha jahonning uchinchi mamlakat! ekanligi to‘g‘risida nimalami bilasiz?
III-Darsning mavzusi: Osiya m am lakatlari aholisi.