Tasdiqlangan


To‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə16/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

To‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar
2.1.88. To‘siq qurilmalari ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash hamda taqsimlovchi uskunalar uchastkalariga kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi.
2.1.89. Shchitlar alif shimdirilgan va rangsiz lok surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektr izolatsiyalovchi materialdan qilinishi lozim. Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim. Shchit konstruksiyasi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi darkor. Shchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi kerak.
2.1.90. Shchitlarni shunday o‘rnatish kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur.
2.1.91. Shchitlarning kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishiga ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‘suvchi shchitdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”da qayd etilgan masofaga mos kelmog‘i shart. (“Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sharq”, 1995-yil, 14-bet).
2.1.92. To‘siqlarni mustahkam o‘rnatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan shchitlarni ishlatishdan oldin ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqarorligini va detallarning chidamliligini tekshirish lozim.
2.1.93. Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun qalpoqlarni bir qutbli ajratgich pichoqlariga kiygiziladi. Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo‘yicha ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatishning iloji bo‘lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo‘llaniladi. Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi zarur. Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‘rnatish va echib olgan asosiy himoya vositalarini qo‘llagan holda amalga oshirilishi zarur. Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va boshqa buzilishlarning yo‘qligi har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim.

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə