Tasdiqlangan


Izolatsiyalovchi qoplamalar



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə26/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

Izolatsiyalovchi qoplamalar
3.1.49. 3 — 10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qattiq elektroizolatsiyalovchi materiallardan tayyorlangan mustahkam izolatsiyalovchi qoplamalar 20 kV kuchlanish bilan, 15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida 30 kV kuchlanish bilan, 20 kV kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qoplamalar 40 kV kuchlanish bilan sinaladi. Sinov davom etish muddati 5 minut.
3.1.50. Qoplamalarning elektr chidamliligini sinash uchun avval ularni chetlari qoplama chetlariga 50 mm etmagan plastinkasimon ikkita elektrodlar orasiga o‘rnatiladi, keyin qoplamalar elektrodlar orasiga turli tomonlari bo‘yicha joylashtiriladi, bunda elektrodlar orasidagi masofa ma’lum kuchlanishda ishlatiladigan ajratgichlarning qutblari orasidagi masofadan ortiq bo‘lishi kerak emas.
3.1.51. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan dielektrik rezinadan tayyorlangan izolatsiyalovchi qoplamalar bir minut davomida 2 kV kuchlanish bilan sinaladi. Suv bilan ho‘llangan tekis yoki taram-taram ariqchali (agar ular bo‘lsa) qoplamalar qoplamalarning chetiga 15 mm ga etmagan ikki elektrod orasiga o‘rnatiladi. Qoplamadan o‘tayotgan tokni o‘lchash uchun transformatordagi kuchlanishni ko‘tarib beruvchi cho‘lg‘am zanjiriga milliampermetr ulanadi. Bunda qabul qilish-topshirish sinovlarida tok kuchi 5 mA dan oshmasligi, ishlatish sinovlari mobaynida esa 6 mA dan oshmasligi zarur. Sinov davom etish muddati 1 minut.
3.1.52. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan qattiq elektroizolatsiyalovchi materiallardan tayyorlangan izolatsiyalovchi qoplamalar rezinali qoplamalar uchun mo‘ljallangan me’yorlarda sinaladi. Bunda izolatsiyalovchi qoplamalardan o‘tayotgan tok kuchining sizib kamayish toki o‘lchanmaydi.
Izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik — yig‘uv asboblari
3.1.53. Asboblar izolatsiyasi qabul qilish-topshirish sinovlarida 6 kV kuchlanish va ishlatish mobaynida esa 2 kV kuchlanish bilan sinaladi. Sinash muddati bir minut.
3.1.54. Asbobni yuqori kuchlanish bilan sinash uchun asbob avval iflosliklar va yog‘lardan tozalanib, izolatsiyalovchi qismi 20° S ± 5° S vanna haroratidagi suvga izolatsiya chetiga 10 mm qolguncha tushiriladi. Sinov transformatorining bir chiqish simi asbobning metall qismiga ulanadi, ikkinchisi esa suvli vannaga ulanadi. Transformatorning vannaga ulangan ikkinchi simi esa yerga ulanadi. Sinashni qo‘lqop, etik va kalishlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan uskunada o‘tkazish mumkin,

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə