1-bosqich.
Mavzuga kirish qismi (15 daqiqa)
|
1.1.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashadi.
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshiradi,
Yo’qlama qiladi.
Baholash myzonlarini yetkazadi.(1-ilova)
1.2.O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini suhbat shaklidagi savollar bo’yicha jonlashtiradi(2-ilova)
1.3.Yangi mashg’ulot mavzusi,uning maqsadlari va rejalashtirilgan natijalarni aytadi,ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
Tekshirish jarayonida talabalarning bilimlari o’quv muammoni hal qilishda va mashg’ulot davomida faol qatnashishda yetarliligini aniqlaydi.
|
Tinglaydi
Tinglaydi va javob oladi
Tinglaydi va mavzuni yozib oladi.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxatini va internetdagi saytlarini yozib oladilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
( 50 daqiqa)
|
2.1.O’quvchilarninng “Fizika” fanidan
tayanch bilimlarini tekshirish maqsadida “Boshlang’ich nazorat ishi”test savollarini tarqatadi. O’quvchilarga test savollarini variantlar bo’yicha tarqatadi,faoliyatini nazorat qiladi. (Test-savollari ta’lim texnologiyaning “Nazorat uchun testlar” bandida ilova qilingan)
2.2.Mavzuning nomi, maqsadi va kutilaytgan
natijalarni yetkazadi. Ekranga fanning tuzilmaviy-mantiqiy chizmasini (1-Ilova)chiqaradi, mavzularning o’zaro aloqasini yoritadi, ularga qisqa tavsif beradi.
2.3.Reyting-nazorat tizimi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari bilan tanishtiradi, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro’yxatini aytadi.(2-Ilova)
2.4.Birinchi o’quv mashg’ulotining mavzusi,
rejasi, maqsadi va natijalarini aytadi. (3-Ilova)
2.5 Aqliy hujum usuli yordamida ushbu fan bo’yicha ma’lum bo’lgan asosiy tushunchalarni aytishni taklif etadi. Aqliy hujum usuli qoidasini (4-Ilova)eslatadi. Barcha aytilayotgan takliflarni yozuv taxtasiga yozib boradi. Ushbu ish mashg’ulot yakunida tugatilishini ma’lum qiladi.
2.6. Slaydlarni Power point tartibida (5-Ilova)namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi. Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.7. Yozuv taxtasida yozilgan tushunchalarga qaytishni taklif etadi. O’quvchilar bilan birga fanga taalluqli bo’lmagan va qaytariluvchi ma’lumotlarni olib tashlaydi, muhim asosiy tushunchalarni (Pinbord) kiritadi (6-Ilova)
|
Nazorat topshirig’ini bajaradilar;Tinglaydilar,
yozib oladilar
Tushunchalarni aytadilar;
Eshitishadi; Yozishadi;
Fikrlarini aytishadi;
Eshitishadi; yozishadi;
Tinglaydilar;
Savollar beradilar;
Muhokama qiladilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd etadilar
|
3-Bosqich
Yakuniy qism
(15 daqiqa)
|
3.1 Mavzu bo’yicha yakun yasaydi, qilingan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
3.2 O’quvchilarning mustaqil tayyorlanishlari uchun vazifa beradi;
Uyga vazifa: Mavzu boyicha asosiy tushunchalarni yozib, o’rganib kelish;
|
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar;
|