Tasdiqlayman” O'quv ishlar bo'yicha prorеktor



Yüklə 81,57 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü81,57 Kb.
#33316

O'ZBЕKISTON SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI

TRAVMATOLOGIYA - ORTOPЕDIYA, NЕYROHIRURGIYA VA XDJ KAFЕDRASI

TASDIQLAYMAN”



O'quv ishlar bo'yicha prorеktor

t.f.d., prof. Tеshaеv O.R. _______

«___» ____________ 2012 y.

DAVOLASH FAKULTЕTI VII - KURS TALABALARI UCHUN

2012 - 2013 O'QUV YILLARI BO'YICHA

BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANIDAN

ISHCHI DASTUR

Oliy ta'limning

720000 - “Sogliq saqlash” ta'lim sohasi,

5720100 - “Davolash ishi”,

5140900 - “Kasbiy ta'lim” ta'lim yo'nalishi (davolash ishi)

TOSHKЕNT - 2012

I. ILOVA

Bolalar travmatologiyasi o'zini ilmiy va amaliy hususiyatlariga ega. Yo'l - transport halokatlarini oshishi bolalar o'rtasida og’ir va letal holatlarga olib kelib, bolalar travmatizmini ko'payishiga hamda jamiyatga katta zarar etkazishga sabab bo'lmoqda. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, ko'plab va qo'shma shikastlanishlar orasida bolalarni shikastlanishi oshmoqda. Bu esa bolalar travmatizmiga e'tiborni yanada kuchaytiradi. Bolalar travmatizmini tahlillariga asosan shikastlanish natijasida kelib chiqadigan asoratlar va kasallikning oqibatlari, bemorga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, etarli tekshirishlarni o'tkazmaslik va boshqa hato - kamchiliklar natijasida yuzaga keladi.


II. MAQSAD VA VAZIFALARI.

Dasturning maqsadi talabalarga tayanch - harakat tizimini shikastlanishi bilan tushgan bemor bolalardan anamnez ma'lumotlarini yig’ish (yoki ota - onasidan), kerakli bo'lgan tekshirishlarni o'tkazish, davolash va reabilitaciya masalalarini o'rgatishdan iborat.

Talaba o'rgatilgan tartiblarga asosan

Bilishi kerak:


  • Bolalarni tayanch - harakat tizimini anatomiyasi va fiziologiyasini;

  • Bolalarni tayanch - harakat tizimini shikastlanishlari va kasalliklarini.

Talaba bajara olishi kerak:

  • Bolalarda travmatologik bemorlarni tekshirish usullarini;

  • Bolalarda tayanch - harakat tizimi shikastlanishlarini klinikasini;

  • Bolalarda travmatologik bemorlarga birinchi yordam ko'rsatishni;

  • Poliklinika sharoitida uchraydigan bolalardagi shikastlanishlarni aniqlab, kerakli yordam ko'rsatib va lozim bo'lsa kasalhonalarga yotqizishni.


III. O'QITISHNI ASOSIY TAMOYILLARI, USULLARI VA VOSITALARI

Bolalar travmatologiyasini asosiy tamoyillarini bilish, kelgusida UASH oldiga, travmatologik bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishda katta yordam beradi. Bolalar travmatologiyasi fanini talaba umumiy hirurgiya hamda travmatologiya fanlarini o'tgandan so'ng, o'tilsa fanni o'zlashtirish engil kechadi. Talabaning teoretik bilimlari klinik tekshirishlar asosida mustahkamlanadi. Bular quyidagicha o'tkaziladi:



  1. bemorni so'rab - surishtirish;

  2. travmatologik bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatish;

  3. v) travmatologik bemorlarni reabilitaciya qilish;

  4. g) bemorni laborator tahlillari va qo'shimcha tekshirish usullarini o'rganish;

  5. qabul qilaingan tasnif asosida birlamchi tashhis qo’yish;

  6. birlamchi tibbiy varaqani to'ldirish;

  7. bemorni muhokamasida, qisqa va aniq bo'lgan ma'lumot berish.

Talabani o'qitish effektivligini oshirish maqsadida, integracion jarayonlarning boshqa ilmiy - pedagogik bo'limlari bilan birga olib boriladi. Bolalar travmatologiyasi fanini o'qitish ma'lum chegaralangan hajmda o’quv soatlari (18 soat) asosida amalga oshiriladi. Bu hirurgik yo'nalishdagi kafedralarning professor - o'qituvchilari, talabalar oldiga bir necha masalalarni qo'yadi: hirurgiyani turli bo'limlarini o'rganish bolalar travmatologiyasi fanini o'rganish bilan erishiladi.

Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashda asosiy o'rinni bu muammoga ilmiy yondoshish egallaydi.Talabalarni bolalar travmatologiyasini ohirgi erishilgan yutuqlari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. O’quv jarayonini mukammalashtirish uchun bolalar travmatologiyasi fanini kompyuter tehnologiyasi asosida progammalashtirilgan o'qitish bilan olib borish asosi y o'rinni egallaydi.



Amaliy darslar kasalhonaning travmatologiya, travmpunktda, poliklinika bo'limlarida olib boriladi.

Darsni olib borishda o’quv kinofilmlaridan, bannerlardan, virtual kutubhona hamda pedagogik tehnologiyalardan foydalaniladi.

O’quv darslaridan bo'sh vaqtlarda, tez tibbiy yordam hizmatidan bemorlarni qabul qilish, klinikada tungi navbatchilikda turish bilan amalga oshiriladi. Talabalarning klinikada navbatchilik vaqtlarida, dars davomida olgan teoritik bilimlarini mustahkamlash bilan birgalikda, travma va shikastlanish bilan tushgan bemorlarga birlamchi vrachlik hamda mahsuslashtirilgan hirurgik yordam ko'rsatishda, diagnostik va operativ muolajalarda assistentlik qilishligini ta'minlash lozim.

Amaliy darslarni o'tish jarayonida bemorlarga birlamchi vrachlik hamda mahsuslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish uchun kerakli bo'lgan dori vositalari va jihozlar bilan tanishtirish kerak.



Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi talabalarni bo'lg’usi klinicist sifatida uning malakasini oshirish uchun lozim bo'lgan mustaqil ish ko'nikmalarini o'rgatishdan iborat. Talabalarning mustaqil ishi bilim olish mobaynida tashkiliy va uslubiy jihatdan ta'minlanish kerak. O'qituvchining vazifasi mustaqil ishni ishlab chiqish, maslahat berish va natijalarni nazorat qilishdan iborat.

Talabalarning vazifasi esa mustakil ish uchun ajratilgan dastur qismlarini mustaqil o'rganishdan iborat. TMIni rejalashtirishda talabalarga beriladigan vazifalarni talaba darsdan bo'sh vaqtda bajarishi lozim. Uning nazorati guruh o'gituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Kafedrada talabalarning mustaqil ishi har bir mashg’ulot uchun (reja asosida) yil mobaynida talaba tomondan ihtiyoriy tanlab olingan usulda rejalashtiriladi. har bir mashg’ulot uchun TMI shakli talaba tomonidan ihtiyoriy tanlab olinib, uning bajarilish nazorati, vaqti guruh o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda cikl davomida talabalar 3 - 4 muojalarni mustaqil ravishda bajara olishi lozim: gips bilan ishlashni, longet, gips bog’lamlarini mustaqil qo’yishni bilishi kerak. Bo'limga yoki travmpunktga travma bilan tushgan bemorlarga sinishni repoziciya qilish, chiqishlarni to’g’rilashni o’qituvchisi bilan birgalikda qatnashishi lozim. Kasalhonaning qabulhona bo'limiga tushgan bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatishni egallashi kerak. Operaciyalarda ishtirok etish, assistentlik qilishi va kerak bo'lsa operaciyani kuzatib borishi lozim.

Talab cikl ohirida travmatologik bemorlarga birinchi yordam ko'rsatishni, travmatologiyadagi atamalarni, bemorga tashhis qo’yishni, tekshirish usullarini va keyingi reabilitaciya masalalarini bilishi kerak.


III.1. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH UCHUN O'TKAZILADIGAN NAZORAT CHORALARI

Talabalar bilimi joriy va yakuniy nazoratlar asosida baholanadi:



1. Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va nazorat usuli.

Joriy nazorat quyidagilarni o'z ichiga oladi:



  • har bir amaliy mashg’ulotlar buyicha talabaning nazariy bilim va interfaol usullarda qatnashish darajasini (nazariy kism) - nazorat maksimal 30 ball

  • vaziyatli masalalarni echish; favqulotda holatni tahlil qila olishni (analitik qism) nazorat - maksimal 30 ball

  • amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirishi: bemorlar kuraciyasi, dastlabki va klinik tashhislarni shakllantirishi, bemorni tekshirish rejasini tuza olish, laborator va instrumental tekshirishlar natijalarini tahlil qila olish, davolashni belgilash - (amaliy qism) ni nazorat - maksimal 40 ballni tashkil etadi.

2. Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini nazorat usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan og’zaki so'rov shaklida o'tkaziladi.

Yakuniy nazorat fan bo'yicha o’quv mashg’ulotlari tugagandan so'ng o'tkaziladi.

JN va TMI ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to'plagan talabaga yakuniy nazoratga ishtirok etish huquqi beriladi.

Yakuniy nazorat og’zaki so'rov usulida o'tkaziladi. Bu holda ballar nisbati mos ravishda 50% ni tashkil etadi. Olingan ballar 0,5 koefficentga ko'paytiriladi. og’zaki so'rov natijasida to'plangan ballar yakuniy nazoratning tegishli ballini tashkil etadi.

Agar og’zaki so'rov natijalari bo'yicha talaba qoniharsiz baho olsa, u test nazoratiga kiritilmaydi.
III.2. O'QITISHDA YANGI TЕHNOLOGIYALARNI QO'LLASH

O'quv jarayonini yahshilash va o'zlashtirish ko'rsatgichini oshirish maqsadida quyidagi pedagogik tehnologiyalar qo’llaniladi:



  • “qopdagi mushuk”

  • “kuchsiz qator”

  • “stoldagi ruchka”

Shu bilan bir qatorda didaktik tehnologiya ham o'tkaziladi.


O'quv jarayonida ishlatiladi:

  • o’quv videofilmlari;

  • o’quv kompyuter programmalari;

  • test va o'zlashtiruvchi programmalar;

  • kafedrani kutubhona fondi.


IV. O'QUV BAZASI

Bolalar travmatologiyasi fani TTA 2-klinikaning travmpunkti, shoshilinch travmatologiya bo'limi va katta bugimlar bulimida olib boriladi (2 mashgulot TTPI bolalar travmasi bulimida utkaziladi).


V.O'QUV RЕJASI


Fakultet

Kurs

Ma'ruzalar

Amaliy mashgulotlar

Semestr

Davolash

VII

2 soat

18

XIII - XIV


VI. TTA DAVOLASH FAKULTЕTI, VII - KURS TALABALARI UCHUN BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANIDAN MA'RUZALAR RЕJASI




Ma'ruzalar mavzusi

soat

Qisqacha tavsifi

1

Bolalarda tayanch-harakat apparat shikastlarining hususiyatlari

2

Bolalarga hos bulgan shikastlar turlari va ular anatomo-morfologik farklarga asosligi. Klinik kuruv utkazishning psihologik aspektlari. Suyak bitish muddati. Davolash rejasini utkazish tamoyillari.


VI. TTA TIBBIY - PЕDAGOGIKA FAKULTЕTI, VII - KURS TALABALARI UCHUN BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANIDAN AMALIY DARSLAR RЕJASI




Amaliy darslar mavzusi

soat

Mavzularni qisqacha tavsifi

1

Bolalar kukrak kafasi, elka kamari va kul shikastlarini o'ziga hos hususiyatlari


6

Suyak usti pardasi ostidan sinishlar. Epifizeolizlar va osteoepifizeolizlar. Apofizeolizlar. Bolalarda umrov, elka, bilak, kaft suyaklari sinishlarining diagnostikasi va davolash.

2

Bolalar chanok, umurtka va oyok shikastlari o'ziga hos hususiyatlari

6

Bolalarda son suyakini sinishlari. Boldir suyaklarini sinishlari. Oyok panja suyaklarini sinishlari. Bolalarda tizza bo’g’imini shikastlanishlari. Klinikasi, diagnostikasi va davolash.

3

Tayanch-harakat apparatining tugma va ortirilgan deformaciyalari

6

Klinik va rentgenologik simptomatologiyasi, diagnostikasi va davolash taktikasi.


VII. O’QUV KO'RGAZMALI QUROLLAR VA QO’LLANMALAR RO'YHATI

  1. Bolalar travmatologiyasi haqida videofilmlar.

  2. Bannerlar, plakatlar, foto sur'atlar.

  3. Rentgen sur'atlar.

  4. MRT, MSKT va KT.

  5. Mulyajlar.

  6. Tarqatma materiallar.

  7. Bolalar travmatologiyasi fani bo'yicha amaliy ko'nikmalarni video tasviri.

  8. Bolalar travmatologiyasi fani bo'yicha virtual kutubhona.

  9. Bolalar travmatologiyasi faniga oid o'quv - uslubiy qo'llanmalar.


MUNDARIJA
I - Mavzu: Bolalar kukrak kafasi, elka kamari va kul shikastlarini o'ziga hos hususiyatlari

Bolalar suyak sinishlarini umumiy tavsifi, uchrash va joylashishi. Bolalarda “yashil novdasimon” yoki “rezinali trubka” ko'rinishdagi sinishlar. Bolalarda tayanch harakat tizimini anatomik o'ziga hos hususiyatlari. Suyak usti pardasi ostidan sinishlar. Bo’g’im oldi sinishlari, epifizeolizlar va osteoepifizeolizlar. Apofizeolizlar. Rotacion va o'z o'qi atrofida siljishlar. Bolalarda suyak sinishlarida suyak bo'laklarini siljishlari, ularning tavsifi, diagnostikasi va davolash.

Bolalarda elka suyaklarini sinishlari. Еlka suyagi proksimal ohiri shikastlanishlari, turlari va klinik kechishlari. Еlka suyagini do'mbog’lararo va do'mboqchalar usti qismidan sinishlari. Еlka suyagi sinishlarini asoratlari. Еlka suyagi sinishlarini repoziciya usullari va konservativ davolash. Еlka suyagi sinishlarida operativ davolash.

Bolarda bilak suyaklarini sinishlari. Bilak suyaklarini tipik ko'rinishdagi sinishlari va ularni klinikasi. Bilak suyagi boshchasini siljishlarida repoziciya qilish usullari. Bilak suyaklarini Montedji va Brehta tipidagi sinishlari. Bilak suyaklarini sinishlarida operativ davolash.

Bolalarda qo’l panja suyaklarini sinishlari. qo’l panja suyaklarini sinishlarini rentgenologik belgilari. qo’l panja suyaklarini sinishlari klinikasi, immobilizaciyasi va davolash.
II - Mavzu: Bolalar chanok, umurtka va oyok shikastlari o'ziga hos hususiyatlari

Bolalarda son suyagini sinishlari. Bolalarda son suyagi shikastlanishlarini turlari, joylashishi va klinik ko'rinishlari. Immobilizaciya turlari. Repoziciya usullari. Operativ davolash. Bolalarda son suyagi diafizini sinishlarida davolash bosqichlari. Bolalarda suyak tortmalarining turlari va usullari. Bolalarda suyak tortmalarining asoratlari.

Bolalarda tizza bo’g’imini shikastlanishlari. Gemartroz. Bo’g’im ichi va bo’g’im oldi sinishlari. Meniskni shikastlanishlari. Bolalarda tizza qopqog’ini travmatik chiqishlari va uning klinik belgilari. Bolalarda tizza bo’g’imi shikastlanishlarini konservativ usulda davolash. Bolalarda tizza bo’g’imi shikastlanishlarini operativ usulda davolash.

Bolalarda boldir suyaklarini sinishlari. Boldir suyaklari shikastlanishlarini turlari. Katta boldir suyaklari proksimal va distal ohirlarini epifizeolizlari va osteoepifizeolizlari klinikasi hamda ularni davolash. Boldir suyaklari diafizar sinishlari va do'mboqchalararo do'ngligini uzilishlari klinikasi hamda davolash usullari.

Bolalarda oyoq panja va barmoqlarini sinishlari. Tovon va to'piq suyaklarini sinishlari. Klinikasi, diagnostikasi va davolash.
III - Mavzu: Tayanch-harakat apparatining tugma va ortirilgan deformaciyalari

S/ch bugimi displaziyasi. Usmirlar son suyagi boshchasini epifizeolizi. Stenozlovchi ligamentit. Osgud-Shlyatter kasalligi. Haglund-Sivercev kasalligi. Legg-Kalve-Pertes kasalligi. Tirsak va tizza bugimlarini varusli va valьgusli deformaciyalari. Klinik va rentgenologik belgilari. Davolash taktikasi.


BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANI BO'YICHA SAVOLLAR TO'PLAMI

  1. Bolalar travmatizmining asosiy sabablari.

  2. Bolalarda suyaklarni o'suvchi zonalari haqida tushuncha bering?

  3. Bolalarda suyaklarni tipik shikastlanishlarini sanab o'ting.

  4. Suyak pardasi ostidan sinishlarga ta'rif bering.

  5. Epifizeoliz deganda nima tushunasiz?

  6. Bolalarda suyaklarni “yashil novdasimon” sinishi va darz ketishiga ta'rif bering.

  7. Apofizeoliz deganda nima tushunasiz?

  8. Bolalarda sinishlarni konservativ davolash turlarini sanab o'ting.

  9. Rotacion siljish deganla nima tushunasiz?

  10. Suyak o'z o'qi atrofida siljishi haqida ma'lumot bering.

  11. Bolalarda sinishlarni immobilizaciyasi uzaytirishning sabablarini ko'rsating.

  12. Еlka suyagi sinishini G.A. Bairov tasnifi.

  13. Еlka suyagi sinishini tipik klinik belgilarini sanab o'ting.

  14. Еlka suyagi sinishini davolash.

  15. ?aysi hollarda elka suyagi sinishlarida operativ davo o'tkaziladi?

  16. Bilak suyagi boshchasini pronacion chikishi.

  17. Bennet bo'yicha sinish deganda nima tushunasiz?

  18. Tizza bo’g’imini shikastlanishlari.

  19. Tizza bo’g’imini shikastlanishlari mehanizmini tushuntiring.

  20. Son suyagi sinishlarini klinik belgilari.

  21. Son suyagi sinishlarini lokalizaciyasi.

  22. «Yopishgan tovon» simptomi haqida gapiring.

  23. Son suyagi sinishlarini davolash.

  24. Tizza qopqog’ini travmatik chiqishini klinik belgilari.

  25. Boldir suyaklari sinishini mehanizmi haqida tushuncha bering.

  26. Boldir suyaklari sinishini klinikasi.

  27. Oshik suyagi sinishini klinik belgilarini sanab o'ting.

  28. Tovon suyagi sinishini mehanizmi.

  29. Tovon suyagi sinishini davolash.

  30. Еlka suyagi boshchasini travmatik chiqishini to’g’rilashni (avtorlar bo'yicha) ko'rsating.

  31. Tirsak bo’g’imi va bilak uchun harakterli bo'lgan shikastlanishlarni ko'rsating.

  32. Son suyagi boshchasini chiqishi klinik belgilari.

  33. Son suyagi chiqishlarini taqqosiy tashhisini ko'rsating.

  34. Son suyagi chiqishlarini davolash.

  35. Patologik sinishlarni sabablarini sanab o'ting.

  36. Еtilmagan suyak hosil bo'lishi deganida nima tushunasiz?

  37. Suyaklarni tez sinishi natijasida sohalarni deformaciyasi kuzatilganda beriladigan tavsiyalar.

  38. Patologik sinishlarni diagnostikasi.

  39. Tug’ruq jarohatlarini klinikasi va diagnostikasi haqida so'zlang.

  40. Tug’ruq jarohatlarini davolash choralari haqida tushuncha bering.


TALABANI MUSTAQIL ISHI UCHUN MAVZULAR

  1. Gematogen osteomielit.

  2. Sho’r va chuchuk suvda chukish.

  3. Komatni buzilishi.

  4. Elektr tokidan shikastlanish.

  5. Ossifikaciyalovchi miozit.

  6. Suyak va bugimlarning tugilish jarayonidagi jarohotlari.

  7. Bolalar postravmatik reabilitaciyasi.

  8. Ostehondropatiyalar.

  9. Bilak travmatik chikishlari.


BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANIDAN AMALIY KO'NIKMALAR RO'YHATI

  1. Bemorni ortopedik tekshiruvi.

  2. Еlka suyagi sinishida birinchi tibbiy yordam ko'rsatish usuli

  3. Kul-oyoklarni urta-fiziologik holatda fiksaciyalash.

Bemorni Ortopedik Tekshiruvi”

1. Ko'rsatma: Tayanch-harakat apparati deformaciyalarida, harakatlar chegaralanganligida.

2. Kerakli jihozlar: Tabiiy yoritilgan hona, kushetka, fonendoskop, uglomer, santimetr lentasi.

3. Talabaga vazifa: Tayanch - harakat apparati deformaciyalari i harakatlar chegaralanganligini aytib berish.

4.O’qituvchi uchun ahborot: talabani bilimini va amaliy ko'nikmani qadamba -qadam bajarishni baholash.

№ qadamba - qadam bajarish Bajardi Bajarmadi

1. Anamnez va ko'rik

2. Palьpaciya va auskultaciya

3. Uglomer yordamida bo’g’imlardagi aktiv va passiv harakat amplitudasini aniqlash.

4. Santimetr lenta yordamida qo’l-oyoq uzunligi va kengligini o'lchash

5. Mushak kuchini qo’l metodi bilan besh ballik sistemada o'lchanadi

6. Diagnoz qo’yish
«Еlka Suyagi Sinishida Birinchi Tibbiy Yordam Ko'rsatish Usuli»

1.Ko'rsatma: elka suyagining ochiq va yopiq sinishlari.

2.Kerakli jihozlar: Kramer shinasi, 10,0 ml hajmli shpric, narkotik va nonarkotik analьgetikli ampulalar, marleli bint, pahta.

3.Talabaga vazifa: elka suyagining ochiq va yopiq sinishlarini aytib berish.

4.O’qituvchi uchun ahborot: talabani bilimini va amaliy ko'nikmani qadamba -qadam bajarishni baholash.

№ qadamba - qadam bajarish Bajardi Bajarmadi

1. Shikoyatlarini, travma holati va mehanizmini aniqlash

2. Bemor ko'rigi (deformaciya, patologik harakatlar, krepitaciya, n.radialis funkciyasi)

3. Narkotik yoki nonarkotik analьgetiklar mushak ichiga in'ekciyasi

4. Kramer shinasi bilan fiksaciyalash

5. Bemorni transportirovka qilish
Kul-Oyoklarni Urta-Fiziologik Holatda Fiksaciyalash”

1.Ko'rsatma: Suyaklarni sinish yoki chiqishlarini tarifi

2.Kerakli jihozlar: chizg’ich, santimetrli lenta, transportir, flomaster

3.Talabaga vazifa: kul va oyok uklari, bugim fiksaciyalashida kullanadigan urta-fiziologik holatni aytib berish.

4. O'kituvchi uchun ahborot: talabani bilimini va amaliy ko'nikmani qadamba -qadam bajarishni baholash.

№ qadamba - qadam bajarish Bajardi Bajarmadi

1. Oyok-kaft bugimi uchun urta-fiziologik burchak

2. Tizza bugimi uchun urta-fiziologik burchak

3. Son-chanok bugimi uchun urta-fiziologik burchak

4. Еlka bugimi uchun urta-fiziologik burchak

5. Tirsak bugimi uchun urta-fiziologik burchak

6. Bilak-kaft bugimi uchun urta-fiziologik burchak



BOLALAR TRAVMATOLOGIYASI FANIDAN BAHOLASH MЕZONLARI



O’zlashtirish (%) va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100

A’lo


«5»

Vaziyatdan kelib chiqib to’g’ri qaror qabul qila oladi va xulosa chiqaradi.

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida). Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari davolashda muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari). Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.



2

91-95

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari

muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari) Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.


3

86-90

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi.

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi.Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.



4

76-80

Yaxshi


«4»

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi .

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi lekin dorilarni dozasini aniq tavsiya etolmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmani qadamba –qadam bajaradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.



6

71-75

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, klssifikatsiya bo’yicha to’g’ri tashxis qo’ya oladi,lekin davolash rejasini tuza olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, lekin davolashni tavsiya eta olmaydi

Amaliy ko’nikmani bajara oladi, lekin qadamlarni chalkashtiradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.

Laborator tekshiruv natijalarini baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.



7

66-70


Qoniqarli

«3»


Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, lekin klinik diagnozni asoslay olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va lekin differensial diagnoz qila olmaydi, davolashni tavsiya eta olmaydi

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, lekin og’irlik darajasini farqlay olmaydi.

Laborator tekshiruv natijalarini qisman baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.


8

61-65

Vaziyatli masalalarni hal etishda xatolarga yo’l qo’yadi,(tasnif bo’yicha diagnoz qo’ya olmaydi).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

klinikasini biladi lekin ishonch bilan gapirmaydi.

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

kasalliklari etiologiyasi haqida aniq ma’lumotga ega lekin patogenezini ayta olmaydi.

Anamnez to’plashi maqsadli yo’naltirilmagan, ko’rik sxema bo’yicha emas.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda passiv.



9

55-60

Travmatologiya va ortopediyadagi umumiy davolash usullari to’g’risida ma’lumotga ega, leki ishonchsizlik bilan gapiradi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini chalkashtirib gapiradi.

Kasalni mustaqil so’rab –surishtira olmaydi va ko’ra olmaydi.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda ishtirok etmaydi.


10

54 -30

Qoniqarsiz

«2»


Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari.

davolash haqida tushunchaga ega emas

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini bilmaydi


11


20-30

Qoniqarsiz

«2»


Talabaning mashg’ulotga kelganligi, formadaligi, o’zi bilan daftar va fonendoskopi borligi uchun.



BOLALAR TRAVMATOLOGIYAI FANIDAN QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR

Asosiy:

1. Isakov YU.R. “Detskaya hirurgiya”. M., Medicina 1983.

2. Bairov G.A. “ Travmatologiya detskogo vozrasta”. L.,1996

3. Ortopediya i Travmatologiya detskogo vozrasta. Pod red. M.V.Volkova i G.M. Ter-Еgizarova. M., Medicina 1983

4. Jalilov P.S., Holhujaev M. “Bolalar travmatologiyasi”. T., 1996

5. Damьe N.G. Osnovы travmatologii detskogo vozrasta. M 1960

6. SHaposhnikov YU.G. Travmatologiya i ortopediya.T-2 1997
Qo'shimcha:

1. Travmatologiya i ortopediya. H.A.Musalatov, G.S.Yumashev. 1995.

2. Volkov M.V. Bolezni kostey u detey.-M.Medicina,1985.

3. Dubrov YA.G.Ambulatornaya travmatologiya.-M.:Medicina 1990.

4. Krasnov A.F. Ambulatornaya travmatologiya.-M.:Medicina 1986.

5. Kaplan A.V. Povrejdeniya kostey i sustavov .M.1983.


Internet saytlar:

www: travma.ru,

www.histol chuvashia.com.; donhist. fromru.com.; medmir.ru;

www.molbiol.ru ;

www.pediatrica.ru ; sdo.psu.edu.ru; histology narod.ru; http://medic.med.uth.tmc.edu/Lecture/Main/Griff5.htm>;

www.wplus.ru ;



www.rezko.ru ; catalog delovik.com.

Kafedra mudiri t.f.d.,: M.Yu.Karimov
Yüklə 81,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə