«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-MA’RUZA. DON MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING AXAMIYATI, TARIXI VA RIVOJLANISHI



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə3/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

2-MA’RUZA. DON MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING AXAMIYATI, TARIXI VA RIVOJLANISHI

Reja:
1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.
1.2. Don va don mahsulotlari saqlash soxasidagi masalalar.
1.3. Don maxsulotlarini saqlash tarixidan.

Tayanch iboralar: Un – bug‘doy va javdari donini maydalash natijasida xosil

bo‘ladigan mahsulot; Yorma – va bug‘doydan tashqari donlardan xosil bo‘ladigan mahsulot; Omixta-yem – asosan oziq-ovqat sanoatidagi yaroqli chiqindilaridan xosil bo‘ladigan mahsulot, ya’ni xayvon ozuqasi; Ombor – narsalar (don, un, yorma va omixta yem) saqlanadigan joy; Nobud bo‘lish (don)- bu saqlash natijasida mahsulotni kamayishi; Biologik nobud bo‘lish – bu mahsulotni saqlash natijasida o‘z-o‘zidan nobud bo‘lishi; Mexanik nobud bo‘lish – mahsulotni saqlashda tashqaridan mexaniq ta’sir natijasida kamayishi; Unuvchanlik – urug‘ni unib chiqishi. Don massasi - qabul qilingan donni og‘irligi; Don partiyasi - kabul kilingan dondan tashqari kushilgan komponentlarini yigindisi; Komponentlar - bug‘doy (javdari) don tashqari bo‘lgan aralashmalar; Donlararo bo‘shliq - donlar orasidagi to‘ldiruvchi xavo muxiti; Donli aralashmalar - kiymati jixatidan asosiy donga yaqin bo‘lgan boshka madaniy o‘simliklarning urug‘lari: Iflos aralashmalar - mineral va organiq aralashmalar (shuningdek begona o‘t urug‘lari. Qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan so‘ng xalq xo‘jaligining barcha soxalarida tub isloxatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamiz don maxsulotlari tizimida ham so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Hozirgi kunda respublikamiz bo‘yicha yiliga 8 mln. t. ga yaqin don yetishtiriladi.
Don maydonlarining kengayib borishi hamda don yalpi hosilning ortishi don mahulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, yetishtirilgan mavjud hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu ko‘st yetkazib berish don mahsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamizning ko‘pgina viloyat va tumanlarida ko‘plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.
Ma’lumki don inson hayetida qiyoslab bo‘lmaydigan axamiyatga ega. Inson iste’mol etadigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 65-75% i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda ko‘plab un, yorma va omuxta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xalqimizning bu mahsulotlarga bo‘lgan talabi benihoyat kattadir. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirishga faqatgina ko‘plab don yetishtirish orqali erishib bo‘lmaydi. Yetishtirilgan don, yorma va omuxta yemlarni sifatli va beisrof saqlay bilish lozim.
“Don va don masaqlash” fani faqat texnologiya bo‘libgina qolmay, balki texnik-iqtisodiy fan hamdir. Fan don va uning mahsulotlari (un, yorma, omuxta yem) ni saqlashning nazariy asoslarini, mahsulotlarning sifatini oshirishni va ulardan ratsional foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. Shuningdek don mahsulotlarini saqlashdagi barcha turdagi isrofgarchilikka qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatadi.
Don, un, yorma va omuxta yemni saqlash texnologiyasi fani qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi;
- don, un, yorma va omixta yem kabi mahsulotlarni saqlashning nazariy asoslarini o‘rgatish;
- don va don mahsulotlari (un, yorma, omuxta yem) kimyoviy tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgatish;
- don va don mahsulotlarida kechadigan biologik kimyoviy jarayonlarni o‘rgatish;
- mahsulotlarni saqlash usullari, rejim va texnologik asoslari bilan tanishtirish;
- talablarda fan yuzasidan chuqur bilim va ko‘nikma hosil qilish va ularda donni sifatli saqlash yo‘llarini izlab topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etish;
- mahsulotlarni sifatli va beisrof saqlashga erishish uchun sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish.
2. Don va don mahsulotlarini (un, yorma, omuxta yem)saqlash boshqa ko‘pgina tovar mahsulotlari singari murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza hamda soha uchun malakali mutaxassislarni talab etadi.
Don tirik organizm bo‘lib, don muassasasida turli tuman hayotiy jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq.Mahsulot uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi mahsulot uyumining yetarlicha yo‘qolishiga hamda uning sifat ko‘rsatkichlari tushishiga olib keladi.
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zarakunanda hasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa qiyinchiliklar tug‘diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko‘plab yo‘qolishiga,sifat ko‘rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotlar sifatsiz hamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar hamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi.
Don va don mahsulotlarini saqlash sohasida qo‘yidagi masalalarni hal etish muhim vazifalardan biridir.
Birinchi masala - mahsulotni isrofsiz saqlashga erishish yoki mahsulot kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.
Don va don maqsulotlarining tabiiy kamayishini yo‘qolish xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin:biologik va mexanik. Bu kamayishni quyidagicha tasvirlash mumkin( 1-rasm)
Ikkinchi masala – don maxsulotlarini sifatini pasaytirmasdan saqlash. Saqlash amaliyotida don mahsulotlari va urug‘ sifatining pasayishi holatlari saqlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etish va bu mahsulotlarni saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Bu muddatdan o‘tib ketgandan keyin mahsulot sifati va iste’mollik qiymati pasaya boradi. Masalan ko‘pgina un va yormalarda ikkinchi va uchinchi yilda sifatining keskin pasayishini kuzatish mumkin. Urug‘lik donlar esa uchinchi va to‘rtinchi yili unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi.

Uchinchi masala-saqlash mobaynida don mahsulotlari sifatini oshirish. Don mahsulotlarining sifatli saqlanishi eng avvalo ularni yetishtirish omillariga bog‘liq. Yaxshi agrotexnikada yetishtirilgan, to‘la pishgan to‘liq donlar sifatli saqlanadi. Bundan tashqari don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun ularga saqlashga joylashtirishdan oldin ishlov beriladi. Buning uchun don barcha turdagi aralashmalardan tozalanadi. Don va don mahsulotlari namligi davlat standartida belgilangan ko‘rsatkichga keltiriladi.


Don va don mahsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni tadbiq etish hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ham mahsulotlarning sifatini saqlanishi garovidir.
To‘rtinchi masala mumkin qadar oz mehnat va moddiy mablag‘lar sarflab yuqori natijalarga erishish, ya’ni mahsulot isrofini kamaytirish, hamda sifatini oshirishga erishish.
Ko‘pgina amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:
- mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish;
- saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sifatini izchil nazorat qilish va ularga ishlov berish;
- soxa mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish;
- zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va mahsulotdan ratsional foydalanish.
Don mahsulotlarining noto‘g‘ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda ko‘pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida pivobop bo‘lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patola ishlab chiqarishda makkajo‘xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omuxta yem ishlab chiqarishda sariq makkajo‘xori o‘rniga oq makkajo‘xorining ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini o‘zgartib yuboradi.
Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qo‘yidagi texnologik tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.
1.Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza bo‘lsa uning saqlanishi ham, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli hajmli va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi.
Donni quritish. Don quritishda namlik shunda ko‘rsatgichga olib kelinadiki, bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Kuritish uchun korxonalar maxsus quritish uskunalari bilan ta’minlanadi.
Sovutish rejimlarini qo‘llash. Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishi ko‘p jihatdan havo rejimiga bog‘liq. Mahsulot saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilyatsiya yordamida sovutilishi mumkin.
Mahsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda hasharot hamda kemiruvchilardan himoyalash. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi. Mahsulotlarni bu ta’sirlardan himoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi,kimyoviy preparatlar qo‘llaniladi.
Yuqoridagi barcha masalalarni hal etish sohasida faoliyat

ko‘rsatayotgan kadrlarning malakasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuning uchun bo‘lgusi mutaxassis don, un, yorma va omuxta yem saqlash yuzasidan chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishi lozim.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə