Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/29
tarix11.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#144295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org

Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo – yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qо‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni о‘rganish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg‘alari) о‘rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va boshqa qattiq buyumlar ustiga о‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni о‘rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -о‘lchov, logos – tushuncha – bilim; о‘lchovlar haqida tushuncha) о‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bо‘lgan og‘irlik, masofa va sath о‘lchovlarini о‘rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bо‘lgan yil hisobi va taqvimni о‘rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni о‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur.


2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy yо‘nalishlari. Nazariy va amaliy manbashunoslik
Reja:
  1. Manbashunoslikning yо‘nalishlari asosiy maqsad va vazifalari.


  2. Nazariy manbashunoslik (yо‘nalishi).


  3. Manbalarni turkumlash.


  4. Arxeografiy.


  5. Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish.


  6. Amaliy manbashunoslik (yо‘nalishi).


  7. Manbalarni ichki belgilariga qarab tahlil etish.


  8. Tavsiya etiladigan manba va adabiyotlar.


  9. Ma’ruza materialini mustahkamlash uchun beriladigan savollar.


  10. Metodik tavsiyanoma.





Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə